Mamlakatimizda o‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish uchun: 1) mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni rag‘-batlantirish;
2) qimmatli qog‘ozlar bozorini yaratish hisobiga ko‘p ukladli iqti-sodiyotni vujudga keltirish;
3) kichik biznesni, xususiy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish;
4) tadbirkorlikni rivojlantirish (Karimov I.A. Asarlar. T.6, 162-178-betlar).
Forobiy fikriga ko‘ra, haqiqiy baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam qiluvchi kishilarni birlashtirgan jamiyat fozil jamiyatdir.48 Forobiy «Aflotun qonunlari mohiyati» asarida fozil jamiyat konsepsiyasini bayon qilishni qonunlar haqida fikr yuritishdan boshlaydi. Uning fikriga ko‘ra, insonning xavfsiz yashashi uchun birgina farovonlikning o‘zi yetishmaydi. Inson jasorati esa tashqi urushdagi jasorat emas, balki odamlarning o‘z illatlari ustidan g‘olib kelib, tinchlikni ta'minlashlaridir.49 Demak, insonlaning o‘zaro munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan haraka-tidan farovon jamiyat sari intilishning ilk bosqichi kelib chiqadi.
Demokratik tamoyillarga asoslangan farovon hayot qurish g‘oyasi xalq hukumatga emas, hukumat xalqqa xizmat qilishini talab etadi. Lekin bunga erishish uchun demokratiyani yaratish, uni ijod qilish, unga ko‘nikish, u bilan yashash ko‘nikmalari, tajribasi, bir so‘z bilan aytganda demokratik madaniyat ham zarur. Demokratik jarayonlar tarixi shundan guvohlik beradiki, uni o‘rganishdagi eng oson yo‘l - taqlid,eng ishonchlisi - o‘rganish va eng achchig‘i - tajribadir.
Bizning bosh strategik maqsadimiz qat'iy va o‘zgarmas bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat. Mazkur strategik bosh maqsadlar quyidagi sohalar bo‘yicha belgilab berildi:
I. Siyosiy sohada: Ijtimoiy taraqqiyotning barcha sohalarini demok-ratlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, yangi ma'no-mazmun bilan boyitish, uning izchilligi va samarasini ta'minlash – dolzarb vazifadir.
1. Mamlakatimiz siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish.
2. Ko‘ppartiyaviylik muhitini qaror toptirish.
3. Nodavlat tuzilmalar, hukumatga qarashli bo‘lmagan va jamoat tashkilotlarining, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish. Odamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati, siyosiy faolligi yuksalib borgan sari, davlat vazifalarini nodavlat tuzilmalar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkazib borish zarur.
4. Jamiyatda fikrlar xilma-xilligi va qarashlar rang-barangligi, ularni erkin ifoda etish sharoitini ta'minlash.
5. Inson huquqlari va erkinliklarini, odamlarimiz ongida demokratik qadriyatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish.