Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта


Estetik anglash, estetik munosabat va estetik faoliyat



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə23/98
tarix16.12.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#181544
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   98
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

Estetik anglash, estetik munosabat va estetik faoliyat
Estetik anglash tushunchasi va uning individual xarakteri. Insoniyat tarixida estetik anglash, munosabat va faoliyatning talqini. Estetik bilish va estetik qadriyatlar mutanosibligi. Estetik anglashning asosiy elementlari: estetik ehtiyoj, estetik munosabat, estetik tuyg‘u, estetik did, estetik baho, estetik ideal, estetik qarashlar, estetik nazariyalar. SHaxs estetik ehtiyoji. Estetik munosabatning o‘ziga xos xususiyatlari. Modernizatsiya jarayonlarida estetik faoliyatning ko‘rinishlari. Estetik faoliyat mehnatning o‘ziga xos turi. Estetik faoliyatning ijodiy xarakteri. Mehnat, o‘yin va san’atning o‘zaro munosabatlari. Estetik faoliyatning turlari: xalq ijodi va professional ijodiy faoliyat, badiiy faoliyat va uning estetik tabiati, ilmiy faoliyat, diniy faoliyat, ijodiy faoliyat, texnik faoliyat.
5
Estetikaning asosiy kategoriyalari
“Estetika” kategoriyalarining falsafiy mazmuni va mohiyati. Falsafa tarixida estetika kategoriyalari haqidagi tasavvurlarning xilma-xilligi. Go‘zallik estetikaning asosiy kategoriyasi. Estetik tafakkur tarixida go‘zallikka munosabat. Go‘zallik haqidagi tasavvurning o‘zgaruvchanligi. Go‘zallikning san’atda namoyon bo‘lishi. Go‘zallik va manfaat. Go‘zallik va uning muqobillari: hunuklik, badbasharalik, beo‘xshovlik, nomutanosiblik. Ulug‘vorlik kategoriyasining falsafiy mohiyati. Estetik tafakkur tarixida ulug‘vorlik haqidagi qarashlarning o‘ziga xos jihatlari. Ulug‘vorlikning olamni estetik idrok etishga ijobiy ta’siri. Ulug‘vorlikning ko‘rinishlari: tabiatdagi ulug‘vorlik, jamiyat ulug‘vorligi, inson ulug‘vorligi. Ulug‘vorlikka miqdor va miqyosning ta’siri. Ulug‘vorlikning san’atda namoyon bo‘lishi. Ulug‘vorlikning tubanlik, xudbinlik, sotqinlik bilan ziddiyati. Fojeaviylik (tragediya) kategoriyasi. Fojeaviylikka munosabatning turlari. Fojeaviylikning namoyon bo‘lish shakllari: jamiyat hayotida; inson faoliyatida; san’atda; badiiy asarda. Fojeaviylik va estetik ideal. Fojeaviy qahramon. Fojeaviy jarayon va unga estetik munosabat. Forig‘lash - fojeaviy asarning xususiyati sifatida. Kulgililik kategoriyasi. Estetik tafakkur tarixida kulgililikka munosabat. Kulgi va uning inson hayotidagi o‘rni. Kulgili holat. Kulgining obektlari: turmush voqealari, san’at asari, badiiy asar, suhbat mavzusi, muloqot. Kulgililikning namoyon bo‘lish shakllari: hajv, hazil, mutoyiba, kinoya, kesatiq, istehzo. Kulgi, hazil-mutoyiba va unda me’yorning zaruriyati. Komediya - san’at janri. Kulgining forig‘lantirish xususiyati. Kulgi hodisasining sog‘lom turmush tarziga ta’siri. Kulgililikning demokratik xususiyati. Estetika kategoriyalarining o‘zaro aloqadorligi. Mo‘‘jizaviylik, hayo (ibo-hayo) va qiziqarlilik estetika kategoriyalarini rivojlantiruvchi mezon sifatida.

Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin