2. Qo`shimcha programma (utilitalar) va ularning asosiy turlari.
Yuqorida kompyuterda foydalaniladigan asosiy programmalar majmuasi
bilan tanishib chiqdingiz. Lekin o`z-o`zidan ma’lumki ushbu programmalar xali
kompyuter bilan ishlash uchun unchalik yetarli emas. U xolda foydalanuvchining
ishini yengillashtirish maqsadida yana qanday turdagi programmalar ishlatilishi
kerak bo`ladi? Bu muammoni xal qilish uchun tashqi qurilmalarga xizmat
qiluvchi, disklar bilan ishlovchi, ma’lumotlarni ximoyalash uchun mo`ljallanilgan
va boshqa bir qancha turdagi programmalar xam bo`lishi mumkinligi xaqida
fikrlab ko`ring.
Kompyuterning ishlashini ta’minlash uchun turli qo`shimcha
programmalar zarur bo`ladi. Masalan, kattik disk (vinchester) bilan turli ishlarni
amalga oshirish uchun maxsus programmalar zarur. Vinchesterni bo`laklarga
bo`lish, uning ma’lum bo`laklarini parol
ь
bilan ximoyalash uchun Disk Manager
deb ataluvchi programma ishlatiladi.
Diskning xolatini tekshirish uchun esa NDD (Norton disk doctor)
programmasi ishlatiladi. Bu programma yordamida disk segmentlari tekshirilib,
undagi xatoliklar topiladi va bartaraf etiladi.
Diskdagi ma’lumotlarni optimizatsiya qilish, ya’ni bir tartib bilan
joylashtirib chiqishga xizmat qiluvchi SD (Speed Disk) programmasi mavjuddir.
Uning yordamida diskdagi ma’lumotlar tartibga keltiriladi, bu esa diskdagi
ma’lumotlarga murojaat qilishni yengillashtirib, kompyuter ishini tezlatadi.
Yuqorida sanab o`tilgan programmalarni ishlatish qulay bo`lib, dialog
darchasida hosil bo`ladigan menyu punktlaridan mosini tanlash va ishlatishdan
iboratdir.
Utilitlar guruxlarga birlashtirilib, ularning eng ko`p ishlatiladiganlari
Norton Utilities, PC Tools Deluxe, Mace Utilities lar bo`lib hisoblanadi. Utilitlarni
quyidagi tartibda guruxlarga bo`lib chiqish mumkin:
- Upakovka qiladigan programmalar maxsus usullarni qo`llagan xolda
ma’lumotlarni siqilgan xolda joylashtirib, ularning arxiv nusxalarini xosil qilishga
yordam beradilar. Masalan, PKZIP, PKUNZIP va ARJ programmalari bularga
misol bo`la oladi.
- Disklardagi ma’lumotlarning rezerv nusxalarini xosil qiladigan
programmalar qattiq diskka yozilgan ma’lumotlarni tezlik bilan disketlarga yoki
strimmerlarga nusxalash uchun yordam beradilar. Masalan, Norton Backup, Fast
Back Plus.
- Antivirus programmalari, ular xilma-xil turdagi viruslarga qarshi
samarali kurashish uchun xizmat qiladilaryu
- Kommunikatsion programmalar kompyuterlararo ma’lumotlarni
almashinish uchun ishlatiladilar. Masalan, Brooklin Bridge, DeskLink, LapLink,
Fast Link. Telemate, Procomm, Dataline programmalari kompyuterlarning telefon
kanallari orqali muloqot qilinishiga yordam bersa, WinFax Pro, Bit Fax, Fax It
48
programmalari telefon ma’lumotlarini faks modem orqali uzatish imkoniyatini
yaratadilar.
- Kompyuterni diagnostika qilish programmalari uning konfiguratsiyasini
va ishga layoqatliligini tekshirishga imkon beradi. Masalan, Cheeck It, ND lags,
Control Room, System Sleuth programmalarini shu programmalar turkumiga
kiritish mumkin. Disklarni tekshirish uchun Disk Technician Advance, Calibrate
dasturlari qo`llanilishi mumkin.
- Disk uchun mo`ljallanilgan programma-kesh diskdan ma’lumot o`qishni
ancha tezlashtirishga imkon beradi, chunki ushbu xolda operativ xotirada diskning
tez-tez ishlatilib turadigavn bo`laklarini o`z ichiga olgan kesh-bufer xosil qilinadi.
Masalan, Smart Drive, NKache, Super PC Kwik.
- Disklarni optimizatsiya qilish programmalari disklarda saqlanadigan
ma’lumotlar xajmini ancha oshirishga va ma’lumotlarni tezroq topishga yordam
beradi. Masalan, Speed Disk yoki Fast Trax programmalari.
- Disklarni dinamik siqishtirishga imkon beruvchi programmalar disklarda
saqlanilishi mumkin bo`lgan informatsiya xajmini ancha oshirishga yordam
beradi. Masalan, Stacker, Double Space, Super Stir programmalari.
- Avtonom ravishda chop qilish programmalari (skulerlar) fayllarni chop
qilishni boshqa ishlar bilan bir vaqtda amalga oshirishga imkon beradi. Masalan,
Print Cashe programmasi.
- Xotirani boshqarish uchun mo`ljallanilgan operativ xotirani yaxshiroq
boshqarish uchun ishlatiladi. Masalan, Software Carousel va Switch It
programmalari xotiraga bir qancha programmalarni yuklashga va biridan
ikkinchisiga osonlik bilan o`tishga yordam beradi.
Xususiy kompyuter operatsion sistemalari, ularning turlari va
xususiyatlari.
Siz kompyuterni yoqqaningizda va uni ishga tushirish jarayonida barcha
ishlar avtomatik tarzda, o`z-o`zidan bajariladi. Bu ishning qanday bajarilishi
xaqida, qaysi programmalar majmuasi ushbu ishni bajarishi mumkinligi to`g`risida
fikrlab oling. Ushbu muammoni xal qilishda oldingi bo`limda olgan bilimlaringiz
ancha asqotadi, chunki u yerda bu xaqda bir qancha foydali ma’lumotlar berilgan
edi. Faqat oxirgi o`n yillikda EHM yordamida 1 birlik operatsiyani bajarish
qiymati 400 baravar, bir bayt ma’lumotni saqlash qiymati esa 25 baravar
arzonlashdi. Bularning barchasi bir tomondan texnikaviy taraqqiyot natijasida
amalga oshgan bo`lsa, ikkinchi tomondan operatsion sistemalarning rivojlanishi
orqali amalga oshdi. Chunki hozirgi zamon kompyuterlari yuqori tezlikda ishlashi
bilan birga turli xildagi murakkab qurilmalar majmuini tashkil qiladi. Bunday
sharoitda kompyuterning samarali ishi faqat tegishli operatsion sistema yordamida
amalga oshishi mumkin.
Hozirgi paytda keng tarqalgan operatsion sistemalar SP/M, MS-DOS,
UNIX va Apple Macintosh, Novell, Windows-95, 98 va Windows-2000, 2002
49
kabilardir. Masalan UNIX operatsion sistemasini yuqori kontseptual birlik ajratib
turadi. Bu unda ishlashni sodda va qulay qilishi bilan birga uning asosida yotgan
g`oyalar uni qabul qilishni yengillashtiradi. UNIX sistemasida ishlayotgan
foydalanuvchi faqat uning imkoniyatlaridan foydalanmasdan, bu imkoniyatlar
qanday amalga oshayotganini ham yaxshi tasavvur qila oladi.
UNIX sistemasida barcha ishlar o`zaro raqobatlashuvchi jarayonlar
to`plami ko`rinishida ifodalanadi. Jarayon esa resurslar iste’molchisi bo`lib, ish va
boshqaruv birligi hisoblanadi. UNIX sistemasi xajmi bo`yicha kichik bo`lib, ancha
sodda. Sistema vositalari yaqqol ifodalangan bo`lib, qulay mnemonikaga ega.
CP/M operatsion sistemasi eng ommaviy diskli operatsion sistemalardan
biri bo`lib, 8-razryadli mikroprotsessorlar INTEL 8080 yoki ZILOG Z80 lar
asosida yaratilgan kompyuterlarni boshqarishga mo`ljallangan. CP/M operatsion
sistemasining asosiy xususiyatlaridan biri-bir vaqtning o`zida bir necha
foydalanuvchiga xizmat ko`rsatishi, ya’ni mul
ь
tiprogramma rejimida ishlashi
mumkin.
Apple Macintosh (Errl Makintosh) deb nomlangan operatsion sistema xam
mavjud bo`lib, u shu nomli firma tomonidan ishlab chiqilgan kompyuterlarga
o`rnatish uchun mo`ljallanilgan. Uning grafik imkoniyatlari juda qulay va
rivojlangan bo`lib, foydalanuvchi uchun katta imkoniyalar yaratadi. Lekin uning
noqulay tomonlaridan biri boshqa operatsion sistemalar va IBM turidagi
kompyuterlar bilan mos tushmasligidir.
Lekin ushbu operatsion sistemalar orasida eng ko`p tarqalgani va keng
iste’molchilar tomonidan keng miqyosda qo`llaniladigan shak-shubxasiz
maykrosoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Windows turidagi
operatsion sistemadir, chunki mamlakatimizdagi asosiy mashina parki xuddi shu
operatsion sistema yordamida faoliyat ko`rsatadi. Uning asosiy harakteristikalari
va ko`rsatgichlarini keyinroq ko`rib chiqamiz.
4.Diskli operatsion sistemaning asosiy operatorlari va ularning ishlatilishi.
Fikrlab ko`ringchi, nega ushbu operatsion sistema eng ko`p miqyosda
tarqalgan va hozirga qadar xam u ko`pchilik tomonidan qo`llaniladi? U qanday
imkoniyatlarni amalga oshirib berishi mumkin? Uning qanday yaxshi tomonlari va
kamchiliklari mavjud? MS DOS qanday ma’noni bildiradi va u qaysi firmaning
maxsuloti?
MS-DOS operatsion sistemasi sizning kompyuter bilan muloqot
qilishingizni ta’minlaydi. U bir qancha programmalar to`plamini o`z ichiga oladi
va bu programmalar sizni kompyuter va uning qurilmalari bilan muloqotda
bo`lishingizga imkon beradi.
MS-DOS - diskli operatsion sistema. U egiluvchan disk va vinchesterda
saqlanishi mumkin.
50
MS-DOS operativ xotiraga ko`chirib yozilgandan so`ng, siz o`zingizda bor
programmangizni ishga tushira olishingiz mumkin. Ushbu programmalar barchasi
MS-DOS boshqaruvi ostida ishlaydi.
MS-DOS ni xotiraga ko`chirish va qayta ko`chirish disk yoki vinchesterda
amalga oshiriladi. MS-DOS ni vinchesterdan ko`chirishdan oldin disk o`qish
qurilmasining bo`shligiga ishonch hosil qilish kerak (diskli qurilmada egiluvchan
disk bo`lmasligi kerak), aks holda kompyuter MS-DOS ni diskdan ko`chirishga
harakat qiladi.
MS-DOS ni disketdan yuklash uchun MS-DOS joylashgan diskni disk
qurilmasiga joylash kerak. MS-DOS ni birinchi marta xotiraga ko`chirish
kompyuter yoqilganda avtomatik ravishda amalga oshadi.
MS-DOS ni ko`chirish vaqtida kompyuter joriy sana va vaqtni kiritilishini
so`raydi, bunday savollarga "ENTER" klavishi orqali javob berish mumkin, yoki
talab qilinayotgan axborotlarni kiritish mumkin. Ular quyidagicha kiritiladi:
sana -"oy-kun-yil" "ENTER"
vaqt -"soat:minut" "ENTER"
Ekranda MS-DOS ga taklif belgisining
A:>
ko`rinishda chiqishi MS-DOS ni xotiraga ko`chirish tugallanganligi va
kompyuterning buyruq bajarishga tayyor ekanligini bildiradi. Albatta A:> dan
so`ng kursor joylashgan bo`ladi (agar yuklash qattiq diskdan amalga oshirilgan
bo`lsa A:> ning o`rniga C:> chiqadi).
Diskli operatsion sistemaning quyidagi ososiy buyruqlarini keltirishimiz
mumkin (har qanday buyruqni terishdan oldin A yoki C:\> simvollarini
kiritishingiz lozim bo`lishini esingizdan chiqarmang):
C:\>Dir - joriy kataloglar ruyxatini chiqarib berish.
C:\>Ver – DOS ning qaysi versiyasi o`rnatilganligini ko`rsatadi;
C:\>mouse – operatsion sistemaga sichqoncha o`rnatilganini ko`rsatadi;
C:\>mem – operativ xotirani taqsimlanishini ko`rsatib beradi;
Cls – ekranni tozalash buyrug`i;
Doskey – buyruq qatorini taxrirlash redaktorini ishga tushirish;
Type – faylni ekranda ko`rish;
Copy – nusxalashtirish buyrug`i;
Line number: - buyruq qatori nomurini ko`rsatish;
Prompt – joriy diskovodning nomini aniqlashga yordam beradi. Masalan
agarda Prompt Extiyot bo`l! $d $t $p$g degan ma’lumot kiritilsa ekranda quyidagi
axborot ko`rinadi:
51
Extiyot bo`l! 09-08-2003 14:08:25 S:\DOS>
Data – joriy sanani ko`rsatadi;
Time – joriy vaqtni ko`rsatadi;
Help – xoxlagan buyruq bo`yicha yordam olish mumkin. Ushbu buyruq
Help – dan keyin ko`rsatiladi;
Masalan, Copy /? yoki fasthelp Copy buyruqlari tez va qisqa yordam olish
uchun ishlatiladi.
Dosshell – ushbu nomli qobiqni ishga tushirish uchun ishlatilishi mumkin;
Label – diskning nomini bilish, o`zgartirish yoki nom berish mumkin;
Format – diskni formatlashtirish buyrug`i;
Diskcopy a: b: - diskdan nusxa olish buyrug`i;
MD – yangi katalog tuzish buyrug`i;
CD – katalogni o`zgartirish buyrug`i;
Tree – joriy katalogning tuzilishini ko`rish;
Move – kataloglarning nomlarini o`zgartirish;
Agarda siz WINDOWS operatsion sistemasidan MS DOS ga chiqmoqchi
bo`lsangiz, PUSK – Programm
ы
- Standartn
ы
e-Komandnaya stroka
imkoniyatlarini ketma-ket tanlashingiz kerak bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |