4.4. Gruntlarning siljishga qarshiligi
Inshootlar ta‘sir zonasidagi gruntlarning bo’zilishi yoki ustivorligining yo’qotilishi, asosan ular qismlarining bir-biriga nisbatan siljishi natijasida sodir bo’ladi. Tug’on tanasi qismlarining siljishi, suv omborlar, daryolar va kanallar qirg’oqlarining yemirilishi, inshootlarning keskin cho’kishi va shunga o’xshash xodisalar bunga misol bo’la oladi.
Ma‘lumki, siljish darajasi grunt qatlamlarida (kesimlarida) hosil bo’ladigan urinma kuchlanishlar miqdoriga bog’liqdir. Gruntning qandaydir bir tekisligidagi urinma kuchlanishlar uning siljishga chegaraviy qarshiligi с erishsa, u holda, ushbu tekislik bo’yicha grunt qismlarining o’zaro siljishi ruy beradi.
Gruntlarning siljishga chegaraviy qarshiligini (siljituvchi urinma kuchlanishlar qiymatini) baholash grunt namunalarini laboratoriya ustaxonasida yoki gruntni bevosita dala sharoitida sinash orqali amalga oshiriladi. Laboratoriya ustaxonalarida siljish ko’rsatkichlari grunt namunalarini biror tekislik bo’yicha qirqish (tekis siljitish), uch yo’nalishda siqish, qanotli (parrakli) tsilindrlar yordamida qirqish, shar yoki konussimon sirtli bikr shtamplarni gruntga botirish va boshqa usullar bilan sinash yordamida o’rnatiladi.
4.5- rasmda amaliyotda eng ko’p ishlatiladigan tekislik bo’yicha siljituvchi (qirquvchi) asbobning sxemasi ko’rsatilgan. Sinash jarayonida, tsilindr shaklidagi grunt namunasi ustiga vertikal N yuk quyiladi. So’ngra, asbobning harakatlanuvchi xalqasiga pog’onama-pog’ona oshib boruvchi siljituvchi T kuchlar ta‘sir ettiriladi. Sinov aniq siljish sodir bo’lgunga qadar, gorizontal T kuchni oshirib borish hisobiga davom ettiriladi. Tajribalar N kuchning boshqa o’zgarmas qiymatlarida ham yuqoridagi tartibda kamida uch marta o’tkaziladi. Bunda, har bir sinovdagi gruntni zichlovchi bosim:
p = N / A , (4.18)
bu yerda A – siljish tekisligining yuzasi.
4.5 – rasm. Gruntlarni tekis qirquvchi qurilma yordamida siljishga sinash:
1 – grunt namunasi; 2 – filtr; 3 – taglik; 4 – harakatlanmaydigan xalqa;
5 – harakatlanadigan xalqa; 6 – porshen; 7 – siljishni o’lchovchi indikator
Gruntning siljishga chegaraviy qarshiligi, har bir sinovda o’rnatilgan siljituvchi T kuchlarni siljish tekisligi yuzasi A ga bo’lib aniqlanadi:
с = T/A . (4.19)
Sinov natijalari bo’yicha с = f (p) bog’lanishining grafigi quriladi (4.6 – rasm).
Dostları ilə paylaş: |