Binobarin, ular hayotdagi ma'lum bir mafkuraga tayanadi. Inson tafakkuri voqyelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar va ta'limotlar yaratadi. Binobarin, g‘oyalar ham inson tafakkurining mahsulidir. Lekin tafakkur yaratgan har qanday fikr yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai nazar g‘oya bo‘la olmaydi. Faqat eng kuchli, ta'sirchan, zalvorli fikrlargina g‘oya bo‘la olishi mumkin.
Foyalarning xilma-xil turlari mavjud. Olamning vujudga kelish, mavjudlik qonuniyatlari, uning asosini nima tashkil etgani kabi masalalarni falsafiy talqin etish natijasida monizm, dualizm, plyuralizm, idealizm va materializm singari oqimlar vujudga kelgan.
2.4-chizma.
Foya va mafkura tushunchalarining falsafiy shakllari va ko‘rinishlari