Internet tarmog’iga kirib borish imkoniyatiga ega bo’lgan maktablar, litseylar va
kollejlar soni 10-15 baravar ko’payadi.
ing deyarli 60%i ushbu jahonga mashhur va rivojlangan
Ma’lumotlarni uzatish tarmog’i sezilarli darajada rivojlanadi. Joriy yilning
oxiridayoq kamida 235ta yangi ma’lumotlar uzatish o`zellari barpo etiladi,2010
yilda esa Internetdan jamoa bo’lib foydalanish portlari soni 45000 tani tashkil
etadi. Aholi orasida foydalanuvchilar soni 55,6 mingtadan 3321 mingtagacha
o’sadi yoki oilalarn
axborot tarmog’i xizmatlaridan foydalanadi. Respublikaning barcha aholi
punktlari,shuningdek, boshqaruv organlari va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchdan
ikki qismi Internetga ulanadi.
Dasturiy vositalarni ishlab chiqarish, mamlakatimizning o’zida kompyuter
texnikasi va buyumlari ishlab chiqarishni rivojlantirish chora–tadbirlari birinchi
darajali vazifalar etib belgilangan. Shu munosabat bilan kompyuterlar va ular
uchun butlovchi buyumlar, dasturiy vositalar keltirish, o’qitish va axborot
xizmatlari ko’rsatish bo’yicha bir qancha soliq va bojxona imtiyozlari joriy
etiladi.
Qabul qilingan hujjatlarda kompyuterlashtirish va axborot – texnologiyalari
sohasida kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashni rivojlantirish va
takomillashtirishning aniq vazifalari oldinga qo’yilgan va maqsadli yo’nalishlari
ifodalab berilgan. Jumladan, Toshkent eletrotexnika aloqa instituti Toshkent
axborot texnologiyalari universitetiga aylantirildi. Ushbu universitetda yangi
mutaxassisliklarning keng doirasi bo’yicha kadrlar tayyorlash tizimini ancha
kengaytirish nazarda tutilmoqda. Bundan tashqari, o’quv yurtlarining moddiy-
texnik va ilmiy-tadqiqot bazasini kengaytirish yo`zasidan kompleks chora-
tadbirlar nazarda tutilgan.
Farmonda va hukumat qarorida belgilangan dasturiy chora-tadbirlarning
amalda ro’yobga chiqarilishi boshqaruvining barcha tarmoq va mintaqaviy
organlariga, iqtisodiy va madaniyatning barcha sohalariga, umuman, jamiyatga
daxldordir. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun maxsus
Dostları ilə paylaş: