Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   354
Bank iwi

[113]
. Banklardagi buxgalteriya hisobi ham xo‘jalik tashkilotlari va 
korxonalardagi singari 
sintetik
hamda 
analitik
hisob turlariga bo‘linadi. 
Banklarda amalga oshiriladigan hisob-kitob, kassa, kredit, emission va 
boshqa pul operatsiyalarida aks etiluvchi xususiy hamda jalb qilingan 
pul mablag‘lari buxgalteriya hisobining asosiy obyekti hisoblanadi. 
Buxgalteriya hisobini olib borish jarayonida banklarda bajari-
ladigan pul operatsiyalari, pullarning butligi, ularning xo‘jalik aylanma-
sida maqsadli va samarali foydalanish ustidan nazorat qilinadi va amalga 
oshiriladi. 
Balansdagi va balansdan tashqari sintetik schyotlarning o‘zlarida 
umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar orqali operatsiyalarning iqtisodiy 
mazmuni aks ettiriladi. Biroq bankdan amalga oshiriladigan muayyan 
bank operatsiyalarini bankning aynan qaysi mijozi korxona, tashkilot, 
muassasa bajarganligini bilish lozim. Shu maqsadlarda sintetik hisob-
ning har bir balansdagi va balansdan tashqari schyot bo‘yicha bankning 
har bir mijozi uchun analitik hisobning shaxsiy schyotlari ochiladi. Shu 
bilan birga, analitik schyotlarning shifrlariga qo‘shimcha, lekin zarur 
ma’lumotlar kiritilishi mumkin, ya’ni: 
mijozlarga berilgan ssudalar bo‘yicha shaxsiy schyot shifriga 
kredit yoki ssudaning maqsad tayinlanishi shifri kiritiladi; 
kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish operatsiyalari bo‘yicha 
shaxsiy analitik schyotlarga hisobot belgisi kiritiladi; 
budjet daromadlari va xarajatlari bo‘yicha operatsiyalarni hisobga 
olishda shaxsiy schyotlarga budjet to‘lanishining shifri qo‘shiladi. 
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga ochiladigan barcha shaxsiy 
analitik schyotlar va subschyotlar, bank tomonidan ikkinchi tartibli schyot-
lar bo‘yicha olib boriladi, belgilangan shaklda kitobga qayd qilinib, bu 
kitob bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosarida saqlanadi. Kitob qayd qilish 


184
bilan birga har bir mijozga tartib raqami – shifr beriladi. Bu raqam shu 
mijoz uchun muayyan balansdagi, balansdan tashqari schyotga ochila-
digan shaxsiy schyotlarni raqamlash uchun zarur. 
Banklarda sintetik hisobning registrlariga va hujjatlariga quyida-
gilar kiradi: 
buxgalteriya jurnallari; 
kassa jurnallari; 
yig‘ma varaqalar; 
tekshirish qaydnomalari; 
aylanma qaydnomalari (chorak, yillik); 
kunlik, oylik va yillik balanslari.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin