WINDOWS 2000 operatsion sistemasining tarkibiga kirishi mumnin bo`lgan qurilmalar
drayverlariga
Microsoft belgisi qo`yilgan bo`ladi. Tekshirilmagan drayverlar va
noto`g`ri o`rnatilgan qurilmalar kompyuterning to`xtab qolishiga olib kelishi
mumkin yoki kompyuterni qaytadan yuklash talabini yuzaga keltirishi mumkin.
Qurilmalar kompyuterga ulangan va uning mikroprotsessori tomonidan
boshqariladigan fizik qurilmalar majmuidir. Ular kompyuterga qo`shimcha
ulangan bo`lishi yoki zavodda unga o`rnatilgan bo`lishi mumkin. Yangi
qurilmaning kompyuterga o`rnatilishi quyidagi uch bosqichda amalga oshirilishi
mumkin:
a) Kompyuterga yangi qurilmaning ulanishi;
b) Qurilmaning mos drayveri ishga tushirilishi;
v) Qurilmaning ko`rsatgichlarni kompyuter bilan moslash.
Sistemaga biror bir qurilmani o`rnatish uchun administrator sifatida ushbu
sistemaga kirish lozim bo`ladi. Qurilmani o`rnatish uchun quyidagilarni bajarish
kerak bo`ladi:
1. Qurilmani tegishli joyga o`rnating yoki kerakli portga ulang. Bunda
tegishli instruktsiyalarga va ko`rsatmalarga rioya qiling;
2. Agar tegishli drayverlarni ishga tushirish lozim bo`lsa, ekrandagi
ko`rsatmalarga rioya qilgan xolda bu ishni bajaring;
3. Agarda qurilma o`z-o`zini moslash (
Plug and Play ) xususiyatiga ega
bo`lmasa, uning xilini boshqaruv panelidagi
ADD/Remove Hardware (Qurilma
o`rnatish) optsiyasi orqali tanlang. Keyin esa Windows 2000 ning kompakt diskini
(yoki egiluvchan diskini) o`rnatib, kerakli drayverlarni yuklab oling;
4. Drayverlar yuklangandan so`ng
Windows 2000 sistemasi qurilmaning
ko`rsatgichlarini o`zi moslaydi va uni ishga tushirishga tayyorlaydi.
Sistemani himoyalash va unga tashqi taa’surotlar ta’sir qilmasligi uchun
ishlatuvchi tomonidan drayverlarni o`zgartirish ma’n etilgan. Qurilma
tayyorlaydigan firma yangi drayverlar ishlab chiqarganda, sistemaning eski
66
drayverini yangilab olish zarur. Drayverni yangilash uchun quyidagilarni bajarish
kerak:
A. Boshqaruv panelida