Œзбекистон республикаси олий ва œрта


- mavzu: O’ZBEKISTON TARIXI FANINING PREDMETI, NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI VA UNI O’RGANISHNING AHAMIYATI



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə2/25
tarix22.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#119417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
узбек т. маъруза А.А.Э. Yu Ergasheva

1- mavzu: O’ZBEKISTON TARIXI FANINING PREDMETI, NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI VA UNI O’RGANISHNING AHAMIYATI.


Reja:
1. O’zbekiston tarixining fan sifatidagi o’rni. Uning predmeti va o’rganish ob‘ekti.
2. O’zbekiston tarixini o’rganishning nazariy metodologik asoslari va tamoyillari.
3. O’zbekiston tarixini davrlashtirish. Uni o’rganishda tarixiy manbalarning o’rni va ahamiyati.
4. O’zbekiston tarixi fanini o’rganishning har tomonlama yetuk insonni tarbiyalashdagi axamiyati.
Adabiyotlar:
7,8,9,10,64,75,96,102.


Tayanch tushunchalar:Fanning predmeti va dolzarb muammolari, moddiy va yozma manbalar, davlatchilik, xolislik, ilmiylik, diolektik uslub, jaxon tarixi bilan bog’liqligi, insonparvarlik, qadimgi davr, o’rta asrlar davri va yangi davr, zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto», komil inson tushunchasi, Ўzbekiston tarixini yangicha tamoyillar asosiyda ўrganish.
1.XX asrning mamlakatimiz xalqlari uchun bergan eng buyuk va olijanob ne‘mati bu O’zbekiston milliy davlat mustaqilligining qo’lga kiritilganidir. Chunki mustamlakachilik zulmi va muteligidan ozod bo’lish, tom ma‘nodagi istiqlol- mustaqillikka erishish xalqimizning uzoq yillardan beri kutgan ezgu armoni va orzusi. Bu maqsad yo’lida millatning ming-minglab farzandlari o’z jonlarini qurbon qildilar. O’zbekistonning milliy davlat mustaqilligi, xalqimizning xur, erkin ozod yashab, o’z taqdirini o’zi xal qilishdek buyuk baxt bugungi avlod vakillariga nasib etdi. Ammo ko’lga kiritilgan milliy davlat mustaqilligmizni saqlab qolish, uni siyosiy va iqtisodiy jihatdan yanada mustahkamlash va kelajagi buyuk davlatni barpo qilish mislsiz darajada murakkab va sharafli vazifadir.Bu vazifaning qay darajada bajarilishi mamlakatimiz fuqarolarining ijtimoiy-siyosiy saviyasi. milliy istiqlol mafkurasining nechog’lik ular ongida shakllanib. xayotiy dunyo qarashiga aylanishi bilan mushtarakdir. Bu ulug’vor vazifani hal etishda mamlakatimizdagi bilim maskanlari bilan bir qatorda oliy o’quv yurtlari ham hal qiluvchi o’rinlardan birini egallaydi.
Mustaqillik sharofati bilan ta‘limning barcha bosqichlarida bo’lganidek, O’zbekiston tarixini o’rganish, uni o’qitishga bo’lgan munosabat oliy o’quv yurtlarida ham tubdan o’zgardi. Ma‘lumki, mamlakatimiz oliy o’quv yurtlarida, qaysi yo’nalishdagi mutaxassislar tayyorlanishidan qat‘iy nazar, bir turkum ijtimoiy- gumanitar fanlar o’qitiladi. Shu fanlar orasida O’zbekiston tarixi fani o’ziga xos aloxida o’rinni egallaydi.
O’zbekiston tarixi fani oliy o’quv yurtlarida o’qitiladigan ijtimoiy-gumanitar fanlar orasida o’zining jamiyat hayotida tutgan o’rni va mavqeiga ko’ra asosiy va yetakchi fanlardan hisoblanadi. Shu boisdan ham bu Vatan tarixining ibtidosi-o’lkashunoslik ekanligini e‘tiborga olgan xolda oliy o’quv yurtlarining barcha mutaxassisliklarida, qaysi kasb-hunarni egallashidan qat‘iy nazar, bir hajmdagi ( 80 soat) soatlarda o’qitilmoqda.Bu, o’z navbatida, O’zbekiston tarixi fani oldiga qo’yilgan bir qator muhim vazifalarni bajarish bilan bog’liqdir. Xususan:
Birinchidan, O’zbekiston tarixi fani yoshlar ongida siyosiy, nazariy -ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Voqea va xodisalarga tarixiy nuqtai nazardan yondoshadigan har tomonlama yetuk, barkamol insonni tarbiyalashda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi;
Ikkinchidan, O’zbekiston tarixi mustaqil O’zbekiston yoshlar ongida milliy vijdonni uyg’otib, uning shakllanishiga ko’maklashadi. Yoshlar ajdodlarimizning taraqqiyot yo’lini. tarixiy tajribalarni o’qib o’rganganlaridagini ularning ongida istiqlol tafakkuri, xozirgi ijtimoiy- siyosiy. Iqtisodiy va madaniy-ma‘rifiy turmushni o’tmish bilan taqqoslash va kelajakka nazar solish tuyg’usi shakllanadi;
Uchinchidan, O’zbekiston tarixi fani yoshlarni Ona Vatanga mehr- sadoqat hamda xarbiy vatanparvarlik an‘analari ruhida tarbiyalash vositasi hisoblanadi;
To’rtinchidan, O’zbekiston tarixi fani yoshlarimizni baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash quroli xamdir. Yoshlarimiz bu fanni o’qish, o’rganish va mutolaa qilish jarayonida O’zbekiston jaxon hamjamiyatining ajralmas tarkibiy qismi va bir bo’lagi ekanligini tushunib oladilar, o’zbek xalqi va buyuk allomalarimizning fan va madaniyat arboblarimizning jahon taraqqiyoti va tsivilizatsiyasiga qo’shgan va qo’shayotgan munosib xissasi bilan qonuniy ravishda faxrlanadilar.
Va nixoyat, Beshinchidan, O’zbekiston tarixi fani yosh avlodni o’zbek xalqining milliy qadriyatlari va axloqiy fazilatlari: halollik, poklik, odillik, adolatlilik, insonparvarlik, rostgo’ylik, mexnatsevarlik va kamtarinlik, iymon va e‘tiqodlilik sabr-toqat va chidamlilik ruhida tarbiyalashda, Vatan va xalq oldidagi barcha sadoqatlilikni qaror toptirishda oliyjanob vazifani bajaradi.
“O’zbekiston tarixi” fani dunyodagi eng qadimiy va boy tarixga ega bo’lgan o’zbek xalqining qariyb 3 ming yillik tarixiy, ijtimoiy -iqtisodiy va madaniy taraqqiyotni o’rgatuvchi fandir. Markaziy Osiyoda, jumladan O’zbekistonda yashab kelayotgan xalqlar jaxon fani va madaniyati xazinasiga munosib xissa qo’shib kelmoqdalar. O’zbek xalqi Markaziy Osiyodagi barcha xalqlar qatorida doimo erkinlik, xo’rlik, ozodlik va mustaqillik uchun mustamlakachilar va yot kelgindilarga qarshi kurash olib borgan va shu jixatdan u o’zining inqilobiy an‘analariga egadir.
O’z xalqimiz, o’z ona yurtimiz, o’z tuprog’imiz tarixini, o’tmishimizni chuqur anglashimizdan asosiy maqsad nima?
Avvalombor, bugungi O’zbekiston jaxon xaritasida paydo bo’lgan tasodifiy mamlakat emasligini , ildizlari nixoyatda chuqur va qadimiy ekanligini dunyoga ko’rsatishdir;
Ikkinchidan, sobiq sho’ro siyosati va kommunistik mafkura tazyiqi bilan soxtalashtirilgan tarixni o’z o’rniga qo’yish, tarix va hayot xaqiqatini ilmiy xaqiqat asosida qayta tiklash;
Uchinchidan, shu asosda xalqimiz, ayniqsa yosh navqiron avlodimiz qalbida milliy g’urur, milliy iftixor, o’z ajdodlari bilan faxrlanish tuyg’ularini kuchaytirish, buyuk o’tmishga munosib buyuk millat bo’lish, ertangi kunga katta ishonch va istiqlolga e‘tiqod bilan yashashni turmush tarziga aylantirish.
Tarix, donishmandlar aytganday, ulug’ murabbiydir. U yuz bergan hodisalar mohiyatidan kelib chiqib saboq beradi. Hayotda sarakni-sarakka, puchakni-puchakka ajratishga da‘vat etadi. Agar tarixga shunchaki vokealar bayoni, hodisalar tafsiloti sifatida qaralsa, uning murabbiylik ahamiyati yo’qoladi. Nursiz, haroratsiz, jozibasiz, kishi ruhiyatiga ta‘sir etmaydigan bir narsaga aylanadi.
Tarix - tafakkur mahsuli. Utmishimizda yuz bergan har bir hodisa ma‘lum ma‘naviy- ruhiy, ijtimoiy-siyosiy muhit ta‘sirida yuz bergan. Yaxshilik - yomonlik, ezgulik yoki yovuzlikmi, bundan kat‘i nazar, har qanday hodisa o’z davri kishilarning qalbi, ongi, shuuri, ma‘naviy qudrati mahsulidir. Demak, unga nazar solganda, asrlar silsilasini varaqlaganda alohida hayajon, alohida intiqlik va zukkolik bilan qarash kerakki, vokealar zamiridagi mantiq, falsafa, ruhiyat, siyosat, quyingki, har davrning o’ziga xos shukuhi-yu tashvishlari, sevinchu iztiroblari yaxlitligi ko’zga yaqqol tashlansin. Ongimiz va shuurimizga mustahkamrok ўrnashsin. Ana shunda tarix kishini fikrlashga ўtmishni belgilashga yordam beradi. Tarixning tafakkur maxsuli va ulug’ murabbiyligi, oliy qadriyat ekanligini ana shu bilan belgilanadi.
O’zbekiston tarixini yaratish va uni ўrganish kўp jixatdan tўg’ri, nazariy va metodologik asoslarning ishlab chiqilishiga, ularning amaliy hayotga tadbiq etilishiga bog’liq. Tarixiy voqealarni ўrganishda puxta va chuqur ishlab chiqilgan ilmiy- nazariy, metodologik asoslarga tayanishning ahamiyati juda katta.
Afsuski, sovetlar davrida tarixni ўrganish va ўqitish ishlari marksistik metodologiyaga bўysundirildi. Har voqeani yoritishda komfirqa mafkuraviyligi, partiyaviylik. sinfiylik nuqtai nazardan yondoshildi. Mamlakat, butun bir xalq tarixi ikkiga-ekspluatator va ekspluatatsiya qilinuvchilar, quldorlar va qullar, feodallar va qaram dehqonlar, burjuaziya va yellanma ishchilar, boylar va kambag’allar, mulkdorlar va mulksizlar tarixiga bўlindi. Boylar va mulkdorlar, ular orasidan chiqqan beklar, amirlar, xonlar, davlat arboblari, ruhoniylar qoralandi, nomlari badnom qilindi.
Tarixiy voqealar jamiyat a‘zolarining qismi kambag’allar va unsillarni himoya qilgan holda, ularning manfaatiga bўysindirilgan holda yeritildi. Din, diniy qadriyatlar qoralandi, insonlarning diniy etiqodlari oyoqosti qilindi, ruxoniylar quvg’in ostiga olindi. Buyuk olimlar, allomalar, ma‘rifatparvar shoiru - ulamolar, yozuvchilar ikkiga - materialistlar va idealistlarga bўlindi. Ulardan u yoki bu dinga e‘tiqod qilganlari idealist deb ataldi va shuning uchungina ta‘kib etildi, ularning faoliyatini ўrganish ta‘qiqlandi, ўzlari taxqirlandilar, asarlari xalqdan yashirildi, yўqotib yuborildi. Oqibatda kўpgina tarixiy voqea- xodisalar soxtalashtirildi, ўtmish qoralandi, ma‘naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz haqoratlandi. Yosh avlodga ularni jirkanch illat, xurofot, eskilik sarqitlari, deb ўrgatildi. Tarix faqat jangu-jadal, urushlardan iboratdek qilib kўrsatildi. Xalqimiz tarixining bu qadar soxtalashtirilishiga faqat marksistik metodologiyaning yaroqsizligini aybdor deyish kifoya qilmaydi, albatta. Bu borada mamlakatda xukmron bўlgan totalitar tuzumning salbiy roli katta bўldi. Tarix esa totalitar tuzum xizmatchilariga , targ’ibotchi va himoyachisiga, kommunistik mafkura dumiga aylantirilgan edi. O’zbekiston tarixini ўrganishning bir qator ilmiy - nazariy va metodologik asoslar mavjud bўlib, ular chukur ilmiylik, rostguylik, tarixiylik, izchillik, rostguylik, xaqqoniylik va boshqalardan iborat. Bu kabi nazariy-metodologik asoslar tarixiy tasavvurni, tushuncha va xulosalarning ilmiy-amaliy va uslubiy jihatdan tўg’ri hosil qilinishiga poydevor bўlib xizmat qiladi, tarixni ўrganish va ўkitish jarayonida milliy istiqlol, vatanparvarlik,insonparvarlik, baynalmilallik kabi ulug’ fazilatlarni xalqimiz an‘analari, urf- odatlari, diniy e‘tiqodlari kabi milliy qadriyatlarni yoshlar ongiga chuqur singdirish, ularni e‘zozlash ustivor vazifalardan hisoblanadi. Shu bilan birga moziyga hurmat bilan qarash, milliy tiklanish tafakkuri,
davr va zamon bilan hamnafas bўlish, turli ijtimoiy tabaqalarga nisbatan tsivilizatsion
yondashuv ruhini yoshlar dunyoqarashida shakllantirish lozimdir. Kishilik jamiyatining tarixini,tarixiy voqea va hodisalarni ўrganishning muhim nazariy- metodolgik asoslaridan biri jamiyat taraqqiyoti qonunlarini ochib beruvchi dialektik metoddir. Insoniyat xayoti, jamiyat taraqqiyoti dialektik jarayondir. Dialektika amalda yagona va yaxlit,unda sodir bўladigan hodisalar, voqealar umumiy va bog’lanishda,uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqiyotda bўladi, deb ta‘lim beradi. Dialektika juda uzoq tarixga ega, uning bilish nazariyasi sifatida shakllanishi va rivojlanishida Geraklit, Aristotel, Muso al- Xorazmiy , Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy , Abu Ali Ibn Sino ,Ulug’bek, Dekart ,Spinoza , Gegel , Gertsen va boshqa olim va ma‘rifatparvarlarning xizmati kattadir.Ular tabiat, tarixiy va ma‘naviy dunyoni bir jarayon shaklida, ya‘ni ularni uzluksiz harakat qilib, ўzgarib, rivojlanib boradigan holda, taraqqiyotni ichki bog’lanishda olib ўrganish metodologiyasini yaratdilar. Har qanday fanni ўrganishda qўllaniladigan yagona dialektik qonuniyatga asoslangan usul, ya‘ni dialektik metod, O’zbekiston tarixini ўqitish va ўrganishda ham asosiy nazariy metodologiya hisoblanadi. O’zbekiston tarixi fani, boshqa ijtimoiy- gumanitar fanlar kabi, doimo harakatda bўlib, ўzgarib, rivojlanib, boyib boradi. Bu fanning yana shunday ўziga xos xususiyati borki, tarixiy fan bўlgani uchun ham, avvalombor, boshqa fanlarga qaraganda u tez va kўproq boyib boradi. Bir tomondan tariximizning ochilmagan "kurik"lari olimlarimizning ilmiy- tadqiqot ishlari natijasida ochilib, tўldirilib borilaversa, ikkinchi tomonidan, mamlakatimizda, jamiyatimiz ijtimoiy, iqtisodiy, ma‘naviy va madaniy sohalaridagi qўlga kiritilayotgan yutuqlar tariximiz saxifalarini kun sayin boyitaveradi. Dialektik metodologiya har qanday mamlakat tarixini jaxon xalqlari tarixi bilan bog’liq holda ўrganishni taqoza etadi. Negaki har bir xalq tarixida milliylik, ўziga xos betakror xususiyatlari bilan birga jaxon tarixi, butun insoniyat taraqqiyoti bilan umumiy bog’lanishdadir. Darhaqiqat, O’zbekiston tarixi avvalo Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, qolaversa Bashariyat tarixi bilan chambarchas bog’langan. Qadim zamonlardan yaqin yillargacha Vatanimiz Ўrta Osiyo mintaqasidagi kўpgina davlatlar bilan - Afg’oniston, Eron, Shimoliy Hindiston kabi mamlakatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bўlib keldi. Bu katta xududda yashovchi urug’, qabila, qavm, elatlar etnik jixatdan doimo ўzaro ta‘sir va aloqada bўlganlar, qўshilish jarayonini boshdan kechirganlar, ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy hayoti bir-birlari bilan uzviy bog’liq bўlgan. Shu sababli O’zbekiston tarixini qўshni mamlakatlar tarixi bilan bog’lab ўrganish taqoza etiladi. Qozokq qirg’iz, qoraqalpoq, turkman, tojik, fors,afg’on, hind, arab va boshqa xalqlar tarixini qanchalik yaxshi bilsak, u O’zbekiston xalqlari tarixini shunchalik chuqur, har tomonlama ўrganishga imkon yaratadi, kўmaklashadi. Tarixiy voqea va hodisalarni ўrganish, ularni tahlil etish va yoritishda xolisona, haqqoniy, adolatli yondoshuv muhim metodologik qoidadir. Xolislik qoidasini tarixiy voqea, hodisalarni ўrganayotganda ular bilan bog’liq buўgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun majmuini birga olib tekshirishni, xaqqoniy dalillarga asoslanishini talab qiladi. Ўzaro aloqada va munosabatda deb tekshirish lozimdir. Oldindan tўkilgan bir g’oyani, uydirmani oqlash darkor bўlsa, faktlar silsilasidan faqat ayrim, mos keladiganlarinigina saylab, tanlab olinishi "tajribasi" sir emas, albatta bunaqa xolatlar ham bўlgan. Lekin bunday yўl bilan chiqarilgan xulosa va baho xolisona, xaqqoniy bўlmay, u sўzsiz bir tomonlamalikka olib keladi.
Tarixni ўrganishda tarixiylik metodologiyasi muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi vokea va xodisalarni ўz davrining aniq tarixiy sharoitidan kelib chiqqan holda ўrganishni taqoza etadi. Voqea, xodisalarni ўrganishda tarixiy bog’lanish, tarixiy uzviylik, tarixiy rivojlanish jarayoni qoidalariga rioya qilmoq zarur. Har bir narsa, voqea va xodisani boshqa voqea, xodisalar bilan bog’lab ўrgangandagina mazkur voqea, hodisaning umumiy tarixiy jarayondagi uning tўg’ri aniqlash, belgilash mumkin bўladi. Har bir voqea, hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bir bўlagi deb qaramoq zarur. Har bir hodisa qanday tarixiy sharoitda, muhitda paydo bўlganligini bu xodisa ўz taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni ўtganligini, keyinchalik u qanday bўlib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining asosiy talabidir. Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai nazaridan turib baho bermoqchi bўlsak, birinchidan, u qachon, qanday sharoitda paydo bўldi, ikkinchidan, u ўz taraqqiyotida qanday bosqichlarni bosib ўtdi, uchinchidan, u hali ham mavjudligi, hozir qay ahvolda, qanday bўlib qoldi, degan savollarga aniq javob berish zarur bўladi. Tarixiylik metodologiyasi xalqning ўtmishiga, hozirgi zamon va kelajagiga yagona tabiiy tarixiy jarayon deb, ўtmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon esa kelajakni yaratadi, degan taraqqiyot qonuni asosida qaraydi. Insoniyat ana shunday umumiy yўldan borayotgan ekan, istiqbolda porloq hayot, turmush qurmoqchi bўlgan avlod tarix fani orqali ўz ўtmishini yaxshi bilmog’i lozim. Ўtmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab yetsak hozirgi zamonni, mustaqilligimiz mazmunini shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni tўg’ri tasavvur etamiz. Ўz navbatida hozirgi zamonni, bugungi avlodning bunyodkorlik faoliyatini tўg’ri idrok etilsa, bu ўtmishni, tariximizni yanada chuqurroq anglashga kўmaklashadi.
Tarixiylik metodologiyasining tarkibiga uzviylik va davriylik kiradi. Tarixiy fan bўlgani uchun ham O’zbekiston tarixi fanini ўrgatish va ўqitish jarayonida tarixiy uzviylik va davriylik qoidasiga rioya qilish alohida ahamiyat kashf etadi. Insoniyat taraqqiyotining ma‘lum bosqichida urug’chilik tuzumi yemirilib, xususiy mulkchilik kelib chiqqach, urug’ jamolari turli ijtimoiy tabaqalarga bўulingach, tarixiy voqea va xodisalar ana shu tabaqalarning manfaati bilan bog’liq holda kechadigan, har bir ijtimoiy tabaqa ўz manfaati nuqtai nazaridan harkat qiladigan, ularning manfaati bir-biri bilan tўqnashadigan, g’alayonlar, qўzg’olonlar kўtariladigan bulib koldi. Bunday vaziyatda sodir bўlgan voqea va hodisalarni, tarixiy jarayonni ўrganishda ijtimoiy yondoshuv printsipiga rioya qilish zarur bўladi. Bu ijtimoiy yondoshuv metodologiyasi bўlib, tarixiy jarayonlarni, aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini hisobga olgan holda ўrganishni taqoza etadi.
Tarixni ўrganishda ijtimoiy yendoshuv qoidasiga amal qilish davlat arboblarining, siyosiy kuchlar, partiyalar, turli uyushmalar, ular yўlboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga kўrsatgan ijobiy yoki salbiy ta‘sirini, jamiyatni u yoki bu yўldan rivojlanishidagi ўrni va rolini tўg’ri aniqlashga olib keladi va muhim ahamiyatga egadir.
Mamlakatimiz tarixini ўrganishda milliy qadriyatlar xalq an‘analari va urf-odatlari, din, islom dini tarixini, odamlarning diniy e‘tiqodlari, diniy ta‘limotlar va ularning asoschilari faoliyatini taxlil qilishga, ularni yoritishga tsivilizatsion munosabatda bўlib, hurmat qilish, e‘zozlash nuqtai nazaridan yendoshmoq kerak. Hayot xalqning necha ming yillar davomida yaratgan ma‘naviy madaniyatini, axloqiy mezonlarini ikkiga-ekspluatatorlik madaniyati va axloqi hamda ekspluatatsiya qilinuvchilar madaniyati va axloqqa bўlish va birinchisini qoralashdan iborat lenincha yўriqnomaning naqadar zararli ekanligini kўrsatdi. Ma‘naviy merosga bunday yondoshuv ma‘naviy qashshoqlanishga, milliy qadriyatlarning, urf-odatlarning oyoqosti qilinishiga, kўpgina olimlarning badnom qilinishiga olib kelganligini hech qachon unitmaslik kerak.
Tarixni ўrganishda yuqorida qayd etilgan metodologik qoidalar bilan bir qatorda faktlarni taqqoslash, mantiqiy - qiyosiy xulosalar chiqarish, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlar ўtkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan ham keng foydalanish maqsadga muvofiq bўladi.
O’zbekiston tarixni ўrganish va yoritishda uning davrlarini ilmiy asosda tўg’ri belgilash katta ahamiyatga egadir. Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan O’zbekiston xalqlari, yer yuzining qator xududlaridagi xalqlar kabi ўz tarixida insoniy taraqqiyotida sodir bўlgan barcha ijtimoiy- iqtisodiy bosqich (formatsiya)larni bosib ўtgan emas. Bundan chiqadigan xulosa shuki,biz ўz tariximizni shu ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar asosida davrlashtirsak,tarixiy haqiqat soxtalashtirilgan bўladi. Shu sababdan biz ўz xalqimiz, Vatanimiz tarixini ўzbek davlatchiligi tarixi bilan chambarchas bog’lab davrlashtiramiz va ўrganamiz. Haqiqiy tarixiy jarayon nuqtai nazardan qarab, hech qanday "izm-izm" larsiz O’zbekiston tarixiga yondoshadigan bўlsak, uni quyidagi davrlarga bўlamiz:
1. Qadimgi davr-eng qadimgi zamonlardan milodiy V asrga qadar.
2.Ўrta asrlar davri- milodiy V asrdan X1X asr ўrtalariga qadar.
3. Yangi davr-X1X asrning ўrtalaridan hozirgi kunga qadar.
Tabiiyki bu katta davrlar bir necha bosqichlarga bўlinadi. Xususan, birinchi -kadimgi davr- Markaziy Osiyo xalqlarining ibtidoiy jamoa tuzumi, shu mintaqada dastlabki davlat tuzilmalarining, qadimgi (antik) davlatlarning tashkil topishi bosqichlardan iborat.
Ikkinchi-ўrta asrlar davri quyidagi bosqichlarga bўlinadi: 1). ilk ўrta asrlar- Markaziy Osiyo xududida yerga egalik munosabatlarining shakllanishi, eftalitlar davlati, Turk xoqonligining xukmronligi,arablar bosqini va islom dinining maxalliy xalq ma‘naviyatiga kirib kelishi bosqichi bўlib, U-USH asrlarni ўz ichiga oladi; 2) rivojlangan ўrta asrlar-Markaziy Osiyoda mustaqil markazlashgan davlatlarning vujudga kelishi (1X-X11 asrlar); 3). Amir Temur davlati va temuriylar davri ( X1U asrning ikkinchi yarmi -XU asr); 4). Ўzbek xonliklari davri ( XU1- X1X asrning birinchi yarmi);
Uchinchi, yangi davr ikki bosqichga bўlinadi.: 1). X1X asrning ўrtalaridan 1991 yil sentyabrga qadar bўlib, Chor Rossiyasining ўlkamizdagi mustamlakachiligi va sovetlar hokimiyatining istibdodi davri; 2). 1991 yil sentyabrdan - Mustaqil O’zbekistonning ўz istiqlol va taraqiyot bosqichi. Bu xalqimiz, mamlakatimiz tarixida eng yangi davr- bu Milliy Uyg’onish, Milliy yangilanish va Milliy Ўzligini Anglash tushunchalarini ўzida mujassam etgan Istiqlol davri. Jonajon O’zbekistonimizning mustaqillik davri tarixi endigini boshlandi, davom etaveradi!
O’zbekiston tarixi fanini ўrganish uning manbalarini bilish, ularga suyanish aloxida axamiyatga ega. Bunday manbalar nimalardan iborat? Tarixiy manba deganda, avvalambor, biz nimani tushunamiz?
Tarixiy manba deganda uzoq ўtmishdan qolgan, tabiat va jamiyatning ma‘lum bosqichdagi kechmishini ўzida aks ettirgan moddiy va ma‘naviy yodgorliklarni tushunamiz. Shu boisdan tarixiy manbalarni biz ikkiga bўlib ўrganamiz. Birinchisi, moddiy manbalar bўlib, unga kўuxna manzilgoh va mozorlar, shaharlar va qasrlar hamda qal‘alarning harobalari, ўsha joylardan topilgan ishlab chiqarish qurollari, uy-ruzg’or buyumlari, zeb-ziynat ashyolari , qadimgi sug’orish inshootlarining qoldiqlari, oltin, kumush va mis tangalar, shuningdek ibtidoiy odamlar va hayvonlarning qoya toshlarga ўyib ishlangan suratlari, umuman tosh va boshqa qattiq predmetlardagi yozuvlar kiradi. Ikkinchisi, ma‘naviy yodgorliklar bўlib, ular turkumiga uzoq ўtmishdan qolgan qўlyozma asarlar hamda odamlarning turish-turmushi va urf-odatlarini ўzida aks ettiruvchi materiallar, shuningdek kishilar ongida saqlanib qolgan urf-odat va an‘analar kiradi. Xullas, tabiat va jamiyatning kechmishi bilan bog’liq bўlgan har bir narsa tarixiy manba bўlishi mumkin, tabiat va jamiyat esa, bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir.
Tarixiy manbalar inson ijtimoiy faoliyati natijasida paydo bўlgan, shuning uchun ham ijtimoiy hayotning hamma tomonlari va bўlib ўtgan xodisalarni ўzida aks ettiradi. Shuning uchun ham qadimiy odamlarning turish -turmushi va ijtimoiy faoliyati qay tarzda kechganligini tarixiy manbasiz bilib va ўrganib bўlmaydi. Moddiy (ashyoviy) manbalar tarkibiga nimalar kirishini biz yuqorida qayd etdik. Moddiy yodgorliklarni qidirib topish va ўrganish ishlari bilan arxeologiya ilmi (yunoncha; arxeo- qadimiy, logos-ilm) kishilik jamiyatining uzoq ўtmishni ўrganuvchi ilmdir.
Xalqlarning kelib chiqishi bilan bog’liq bўlgan material va ma‘lumotlar, masalan, xalq, qabila va urug’ nomlari, inson qўli va aql-zakovoti bilan yaratilgan qurol va buyumlardagi naqsh va bezaklar, kishilar ongida, shuningdek og’zaki va yozma adabiyotda
saqlanib qolgan ўtmish sarqitlari (urf-odat,rasm-rusum va an‘analar) kishilarning turmush tarzi etnografik manba hisoblanadi. Bularning barchasini etnografiya (grek. etnos- xalq, grapxo- yozaman xalq haqida / ilmi tekshiradi va ўrganadi.
Tilimizda, aniqrog’i uning leksik tarkibida uchraydigan, uzoq ўtmishdan qolgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘muriy, yuridik atamalar, joy hamda xalq, urug’, qabila nomlari va shunga ўxshash atamalar shubhasiz qimmatli material bўlib, ajdodlarimizning ijtimoiy-siesiy xaetini ўrganishga yordam beradi. Ularning kelib chiqishini va etimologiyasini lingvistika (lotin.lingua-til) fani ўrganadi.
Og’zaki adabiyot madaniyatning eng qadimgi sohalaridan bўlib, uning ildizi ibtidoiy jamoa va ilk feodalizm tuzumiga borib taqaladi. Yozma adabietdan avval paydo bўlgan xalq og’zaki ijodining durdonalari kishilarning turish-turmushi, ma‘naviy qiyofasi, urf- odati, ayniqsa uzoq ўtmishda xukm surgan ijtimoiy munosabatlar xakida kimmatli ma‘lumotlar beradi. Tarixiy manbalarning bu turi bilan folklor(nem.folk-xalk,lore- bilim;xalk donoligi) fani shugullanadi.
Tarixiy manbalarning muxim va asosiy turi bu yezma manbalar xisoblanadi.Tarix fanini chukur urganish uchun bir kator yerdamchi soxalar, xususan, paleografiya, diplomatika,geraldika , epigrafika, numizmatika, metrologiya, xronologiya kabi soxalarning kulga kiritgan yuutklari xam katta yerdam beradi.
Endi biz bevosita O’zbekiston tarixi fanini urganishdagi asosiy tarixiy manbalarga tuxtaydigan bulsak, birinchidan, bu eng asosiy va muxim tarixiy manba zardushtiylik dinining mukaddas kitobi- " Avesto" xisoblanadi. " Avesto"da nafakat zardushtiylik (otashparastlik) dinining tamoyillari, konun-koidalari asoslab berilgan, balki unda kadimgi ajdodlarimizning boshkaruv tizimi, ijtimoiy turmushi, madaniy va ma‘naviy xaetiga oid ma‘lumotlar berilgan. Ikkinchidan, utmish ota- bobolarimiz koldirib ketgan va dunedagi juda kup xorijiy mamlakatlar, xususan Angliya, Frantsiya, Xitoy, Xindiston, Eron, Turkiya, Rossiya va O’zbekiston ning kutubxonalarida saklanaetgan boy va nodir kulezma asarlar. Shunday kulezmalar orasida podsho, shox ,xon , amirlar saroyida yashagan solnomachi va muarrixlarning yezib koldirgan asarlari goyat kimmatlidir. Uchinchi, va goyatda muxim manbalardan biri- shoiru-ezuvchilar, olimu-fuzalolarning koldirgan noeb asarlari Vatanimiz tarixini urganishda ajoyib va kimmatli ma‘lumotlarni beradi. Al-Xorazmiy,Axmad Fargoniy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino,Ulugbek, Ali Kushchi , Imom al-Buxoriy , Navoiy , Bobur , Mukimiy, Furkat va boshka kuplab allomalarning ijodlarida, ular yashagan tarixiy va madaniy-muxitga oid kimmatli fikr- xulosalar,tarixiy ma‘lumotlar mavjud.
Bundan tashkari O’zbekiston tarixi fanini urganishda xozirgi kunda mavjud bulgan ilmiy asarlar, kullanmalar, darsliklar, monografiyalar, risolalar, tuplamlar, xar xil muzeylarda, ayniksa ulkashunoslik muzeylarida saklanaetgan kurgazma zallari xujjatlari,arxeologik kazilma yedgorliklari, muzey- shaxarlar, tarixiy obidalar,kino, foto xujjatlar va xokazolar muxim va kimmatli manba bulib xizmat kiladi.
.



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin