‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

6-yo’aalish. 
Fikrlashning kompyuter intellektual (tayanchi) 
yordami.
Fikrlashning kompyuter intellektual yordami motivlashtirilgan 
topshiriqlar, boshqotirma shaklidagi mashqlar, intellektual 
topshiriqlar asosida yuzaga kelgan g‘oyalami davom ettiradi va 
chuqurlashtiradi. Fikrlashning kompyuter intellektual yordamini 
qo‘llash kompyuter muhitining, ayniqsa, multimediyalar, interaktiv 
o‘zaro ta’sir vositalarining qo‘shimcha imkoniyatlaridan foyda- 
laniladi.
Fikrlashning kompyuter intellektual yordami bloki topshi- 
riqlarining avvalgi bloklar topshiriqlari bilan chambarchas bog‘liq 
bo‘lishi zanirligini esda tutish kerak. Hayotdagi aniq obyektlar 
ustida topshiriqlar bajarishdan virtual obyektlarga ko‘chirish, 
tashqi o‘rganishdan ichki o‘rganishga, ya’ni fikriy o‘rganishga olib 
keladi. Virtual muhitda o‘quvchining ko‘rish kanali haddan ziyod 
faollashadi, muammoning yechimini topishga bo‘lgan qiziqish va 
ehtiyoji faoliyatni kompyuter texnikasi bilan uyg‘unlashtiradi. 
Fikrlashning kompyuter intellektual yordamida topshiriqlar 
bajarish o‘quvchi tafakkurini, fikrlashi, diqqati, xotirasini rivoj­
lantiradi va qonuniyatlar haqidagi malakalari hosil bo‘lishiga 
imkoniyat yaratadi.
Kompyuter didaktik o‘yinlar mazmuniga qo‘yiladigan talablar 
quyidagicha:
1-talab. Kompyuter didaktik p‘yinlardan foydalamshda belgi- 
langan bosqichlarga qat’iy amal qilish kerak. Dastlab bolalar
218


«Boshqotirma» blokida tanish bo‘lgan obyektlar bilan ishlaydilar, 
o‘ynaydilar. Keyin ular notanish elementlar qo‘sliilgan obyektlar 
bilan, keyin notanish obyektlar bilan ishlaydilar.
2-taIab. Mazmunan ular ketma-ketlikda bolishi kerak.
Sodda topshiriqlardap murakkabga.
Aniq (konkret) dan mavhum (abstrakt)ga.
Kam hajmdan katta hajmga.
3-talab. Kompyuter didaktik o‘yinlar turli tipda bo‘Iadi: alohida 
qismli suratlarni yig‘ish, rangli mozaikalar, elementiardan 
konstruksiyalash, xotirani, diqqatni rivojiantiruvehi, qonuniyatlarni 
aniqlovohi, obyektlami klassifikatsiyalovchi va b.
4-talab. Topshiriq: yorqin rangli, bezatilishi tajowzkor bo’l- 
masligi kerak. Bezash ishlarida o‘rganilayotgan kursdagi mavjud 
materiallardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunday holatda 
o'rganish samarasi oshib, o‘quv material qo£shimcha mustah- 
kamlanadi.
5-talab. Ekranning maksimal toMaligi minimal tugmalami 
ishiatgan holatda amalga oshirilishi kerak.
6-talab. Qo ‘ llab-quvvatlovchi bolalar musiqasimng j o‘ rligining 
ta’minlanishi, zaruratda ulami o‘chirib qo‘yish imkoniyatining 
mavjudligi.
7-taiab. Topshiriqning ayrim bosqichlarini muvaffaqiyatli 
yakunlashda, rag‘batlantirish maqsadida qiziqarli kitoblar sovg‘a 
qilish lozim. Fikrlashning kompyuter intellektual yordamining 
psixologik asosi shundaki, dars jarayoniga virtual obyektlar 
ishtirokida topshiriqlar va mashqlami kiritish har xil shakl va 
turdagi fikrlash operatsiyalarining analiz va sintez qilinishiga olib 
keladi.Tavsiya etilayotgan o‘yinlar 
tizunli
differensiatsiyalangan 
bo‘lib, dastur materialini to‘liqroq o‘zlashtirish bilan birgalikda 
o‘quvchining ijtimoiy hayotga kirib borishi samaradorligim 
oshiradi. Ma’lumki, o‘quvchiga o‘z xulqini samarali tashkil etish 
uchun yangilikni qabul qilish va o‘zgarishlarga tayyorlik muhimdir. 
Yaratuvchanlik ruhidagi kompyuter o‘yinlar orqali go‘dak yangilik 
yaratuvchisiga aylanadi, uni o‘rab turgan olam luzilisliining 
ko£pgina yangi tomonlarmi o'zlashtiradi va o‘rganadi. Falsalaning
219


miqdor va sifat o‘zgarishlari, butun va qism birligi haqidagi 
qonuniyatlarini o‘zida kashf etadi.
N.M.Sechenov ta’kidlaganidek, mustaqil tushunish o‘z tushim- 
chalariga tanqidiy yondashuvni shakllantiradi, ya’ni o‘z ichki 
tushunchalarini tashqi muhitdan ayro holda tahlil qilish, taqqoslash 
imkonini beradi. Go‘dakning ongi uning ongli kompyuter virtualini 
vizual shaklda ko‘rsata oladi. Go‘dakning ongi uning ongli 
harakatlari bilan uyg‘unlikda rivojlanadi, ong uning harakatlariga 
asos sifatida sharoit yaratadi.
Refleksiya o‘zini anglashning yana bir xarakterli ko‘rinishi 
bo‘lib, u o‘z qarorlarining oqibatlarini ko*ra bilish va o‘zi 
boshqalaming xulq-atvori ustidan tizimli kuzatishni ta’minlaydi. 
Tafakkur va o‘zini anglashning uyg‘unligida mustaqil va maqsadga 
yo‘naltirilgan holda o‘z hulqini boshqarishdek muhim ijtimoiy 
samaraga eri shiladi .Kompyuter yordamida ishlash o‘quvchilaming 
fikrlashining yangi psixologik yoki ommaviy shakli bo‘lib, ta’lim 
sifatini va axborotlarni o‘zlashtirish tezligini oshirish imkonini 
beradi. Masalalaming yechimini topishdagi qiyinchiliklar yangicha 
usullarda yechimlami izlab topishni taqozo etadi. O'zgartirilgan 
sharoitlarda noodatiy qarorlar chiqarish qobiliyati shaxsning o‘z 
ustida ishlashini ta’minlaydi.
7-yo‘nalish. Rezyume.
Darsning bu qismi o‘qituvchi va o‘quvchi orasida aniq dars 
mavzusi bo‘yicha materiallar yuzasidan fikrini bilish va baholashda 
qarama-qarshi aloqa o‘matish imkonini beradi.
Har bir kreativ yo‘nalishning dars mazmuni va psixologik 
asosi quyida berilgan:
“Dars” tizimida tizimli tashkil etuvchi element bo‘lib, 
go‘dakning ijodiy potensialini yuqoriga ko‘taruvchi o‘quvchining 
ijodiy faoliyati ko‘zda tutiladi.
0 ‘qituvchi diqqatiga bunday mashg‘ulotlaming dastlabkisi 
shunisi bilan diqqatga sazovorki, u pedagog va sinf orasida ijodiy 
mikroiqlimni o‘zaro tushunish va ishonchni uyg‘otadi.Buning 
uchun o‘qituvchi darsni o‘yin shaklida qiziqarli tarzda o'quvchilar 
diqqatini bir faoliyatdan ikkinchisiga qaratib, istisnosiz barcha 
o'quvchilami faol izlanish faoliyatiga jalb qila bilishi kerak.
220


CO 

't
1. Kreativ ta’lim deb nimaga aytiladi?
2. Kreativ fa’limning mazmun mohiyati nimalardan iborat?
. Kreativlik va uning tashxislanishi haqida gapiring 
. Kreativ dars tuzilishiga misollar keltiring.
5. Kreativ dars yo‘nalishlarining mazmuni nimalardan 
iborat?

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin