5.14-chizma.
Milliy mafkurada qo‘yiladigan talablar
Inson qalbi va ongiga ijobiy ta'sir etadigan tushuncha va tuyg‘ular, go‘zal va hayotiy g‘oyalar tizimini o‘zida mujassam etadi
|
|
Millat, xalq va jamiyatni bir-lashtiruvchi kuch, yuksak ishonch e'tiqod, e'tirof manbai
bo‘lishi
|
|
|
|
Har qanday ilg‘or g‘oyani o‘ziga singdirishi va har qanday yot va yovuz g‘oyaga qarshi tura olishi
|
|
Davr o‘zgarishlariga mos tarzda milliy, umuminsoniy qadriyatlarga tayanishi, o‘z manfaat va maqsadlarini amalga oshirishning yangi vositalarini tavsiya eta olishi
|
Jamiyatda qonunning ustuvorligi, adolat, demokratiya,
erkinlik, o‘z-o‘zini boshqarish tamoyillarining
amal qilishini ta'minlaydi
Milliy istiqlol g‘oyasi tizimida bosh g‘oya va asosiy g‘oyalar, ular oziqlanadigan manbalar, ularning amal qilish tamoyillari muhim o‘rin tutadi. Bu tizim milliy istiqlol mafkurasini yaratishga asos bo‘ladi. Ya'ni milliy istiqlol mafkurasi milliy istiqlol g‘oyasi asosida vujudga keladi. Chunki mafkura g‘oyani amalga oshirish jarayonida paydo bo‘ladi. Shu boisdan ham u g‘oyaga nisbatan kengroq tizimni shakllantiradi. Xalqimizning milliy istiqlol mafkurasi milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillari asosida shakllanmoqda. Shuning uchun milliy istiqlol g‘oyasi tizimidagi bosh va asosiy g‘oyalar haqida gapirar ekanmiz, ularni milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasi va asosiy g‘oyalari deymiz.
Dostları ilə paylaş: |