Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Binolarning konstruktiv tiplari, fazoviy bikirligi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə6/31
tarix29.04.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#104728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
geodeziya kafedrasi

Binolarning konstruktiv tiplari,
fazoviy bikirligi


Binoning ko'tarib turuvchi konstruksiyalari: poydevorlari, devor­lari, kolonnalari, orayopmalari fazoda bir-biri bilan bog'lanib, binoning ko'tarib turuvchi ostovini hosil qiladi.


Ostov ko'tarib turuvchi elementlarining fazoda qanday joylash­ganligiga qarab binolarning quyidagi konstruktiv tiplari farq qilinadi:
karkassiz (ko'tarib turuvchi devorli) binolar o'zaro bog'lan­gan tashqi devorlar va qavatlararo yopmadan tashkil topgan bikir va mustahkam korobkadan iborat (4-rasm, a). Binoning tashqi va ichki devorlari orayopmalar hamda tomning nagruzkasini qabul qiladi. Turar joylar, maktablar va boshqa jamoat binolari qurilishida ana shu konstruktiv tip keng tarqalgan;



4-rasm. Binolarning konstruktiv turlari: a - karkassiz bino; b - karkasli bino; v - nimkarkas; 1 - lentasimon poydevor; 2 - ko'tarib turuvchi tashqi devor; 3 - qavatlararo orayopma; 4 - orayopma paneli; 5 - ko'tarib turuvi ichki devor; 6 - kolonnalar; 7 - ustunli poydevor; 8 - o'zini ko'tarib turuvchi tashqi devor; 9 - xari.

a)

b)

v)

karkasli binolar. Karkas (4-rasm, b) deb ataluvchi fazoviy sistema kolonnalar, kranosti to'sinlari, sarrov (stropil) va sarrovosti fermalari­dan yoki kolonnalar, xarilar hamda orayopma plitalaridan tashkil topgan bo'lib, binoga ta'sir ko'rsatadigan barcha nagruzkani qabul qiladi. Karkasli binoning konstruksiyasi vazifasiga qarab bir-biridan ajralib turadi (ko'tarib turuvchi va himoyalovchi konstruksiyalar):
yarim karkasli bino (4-rasm, v). Bu tipdagi binolarda ichki karkas bilan birgalikda tashqi devorlar ham orayopma va tomdan tushadigan nagruzkani qabul qiladi.
Har bir konstruktiv tipdagi binoning bir necha konstruktiv sxemasi bo'ladi; bu sxemalar ko'tarib turuvchi elementlarning joylashiщi va o'zaro bog'lanishi bilan farq qiladi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin