486
baholanadi. Raqamli reytinglar, kapital, aktivlar sifati, boshqaruv, foyda
ko‘rish va mijozlar tahlili asosida beriladi. Ana shu besh ko‘rsatkich
«CAMEL» reytingi deb atalgan yagona ko‘rsatkichga jamlanadi. Bu
xilda reytingni aniqlashga bank ishonchliligining asosiy mezoni sifatida
qaralib, u bank nazorati organlari uchun mo‘ljallangan, ammo
matbuotda ochiq e’lon qilinmaydi.
Rossiyada har bir reyting muassasasi (bank axborot agentligi,
«Kommersant – Daily» ekspert guruhi, Orgbank, «PAKK» firmasi,
«Reyting» axborot markazi, Moliyaviy axborot tahliliy markaz) o‘z
umumlashtiruvchi usuliga ega. Ular muayyan moliyaviy
ko‘rsatkichlarga asoslangan bo‘lib, banklar ishonchliligini baholashda
ayrim ko‘rsatkichlar ahamiyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar to‘plami,
soni va salmoq koeffitsiyentlarini taqsimlashda bir-biridan farqlanadi.
So‘ngra muayyan ko‘rsatkichlar yig‘indisi sifatida har bir bank
ishonchliligining jamlanma ko‘rsatkichi chiqariladi. Mustaqil agentliklar
tomonidan aniqlanadigan Rossiya banklarining shunday reytinglari
ochiq matbuotda e’lon qilib boriladi.
O‘zbekiston banklarining muayyan reytinglari mamlakat bank
tizimi xususiyatlarini albatta hisobga olishni talab qiladi. «Axbor-
reyting» agentligi mutaxassislari G‘arb va Rossiya nazariyotchi-
amaliyotchilari tomonidan ishlab chiqilgan uslublardan farqli o‘laroq
o‘zlarining umumlashtirilgan reytinglarini aniqlash usulini, ya’ni
respublikaning o‘ziga xos rivojlanishini inobatga olgan holda
qo‘llaniladigan usulni ishlab chiqdilar.
Ushbu usulning mohiyati quyidagidan iborat. Eng avvalo banklar
balanslariga asoslanib, mutlaq moliyaviy ko‘rsatkichlar aniqlanadi (67-
jadval).
Dostları ilə paylaş: