Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə69/98
tarix16.12.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#181544
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   98
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

Televidenie. Agar estrada «san’atdagi jurnalistika» bo‘lsa, televidenieni «jurnalistikadagi san’at» deyishimiz mumkin. Hozir uni faqat ommaviy axborot vositasi va san’at targ‘ibotini texnikaning eng yangi yutuqlari asosida amalga oshiruvchi zamonaviy omil sifatida olib qarash uni kamsatishdan boshqa narsa emas. To‘g‘ri, telejurnalistika mavjud va uni inkor etish aqlga to‘g‘ri kelmaydi. Lekin ayni paytda ana shu real hayot real voqealar va real odamlar ishtirokidagi «jurnalistik» syujetlarning san’at darajasiga ko‘tarilganini, ularning estetik ahamiyat kasb etganini yaqqol ko‘ramiz. M., Farhod Bobojonning «Bir o‘lkaki...» turkumidagi ko‘rsatuvlarini olaylik. Ularni oddiy jurnalistik televizon reportaj deyish mumkinmi?! Bu ko‘rsatuvlarning deyarli har biri o‘ziga xos film, shunday filmki, oldiga oddiy «hujjatli» degan sifatlashni qo‘yish nohaqlik. Ularda real haqiqat telekamera orqali badiiy haqiqatga aylangani, real odamlar badiiy qiyofalar darajasiga ko‘tarilganini, ko‘rsatuvni olib boruvchining o‘zi qahramonlardan biri bo‘lib xotiramizda qolishi bilan ajralib turadi. Teleko‘rsatuv muallifi, telerejissyor, tasvirchi mahorati hamda harakatdagi kamera imkoniyatlari televidenieni san’at, ta’bir joyiz bo‘lsa, «hujjatli san’at» sifatidagi o‘rnini belgilab beradi.
Albatta, bu – televidenie faqat hujjatlilikka tayanadi degan gap emas. Uning imkoniyatlari (agar bu san’at kelajagini ham inobatga olsak) tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajada keng. Zero televidenie oilaviy va individual estetik idrok etiladigan san’at turi, u bizning uydagi kinoteatirimiz, uydagi sirkimiz, uydagi teatrimiz v.h. Ayniqsa, uning kinodasturlari alohida ahamiyatga ega M., davomli teleseriallarni, deylik, uch oy yoki yil mobaynida qaysi kinoteatrda ko‘rishimiz mumkin? Kinoteatrlarda bunday imkoniyat yo‘q. Bundan tashqari telekamera hamma erda - quruqlikda ham, suv ostida ham, osmonda ham ishlay oladi, qo‘limiz, oyog‘imiz, nigohimiz etmaydigan joylardan badiiylik darajasiga ko‘tarilgan reallikni. bizga etkazib beradi. Biroq, buning uchun eshittirish muallifi yoki yolg‘iz teletasvirchi, YU.Borev aytganidek, ham aktyor, ham jurnalist, ham rejissyorlik bo‘lib ishlash xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirishi, bir so‘z bilan aytganda, katta iste’dod va bilimga. hozirjavoblik va o‘tkir nigohga ega bo‘lishi lozim.19
Agar ta’bir joyiz bo‘lsa, televidenieni «tashviqotchi san’at» yoxud «estetik tashviqotchi» deyishimiz mumkin. Ekran orqali biz sho‘rolar davrida oddiy «urf-odatlar» atamasi ostida qolib ketgan asl ma’naviy qadriyatlarimizning qanday qadrlanishi zarurligini anglab etamiz. M., o‘zbek televideniesining baxshilik san’atiga bag‘ishlangan dasturlari ko‘pchilik tomoshabinlar uchun xalq og‘zaki ijodi an’analaridan shunchaki bahramand bo‘lish emas, balki haqiqiy san’at bayrami sifatida qabul qilinadi yoki «Ming bir rivoyat» kabi «lahzalik» ko‘rsatuvlardagi falsafiylikning badiylik bilan uyg‘unlashib ketishi katta tassurot qoldiradi. SHunday qilib, televidenie san’atlar ichida misli yo‘q qudratli tarbiya quroli.
Biroq, shuni taassuf bilan ta’kidlash kerakki, bu qurol «teskarisiga» ishlashi, ya’ni televidenie xalqning estetik didini hamma vaqt yuksaltirishga emas, balki pasaytirishga, jo‘nlashtirishga ham xizmat qilishi mumkin. M., O‘zbek milliy televideniesidagi (yuqoridagi yutuqlarini ta’kidlagan holda) ba’zi bir amallab ishga kirib olgan saviyasi past jurnalistlarning real voqelikni badiylashtirib ko‘rsatish o‘rniga «o‘zini ko‘rsatish» uchun urinishlari shular jumlasidan. Ayniqsa, televideniedagi estrada qo‘shiqchiligi saviyasining pastligi jihatidan ajralib turadi. Ekranda Xudo ovozdan qisgan ( barmoq bilan sanarli iste’dod egalaridan tashqari) horijiy qo‘shiqlar musiqalarini o‘g‘irlab, kompyuter orqali «ovoz yasab» mashhurlikka intilayotgan kimsalarni ko‘rib, hayratga tushasan. CHunki ular yoki tushunib=tushmay, yoki surbetlarcha o‘zlarini «biz san’atkorlar» deb ataydilar va Nitsshe aytganidek, o‘zining suvarak darajasidagi kichginagina «men»ini butun O‘zbekistonga yoyishga harakat qiladi. Ularning asosiy maqsadi «televizorda chiqib», shuhrat qozonish va shu orqali to‘ylardagi otarchiligiga balandroq narx so‘rashdan iborat. Bundaylar haqida suhbatlaridan birida buyuk xonandamiz Muyassar Razzoqova «San’atni to‘ydagi qistiriqqa sotadigan kimsalardan hazar qilaman», degan edi. Afsuski, televideniemiz ana shu «suvarak=san’atkorlar»ning ko‘payishiga xizmat qilayotgani bor gap.
Televideniemizdagi yana bir nojoyiz narsa, bu – klip muammosi. Klip, bir qaraganda, texnikaviy mo‘‘jiza, ammo ikkinchi tomondan, san’at asarini idrok etishda zararli hodisa. YA’ni klipda rejissyor o‘z tasavvuridagi manzaralarni, (ba’zan xonandaning taklifini ham) qo‘shiqqa ilova qiladi, ko‘p hollarda qo‘shiqning o‘zi emas, ana shu «ilova» tinglovchi-tomoshabin diqqatini tortib ketadi. Demak, klipda estetik idrok etishdagi demokratiya yo‘qoladi, rejissyor o‘zining tasavvurini tinglovchi-tomoshabinga «tiqishtiradi» Afsuski, ko‘pchilik hozir ishlanayotgan kliplar ana shunday salbiy tabiatga ega. Bundan tashqari, bizdagi kliplarning aksariyatini o‘ta beodoblik deb atash mumkin. Gap «go‘zal ma’shuqalar»ning ba’zan salkam yarim yalang‘och chiqishida emas, balki klipda «buyuk san’atkor»ning dang‘illama hovli-joyi, qimmatbaho ashyolari, avtomobili v.h. ko‘z=ko‘z qilinadi. Endi o‘ylab ko‘ring-chi, qishloqdagi qurbi bir mahallik issiq ovqatu non-choyga etadigan jo‘jabirday jon oilaning boshlig‘i bunday klipni ko‘rgandan keyin qanday ahvolga tushishi mumkin? Maqsad qo‘shiqmi yoki kimlarnidir o‘ksitishmi?
Xullas, televideniening buyuk qudratidan, qay tarzda foydalana bilish nihoyatda muhim masala. Uni ko‘pyoqlama, miqyosli san’at turi va estetik tarbiya maktabi darajasiga ko‘tarishi ham televidenie hodimlariga, ham biz – tomoshabinlarga bog‘liq.

Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin