Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


III. Naqd pulsiz hisob-kitoblar



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə327/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   354
Bank iwi

 
III. Naqd pulsiz hisob-kitoblar 
 
3.1-topshiriq 
 
1 sentabr holatiga tikuv firmasining depozit hisob raqamida 90 ming 
so‘m mavjud edi. Sentyabr oyida quyidagi pullik operatsiyalar amalga 
oshirildi (ming so‘m):
1. Savdo korxonalari va boshqa buyurtmachilardan tayyor mahsulot 
(tikuv mahsulotlari)larini sotishdan mablag‘lar kelib tushdi – 4540. 
2. Savdo firmasiga (tijorat) kreditga uch oy muddatga tikuvchilik 
mahsulotlari jo‘natildi – 300. 
3. Ish haqini to‘lashga chek bo‘yicha bankdan naqd pul olindi – 600. 
4. Sotib oluvchidan sud qaroriga asosan debitorlik qarzi undirildi – 
110. 
5. Mahsulot yetkazib beruvchilardan turli tovar-moddiy qiy-
matliklar sotib olindi: 
– gazlama, ip - 2200 
– fornitura - 200 
– tikuv mashinalari -120 
6. Naqd hisob-kitob bo‘yicha mayda xo‘jalik materiallari sotib 
olindi – 10 
7. Firma magazini orqali tikuvchilik mahsulotlari sotishdan bankka 
naqd pullar topshirildi - 190 
8. To‘landi: 
– elektr energiyasi uchun-150 
– transport xarajatlari uchun-80 
– reklama uchun -20 
9. Oldindan to‘lov sifatida sotib oluvchilardan mablag‘lar kelib 
tushdi – 185 
10. Davlat budjetiga to‘landi
– foyda solig‘i -170
– ish haqidan soliq -180 
11. Uch oylik (tijorat) kreditga elektr moslamalar sotib olindi-280 
12. Firma ishchilariga ish haqi to‘landi -590 


504
13. Pensiya fondiga pul mablag‘lari o‘tkazildi -160 
14.Bankning qisqa muddatli ssudasi qaytarildi - 400
15. To‘langan soliqdan ortgan summani soliq inspeksiyasi qay-
tardi-40 
16. Mahsulot yetkazib beruvchilar va sotib oluvchilar bilan mu-
nosabatlarda shartnoma intizomini buzganligi uchun jarima sank-
tsiyalari: 
– to‘langan - 25 
– olingani - 35 
17. Xomiylik sifatida bolalar uyiga o‘tkazildi - 30 
18. Bankka to‘landi: 
– kredit uchun foiz -15 
– hisob-kitob-kassa xizmatlari uchun komission to‘lovlar - 130 
19. Xizmat safari uchun firma xodimiga naqd pul berildi - 40 
20. Fond birjasida ishonchli AJning aksiyalari sotib olindi - 500 
21. Firma xodimlariga mukofotlar to‘landi -70 
Firmaning qaysi pullik operatsiyalari depozit hisob raqamida aks 
ettirilishini ko‘rsating. 1 oktabrga saldoni chiqaring. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin