Kurs ishi fan mavzulariga taalluqli masalalar yuzasidan talabalarga yakka tartibda tegishli topshiriq shaklida beriladi. Kurs ishining hajmi, rasmiylashtirish shakli, baholash mezonlari ishchi fan dasturida va tegishli kafedra tomonidan belgilanadi. Kurs ishini bajarish talabalarda fanga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qilishi kerak.
Kurs ishi talabalarni mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirib, ushbu fandan olgan tushuncha va ta’riflar, texnologik jarayonlarni zamonaviy avtomatlashtirilgan boshqarish usullari asosida loyixalash haqidagi bilimlarini mustahkamlaydi.
Kurs ishi mavzulari bevosita talabaning dissertatsiya ishi mavzusi bilan bog‘liq bo‘lib, talabaning o‘z dissertatsiya ishidagi tadqiq qilinayotgan obekt misolida boshqaruv sistemalarini konseptual va matematik modellarini qurish va qurilgan modellar yordamida bu sistemani tahlil qilishdan iborat. Kurs ishida quyidagi masalalar yechiladi:
Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini qurish va uni ishlash tamoyillari o‘rganiladi;
Texnologik boshqaruv obektini informatsion va matematik modellari quriladi;
Loyihalashtirilayotgan texnologik obektni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini axborot, texnika va dasturiy ta’minotlari yaratiladi;
Texnologik obektni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini hisob-kitoblari amalga oshiriladi;
Qurilgan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini samaradorligi aniqlanadi;
Bajarilgan kurs ishini tushuntirish xati va chizmalari tayyorlanadi.