127
b) yaqin kelajakda aktivning qisman to‘lanishi
ehtimolining mavjudligi, shuningdek, ushbu paytda
aktivning «umidsiz» deb tasniflanishi zarur emasligi.
Aktivni «umidsiz» deb tasniflashga imkon beruvchi
muhim omillarga quyidagilar kiradi:
– bank aktivlar bo‘yicha ayrim to‘lov turlarini yoki hech
bo‘lmaganda qisman to‘lovlarni oladi;
– bank garovni undirib olish bo‘yicha huquqiy
xattiharakatlarni qo‘llay boshlaydi va ta’minot sotuvini o‘z
vaqtida amalga oshiradi (90 kun ichida);
– qarzdor tomonidan keyinchalik aktivni to‘liq
ta’minlaydigan qo‘shimcha ta’minotni taqdim etish
harakatlarining amalda boshlanishi.
«Shubhali» deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank aso-
siy qarz to‘lanmagan summasining 50 foizli miqdorida
zaxirani tashkil etishi shart. Bunday aktivlarga qaytaril-
maydigan kreditlar kiradi. Qiymati juda pastligi tufayli
bank aktivlari sifatida ularning hisobini yuritish maqsadga
muvofiq emas, deb hisoblanadi. Bunday tasniflash kredit-
larda umuman hech qanday tugatiladigan qiymat mavjud
emasligini bildirmaydi. Lekin banklar o‘z balanslarida bu
qarzdorlikning hisobini yuritishni davom ettirishlari maq-
sadga muvofiq emas. Bank garovga olingan mulkni sotish
orqali bunday qarzdorlikni bartaraf etish choralarini ko‘-
rishi yoki uni qaytarish choralarini qo‘llashi kerak.
Kamida 180 kunga kechiktirilgan aktiv «umidsiz» deb
tasniflanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan davr mobaynida aktiv qaytaril-
masligidan dalolat beruvchi faktlar va belgilar mavjud
bo‘lsa, ushbu aktiv «umidsiz» deb tasniflanishi mumkin.
Umidsiz deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank asosiy
qarzning to‘lanmagan summasining 100 foizi miqdorida
zaxiralar yaratishi kerak. Buning uchun bank o‘z foydasi
hisobiga, foyda etmagan hollarda esa o‘z sarmoyasi hiso-
biga umidsiz aktivlarni balansdan chiqarishi kerak.
Dostları ilə paylaş: