Њзбекистон республикаси олий ва њрта



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə100/119
tarix29.10.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#66804
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   119
«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari

V. Sud-huquq sohasida:
1. Huquqiy davlat mohiyatini belgilaydigan amaldagi kodekslar, qonunlar, me'yoriy xujjatlarni tanqidiy baholagan holda huquqiy davlatni ta'minlash.
2. Davlat va jamiyat qurilishi va boshqaruvining barcha bo‘g‘inlarida qabul qilingan qonun va me'yoriy xujjatlarning so‘zsiz bajarilishini ta'minlash.
3. Mustaqil tarmoq sifatida sudlarning faqat qonunga bo‘ysunishini ta'minlash. Advakatura idoralari mavqyeini oshirish.
4. Aholi, yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan sora-tadbirlar dasturini keng ko‘lamda amalga oshirish.
VI. Tashqi siyosat sohasida:
1. Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash, xavfsizlikni ta'minlash.
2. Afg‘on muammosini “6Q2” guruhi atrofida hal etish.
3. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga keng miqyosda integratsiyalashuvini ta'minlash zarur.
VII. Xavfsizlikni ta'minlash sohasida:
1. Markaziy Osiyo mamlakatlarining tinchligi va barqarorligiga, mazkur mintaqada yashovchi xalqalarning xavfsizligini ta'minlash.
2. Markaziy Osiyo mintaqasidagi iqtisodiy hamkorlik miqyoslarini har tomonlama kengaytirish.
3. Yagona davlat siyosati asosida armiya, chegara va ichki qo‘shkinlarimizni bosqichma-bosqich va izchil isloh etish.
4. Davlat chegaralarini yanada mustahkamlash va unga tegishli inshootlarni barpo etish.
5. Xavfsizlikning bo‘linmas va yaxlitligini haqidagi bosh prinsipgsha tayanib, Terrorchilikka qarshi kura bo‘yicha xalqaro markaz barpo etishga oid O‘zbekiston tashabbusini amalga oshirish ishlarini yanada kuchaytirish.
6. Huquq-tartibot organlari tizimini isloh etish va ularning jamoatchilik bilan aloqalarini mustahkamlash.


2. O‘zbekistonda demokratik davlat erkin fuqarolik jamiyati qurish
insonlar ijtimoiy faol ishtiroki bilan bog‘liqligi.
Erkinlik - kishilar faoliyati bilan tabiat va jamiyatning ob'ektiv qonuniyatlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganishi asosida faoliyat olib borish va hayot kechirish zarurligini ifodalovchi tushuncha.
Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi shaxs erkinligi g‘oyasiga tayanadi. O‘z haq-huquqini taniydigan, ayni paytda o‘z manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘unlatiradigan insongina milliy g‘oyamiz tamoyillarini to‘g‘ri baholay oladi. Demokratiya (yunon. «demos» xalq va «kratos» hokimiyat) - xalq hokimiyati, fuqarolarning ozodligi va tengligi tamoyillarini e'lon qilishga asoslangan siyosiy tuzum shakli. Demokratiya asosida qiziqish, intilish va manfaatlarni mutanosiblashtirish, muvofiqlashtirish, murosaga keltirish va kelishish siyosati yotadi. Shu ma'noda demokratiya jamiyatdagi kuchlarni birlashtirishga, mamlakat salohiyatini taraqqiyot uchun safarbar qilishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda barpo etilayotgan jamiyatning oliy maqsadlaridan biri insonlarning farovon hayotini ta'minlashdir. Jamiyatni boshqarishda odamlarni farog‘otda yashashga imkon beruvchi, birdamlikka yetaklovchi, intizomni shakllantiruvchi qonunlarni yaratish ayni biz ko‘zlagan maqsadga xizmat qiladi. XX asr boshlarida ozod yurt qayg‘usida yashagan Abdulla Avloniy fikricha, «Har bir mamlakatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati - yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘ilqdir».

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin