M Q Р V ⋅
=
Bu yerda:
V – pul aylanmasi tezligi;
P – narxning absolut darajasi;
Q – yaratilgan real mahsulot;
M – muomaladagi pul miqdori.
Pulga talab – bu pul muomalasi, ya’ni xo‘jalik aylanmasi uchun kerak
bo‘lgan pulga ehtiyojdir
65
V Q P М ⋅
=
Bu yerda:
Q P ⋅
– sotiladigan tovarlarning jami bahosi.
Aytaylik, quyidagi tovar turlari tegishli narxlarda muomalada
bo‘lgan (5-jadval).
5-jadval. Pulga bo‘lgan talabni aniqlash tartibi Tovarlar № Tovarlar turi Soni (q) Narxi, $ (p) Tovarlarning jami bahosi (p•q) 1. Apelsin
(kg)
100
1
100
2. Uzum
(kg)
50
2
100
3. Kostyum
(dona)
1
100
100
Jami
x x
300
Agar 100 dollar uch xil tovarni sotishga muttasil ravishda xizmat
qilsa, u holda 100 dollar jami 300 dollarlik tovarni sotib 3 marta
aylanmada bo‘ladi. Demak, tovar muomalasi uchun 100 dollar zarur
ekan:
100
3
300
=
=
⋅
=
V Q Р М dollar
Ko‘rinib turibdiki, muomaladagi pul miqdori (M) tovarlarning jami
bahosining (P Q) pul aylanmasi tezligi (V) ga bo‘lgan nisbatiga teng.
Agar V bilan M ning o‘rnini almashtirsak, u holda:
3
100
300
=
=
⋅
=
M Q Р V marta
Keynschilar pul miqdoriga ta’sir etuvchi omillarga qo‘shimcha
tarzda yana uch omilni ko‘rsatib o‘tadilar:
– to‘lov uchun pul zarurligi;
– har ehtimolga qarshi pulni vaqtincha bo‘lsa-da, jamg‘arib, kerak
bo‘lib qolganda birdan ishlatishga intilish;
– boylikni zarar ko‘rish xataridan asrash uchun pul shaklida saqlash.
Keynschilar pul miqdoriga boylik egalarining subyektiv xatti-
harakatlari, intilishlarini ham ta’sir etishini inobatga olganlar.
Eng so‘nggi nazariyotchilar, masalan, monetaristlar (M.Fridman,
66
AQSh) pul miqdoriga ta’sir etuvchi omillarga aytilganlardan tashqari