Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта


Mavzu 4. Windows operatsion tizimlarida ishlash



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/271
tarix19.12.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#184868
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   271
Informatika va axborot texnologiyasi

Mavzu 4. Windows operatsion tizimlarida ishlash
asoslari (4 soat). 
 
1.Windows operatsion sistemasining imkoniyatlari hamda rivojlanish 
bosqichlari. 
2. WINDOWS amaliy operatsion dasturining asosiy xususiyatlari va 
uning boshqa sistemalardan farqi 
3. WINDOWS ning asosiy turlari va imkoniyatlari. 
4. WINDOWS 2000 operatsion sistemasida fayllar joylashuvi
va sichkonchani ishlatish 
5.Ishchi guruhlar va matn muharriri 
6.WINDOWS 2000 imkoniyatlarini urganish. 
7.WINDOWS 2000 ish stoli va ekranining 
tuzilishini o`rganish 
8.Operatsion muhitda fayllar, papkalar va disklarni boshqarish 
52


9.WINDOWS 2000 ning yordam sistemasini ishlatish usullarini o`rganish 
10. WINDOWS 2000 ga xilma-xil programmalarni o`rnatish va ular bilan 
ishlashni tashkil qilish 
11.WINDOWS 2000 ning boshqa standart programmalarini ishlatish 
1. Windows operatsion sistemasi va uning asosiy turlari, imkoniyatlari 
hamda rivojlanish bosqichlari. 
Bu operatsion sistemaning nomi «Darcha» so`zining inglizcha aytilishi 
bo`lib, kompyuter ishini har tomonlama boshqarish uchun xizmat qiladi. Lekin bir 
qancha operatsion sistemalar ishlab chiqilgani va xayotga tatbiq etilganiga 
qaramay faqatgina ushbu operatsion sistema keng tarqaldi va katta muvaffaqiyatga 
erishdi. Nega bunday bo`lgani xaqida nimalar deya olasiz? Ushbu operatsion 
sistemaning qanday xususiyatlari mavjudki u juda xam ommabop va qulay? Bu 
savollarga javob topishda Siz uni MS DOS imkoniyatlari bilan solishtirishingiz 
mumkin. Bu muammoni xal qilib bo`lganingizdan so`ng quyidagi ma’lumotlar 
bilan tanishishingiz mumkin bo`ladi. 
WINDOWS muhiti foydalanuvchi uchun qulay bo`lgan ko`pgina 
imkoniyatlarga ega bo`lgan programmadir. U MS DOS imkoniyatlarini sezilarli 
darajada kengaytiradi. 
WINDOWS muhitida ishlash natijasida foydalanuvchi ko`pgina 
qulayliklarga ega bo`ladi. Bunda fayl va kataloglarning nusxasini olish, ko`chirish, 
qayta nomlash, o`chirish va hokazo amallar tezda va yaqqol bajariladi. Shu bilan 
birga bir paytning o`zida bir necha katalog bilan ishlash imkoniyatiga ega. 
Bu programma bir paytning o`zida bir necha masalalarni yechish, ixtiyoriy 
printer va displey bilan MS DOS programmalari bilan ishlash qobiliyatiga ega. 
Yagona interfeysga, ya’ni WINDOWS turli versiyalari va programma 
ilovalari bilan ishlashning standart qoidalariga egaligi muhimdir. 
WINDOWS operatsion muhiti quyidagi imkoniyatlarga ega. 
Universal grafika – WINDOWS programmalarining qurilmalarga va 
programma ta’minotiga bog`liqsizligini ta’minlaydi. 
Yagona interfeys – WINDOWS foydalanuvchining muloqoti yagona, ya’ni 
turli programmalar bilan ishlash qoidalari umumiy. Shuning uchun yangi 
programma bilan ishlaganingizda bu qoidalardan foydalanishingiz mumkin. 
Mavjud programm ta’minot bilan muvofiqligi – WINDOWS MS DOSning 
barcha amaliy paketlari, tahrirlagichlari, elektron jadvallari ishini to`la 
ta’minlaydi. 
Ko`p masalaligi – WINDOWS bir paytning o`zida bir necha masalani 
hisoblaydi, bir programmadan boshqasiga o`tishni ta’minlaydi. 
Mavjud operativ xotiradan to`liq foydalanish imkoniyati – WINDOWS 
mavjud operativ xotiradan to`la foydalana oladi. Qurilma resurslaridan ham to`liq 
foydalanadi. Bu qurilmalar bilan muloqotni o`zi ta’minlaydi. 
53


Ma’lumotlar almashuvi – WINDOWS programmalararo ma’lumotlar 
almashish imkoniyatiga ega. Bu maxsus Clipboard (ma’lumotlar buferi), yoki 
DDE (ma’lumotlarning

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin