O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta
maxsus ta'lim vazirligi
Mirzo Ulug'bek nomidagi
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti
"GEODEZIYA" kafedrasi
«Bosishga ruxsat etaman»
O'quv ishlari bo'yicha prorektor, professor Soatov O'.A. _____________
«____» _________ 2006 y.
|
|
SamDAQI IO'Ki o'quv-uslubiy adabiyotlar nashr qilish seksiyasida tasdiqlangan. Bayonnoma № _
«____» _________ 2006 y.
|
Bino va inshootlarning
konstruktiv qismlari
«geodeziya» va «Yer tuzish va yer kadastri» mutaxassisliklari uchun
metodik ko'rsatma
Samarqand – 2006 yil
Bino va inshootlarning konstruktiv qismlari
Tuzuvchilar: U. Mardonov
A. Oxunjanov
T. Qosimov
Taqrizchilar: Matyazov S.M., «Bino va inshootlar me'morchiligi» kafedrasi dotsenti,
Murodullayev N. «Yer tuzish va yer kadastri» kafedrasi mudiri t.f.n., dotsent
Chiqish belgilari:
Sam DAQI Buyurtma № _____
Qog'oz bichimi A4, hajmi 3,5 b.t.,
50 nusxada.
KIRISH
Kapital qurilish xalq xo'jaligining muhim tarmog'i bo'lib, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlariga mo'ljallangan asosiy fondlarni kengaytirilgan tarzda takror ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Kapital qurilishning asosiy vazifasi fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish hamda uy-joy binolari, kommunal-maishiy va sotsial-madaniy maqsadlarga mo'ljallangan obyektlar qurish negizida mamlakatimizning ishlab chiqarish potensialini yuksaltirishdan iborat.
G'isht terish va yig'ma temir-beton konstruksiyalarni montaj qilish qurilish-montaj ishlari umumiy hajmining katta qismini tashkil etadiki, bu ishlarni bajarish uchun malakali ishchi kadrlar kerak bo'ladi. Hozirgi ishchilar o'z mahoratlarini doimo takomillashtira borishlari va nazariy bilimlarini orttirishlari lozim, chunki mehnat unumdorligini oshirishning asosiy sharti ana shudir.
G'isht teruvchi-montajchilar ushbu uslubiy ko'rsatmadan g'isht terish va montaj ishlarini bajarish haqidagi umumlashtirilgan ma'lumotlarni topa oladilar; bu ma'lumotlar industrial qurilishda kuzatilayotgan an'analarni va ilg'or tajribalarni hisobga olgan holda, yagona tarif - ixtisos spravochnigida belgilangan hajmda bayon etilgan.
Dostları ilə paylaş: |