‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


 ‘qituvchi о ‘qitish jarayonida huquqiy tarbiya masalalari va



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

0 ‘qituvchi о ‘qitish jarayonida huquqiy tarbiya masalalari va
uslublarnL..
0 ‘qituvchi o‘qitish jarayonida huquqiy tarbiya masalalarini hal 
qilishda bolalarning yoshini e’tiborda tutmog‘i joiz, hamda tarbiya 
muammolarini “markaziy tarmog‘i” ni aniqlashga harakat qilish 
zarur. Xususan, u shu tarzda o‘quvchining yoshiga qarab, (maktab, 
litsey, kollej, oliygoh, va hokazo). Huquqiy tarbiyaning shakl va 
uslublarini chuqurlashtirib borgani durust. 0 ‘qituvchining bor sa’y- 
harakati, o‘quvchi qalbida o‘z xatti-harakatiga nisbatan chuqur 
mas’uliyat hissini uyg‘otishdan iboratdir. Inchunun, huquqiy 
fanlarni o^rganish jarayoni uchta asosiy elementlaming uzviy 
bog‘liqligi bilan xarakterlanadi. Jumladan, bu o‘qituvichi faoliyati, 
o‘quvchilar sa’y-harakati va ta’lim mazmun-mohiyatidan iboratdir.
Xususan, buni shunday izohlash mumkin. Ushbu faoliyat 
huquqiy tarbiyaning maqsadlarga yo‘naltirilishi (bo‘ysundirilishi) 
va ulaming bilim olish jarayonida o4quvchilar yutuqlari natijalarida 
namoyon bo‘lishidir. Shu 
tarzda
huquqiy bilimlar (sistemasi) 
tizimlar qay tarzda singdirilganligi aniqlanadi hamda tinglovchi- 
larda huquqiy qarashlar va axloqiy e’tiqod mavzusini shakl- 
lantiradi.
286


7. Mehnat tarbiyasi
Har tomonlama yetuk, barkamol avlodni yetishtirishda mehnat 
tarbiyasining o‘mi beqiyosdir. Insonning kundalik turmush tarzi 
mehnat va faoliyati bUan bog‘Iiqdir. Shu sababli mehnat butun 
moddiy va ma’naviy boyliklaming ijtimoiy taraqqiyotining 
negizidir. Mehnat tarbiyasi shaxsni har tomonlama rivojlan- 
tirishning ajralmas qismidir. Shuningdek, bolaning har tomonlama 
shakllantirish vositasi, uning shaxs sifatda ulg‘ayish omili hamdir. 
Muntazam qilingan mehnat jarayonidagi bola o‘z aqlini. irodasini, 
hissiyotini, xarakterini rivojlantirishi mumkin.
Mehnat
- farovon va baxtli hayot kechirishning eng asosiy 
sharti bo‘lganligi sababli hamma insonlar uchun majburiydir.
Bolalami mehnatni sevish ruhida tarbiyalash-butun msoniyatni 
tarbiyalash demakdir. Shu boisdan yosh avlodni mehnatga to‘g‘ri 
munosabatda boiish ruhida tarbiyalash barcha ta’lim-tarbiya 
muassasalari faoliyatining asosiy negizi bo‘lib qolmoqda.
Pedagogikada yosh avlodni shakllantirishda mehnat tarbiyasi 
juda katta ro‘l o'ynashini ta’kidlab o‘tgan rus pedagogi K.D. 
Ushinskiy bunday deb yozgan edi: “Tarbiyaning o‘zi, agar u 
kishining baxtiyor bo‘lishini istar ekan, uni baxt uchun tarbiyalash 
kerak emas, balki turmush mehnatiga tayorlashi lozim”.
Mehnat faoliyati bolaning tevarak-atrofidagi muhitini, real 
buyumlami anglab, bilib olishning mustahkam vositasi boiib, unga 
nazariy bilimlami qo‘llanish imkoniyatini yaratib beradi, uning 
ongini hissiy tasawurlar bilan boyitish. Jumladan, mehnatning 
ijtimoiy axloqiy ahamiyatiga e’tibor berish, mehnat o ‘quvchining 
yoshi, hayot tajribasi va imkoniyatlariga mos bo‘lishi, mehnat 
faoliyatlari ijodiy harakatda bo‘lishi, o‘z vaqtida turli kasblar 
haqida ma’lumotlar berib borilishi, mehnat ahllari bilan doimo 
suhbat va uchrashuvlar tashkil qilish kabilar. Umuman olganda, 
mehnat tarbiyasi ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismidir. Mehnat 
tarbiyasining bosh g‘oyasi shaxsda mehnat faoliyatini tashkil etish, 
ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, ijtimoiy mehnatni qadrlash, 
mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash sanaladi. Insoniyat tomonidan 
yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar, ijtimoiy
287


taraqqiyot asosida, mehnat faoliyati natijasidir. Jamiyatda tashkil 
etiladigan mehnat tarbiyasi yosh avlodni mehnatsevarlik ruhida 
tarbiyalash, ulaming vatan ravnaqi, el-yurt farovonligi yo‘lida 
mehnat qilish, rivojlangan demokratik va huquqiy davlatni barpo 
etish jarayonida faol ishtirok etishga bo‘Igan qiziqishini uyg‘otish, 
yagona maqsad yo‘lida harakat qilishga tayyorlashdan iborat 
jarayonni o‘z ichiga oladi. Sharqning yetuk mutafakkirlari 
mehnatning shaxs kamoloti, shuningdek, jamiyat rivojidagi ro‘liga 
yuksak baho berishgan. Zero, mehnat insonning ham ruhan 
kamolotga yetishmi ta’minlaydi. Inson o‘z mehnati bilan moddiy 
va ma’naviy boyliklami yaratib berar ekan, ayni vaqtda uning o‘zi 
ham shaxs sifatida shakllanib boradi, chunki inson aksariyat 
hollarda o‘z mehnat faoliyati bilan ijtimoiy munosabatlar subyekti 
( ishtirokchisi )ga aylanadi. Shu bois insonni yoshligidanoq mehnat 
faoliyatiga jalb etish maqsadga muvofiqdir. Mustaqil har 
tomonlama kamolga yetgan barkamol shaxs uchun zarur bo‘lgan 
ma’naviyat qirralari iymon, e’tiqod, vatanparvarlik, insonga 
cheksiz muhabbat, do‘stlik, sadoqatlik, mehnatsevarlik, milliy 
g‘urur kabi fazilatlarini shakllantirish zarur.
Mehnat tarbiyasining mohiyati, maqsad va vazifalari. Mehnat 
tarbiyasi o‘quvchilarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, 
ularda mehnatga ongli mimosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy- 
foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllan- 
tirishga yocnaltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘Iib, ijtimoiy 
tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Mehnat 
tarbiyasini shunday tashkil etish kerakki, inson mehnat jarayoni va 
lining natijasidan qanoatlanishini tarkib toptirishga ko'maklashsin. 
Mehnat tarbiyasining provard maqsadi shaxs xarakterining asosiy 
xislati sifatida uning mehnatga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirishdir.
0 ‘quvchilaming ijtimoiy rivojlanishini ta’minlashda mehnat 
tarbiyasi muhim shartlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Uning amalga 
oshirilishi davlat tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy 
siyosat mazmuni bilan belgilanadi.
0 ‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllan- 
tirishning asosiy tamoyillari jamiyatda amalga oshirilayotgan 
ijtimoiy islohotlaming asosi sanaladi.
288


Hozirgi davrda texnika va texnologiyalar rivojianishini yuksak 
bosqichga ko‘tarish uchun ishlab chiqarishni keng ko‘lamda 
kompyuterlashtirish, iste’mol mahsulotlarini jahon standartlari 
darajasida ishlab chiqishni yolga qo‘yish talab etiimoqda.
Bularning barchasi yuksak inteliektual va jismoniy kaxnolotga 
ega bo'lish, ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy-texnikaviy va 
iqtisodiy asoslaridan to‘laqonli xabardor bo‘lish, mehnatga ongli, 
ijodiy munosabatda bo‘ladigan yoshlami tarbiyalashni taqozo 
etadi. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim muassasalarida mehnat ta’limi 
va tarbiyasini tashkil etishga nisbatan ulkan talablarai qo‘yadi.
Mehnat tarbiyasining maqsadi o‘quvchilarda mehnatga ongli 
munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo‘lida 
quyidagi vazifalami ijobiy hal etish maqsadga mu\rofiq:
- yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ulami 
zamonaviy ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga 
tayyorlash;
- o‘quvchilarda umumjamiyat manfaati yo‘lida mehnat qilish 
ehtiyojini hosil qilish;
- ulaming aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish;
- o‘quvchilaming mavjud bilim larini uzluksiz ravishda 
takomillashtirib borishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish;
- ularda mehnat ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish;
- o ‘quvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga 
intilish, tashkilotchilik, mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, 
ishni sifatli bajarish, moddiy boyliklarga ehtiyotkorona muno­
sabatda bo'lish, hayotiy faoliyat yo‘nalishini belgilash malakalarini 
shakllantirish;
- o‘quvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan 
holda ular yashab turgan hududlar ishlab chiqarish xususiyatlariga 
muvofiq kasblami egallashga bo‘lgan qiziqishni oshirish;
- o'quvchilami kasbga yo‘llash, ulami mehnat faoliyatimng 
barcha turlari, shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj 
mavjud bo‘lgan mutaxassisliklar bilan tanishtirish.
289


Mazkur vazifalar tizimida o‘quvchilami mehnatga psixologik 
va amaliy jihatdan tayyorlash ulaming qiziqish va qobiliyatlarini 
aniqlash orqali amalga oshiriladi.
Mehnat tarbiyasi o‘quvchilaming aqliy, ma’naviy-axloqiy, 
jismoniy va estetik tarbiyasi bilan o‘zaro bog‘liq holda yaxlit 
tizimda amalga oshiriladi. Chunonchi:
1. Aqliy tarbiya o‘quvchilar mehnat tarbiyasi, ulami kasbga 
tayyorlashning asosi sanaladi. Zero, mehnat - nazariy va amaliy 
bilimlami egallashga yordam beradi, bilim esa o‘z navbatida 
shaxsni mehnatga tayyorlashni takomillashtiradi. Mehnat tarbi­
yasining samaradorligi o‘quvchilami mehnat faoliyatiga tayyorlash 
jarayonida har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash vazifasi 
bilan belgilanadi.
2. Mehnat tarbiyasi axloqiy tarbiyaning asosiy vositasi 
hisoblanadi. Chunki mehnat faoliyati yordamida o‘quvchida 
mehnatsevarlik, intizomlilik, irodalilik, tashabbuskorlik, mustaqil 
harakat qilish kabi axloqiy xislatlar ham shakllanadi.
3. Mehnat tarbiyasi estetik tarbiya bilan mustahkam aloqada 
olib boriladi. Mehnat tarbiyasi mazmuniga estetik elementlami 
singdirish asosida uni amalga oshirish o'quvchilar mehnat tarbi- 
yasida katta ahamiyat kasb etadi. Mehnatda go'zallik va o‘z meh- 
natidan zavqlanish uning yanada samarali kechishiga yordam 
beradi.
Yuqoridagilarga asoslanib, o‘quvchilar mehnat tarbiyasida 
quyidagi mezonlami asos qilib olish maqsadga muvofiq. Bular:
- o‘quvchilar tomonidan mehnatning ijtimoiy ahamiyatini 
tushunilishi;
- ulaming ixtiyoriy ravishda mehnat qilishlari;
- ularda mehnat qilmay hayot kechiruvchilarga nisbatan nafrat 
uyg‘otish;
- o‘quvchilarda mehnat va mehnat ahliga hurmat tuyg'ularini 
qaror toptirish;
- ularda mehnatda javobgarlikni his etish tuyg‘usini tarbi­
yalash;
- ulaming mehnatga ongli munosabatda bo‘lishlariga erishish;
290


- mehnatda ijodkorlikni qo ‘ llab-quvvatlash;
- o‘quvchilarda jamiyat va umumxalq mulkini ko‘z qora- 
chig‘iday asrash tuyg‘ularini shakllantirish;
- mehnatda do‘stlik, o‘rtoqlik va hamkorlikka erishish;
- o‘quvchilaming mehnatni go‘zallik manbai sifatida tushu- 
nishlariga erishish va boshqalar. Mehnat inson hayoti, uning 
faro von turmush kechirishi uchun hamisha asos bo‘lib kelgan va 
shunday bo‘lib qoladi.
Mehnat odamlarning biror maqsad uchun sarflangan vaqti, 
aqliy va jismoniy kuchi yoki zarur faoliyatidir. Mehnatsiz yashash 
mumkin emas.
Mehnat tarbiyasining mazmuni, shakl va metodlari. Mehnat 
tarbiyasini tashkil etish jarayonida o‘quvchilar dastlab ishlab 
chiqarish jarayonlarining ilmiy asoslari bilan tanishadilar.
Mehnat tarbiyasi maqsadga muvofiq, tizimli, izchil tashkil 
etiladi. Mehnat ta’limi sinf xonalari, o‘quv-tajriba maydoni, 
mashina-traktor saroyi, o‘quv-tarbiyaviy tadbirlar jarayoni, ishlab 
chiqarish korxonalari va xo‘jaliklarning dalalarida olib boriladi.
Natijada ma’lum qiymatga ega bo‘lgan ijtimoiy-foydali 
mahsulotlar yaratiladi hamda ilg‘or kasb sohiblariga xos bo‘lgan 
shaxslik fazilatlari shakllanadi.
Shu jihatdan olib qaraganda bugungi kunda mehnat ta’limining 
mazmuni, maqsad va vazifalari o‘zgardi, texnologik ta’lim ustu- 
vorlik kasb etdi, o‘quvchilami kasbga yo‘naltirish tizimi yangi- 
landi. Mehnatni ilmiy tashkil etishning birinchi darsini ham 
o'quvchi ta’lim jarayonida oladi.
Mehnat tarbiyasi bilan mehnat ta’limi bir-biri bilan o‘zaro 
bog‘langan. Mehnat faoliyati ma’lum bilimga ega bo‘lishni talab 
etadi. Zero, bilim va ko‘nikmalar o‘quvchini mehnat faoliyatiga 
tayyorlaydi.
Ta’lim jarayonida olgan bilimlarini amaliyotda sinab ko’ra- 
dilar, Umumiy mehnat jarayonida o‘quvchilaming kombinatlar, 
jamoa hamda fermer xo‘jaliklari, korxona, zavod va fabrikalarda 
texnik va texnologik bilimlari mustahkamlanadi, shuningdek, ular 
tashkilotchilik malakalariga ham ega bo‘ladilar.
291


Sinfdan tashqari ishlar jarayonida mehnat tarbiyasi ayniqsa 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlaming turli shakllari o’quvchining 
texnik ijodkorligini rivojlantiradi, u yoki bu bilim sohasida bilimga 
bo'lgan qiziqishini shakllantiradi. To‘garaklarda o‘quvchining 
qiziqish va qobxliyatlari namoyon bolladi.
0 ‘quvchilaming to‘garaklardagi faoliyati ma’lum pedagogik 
talablarga rioya qilganda samarali bo‘ladi. Chunonchi:
- to‘garak faoliyati ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lishi lozim, 
ya’ni, o‘quvchilar tayyorlagan buyumlar kishilar uchun amaliy 
qiymatga ega bo‘lishi zarur;
- texnik ijodkorlik o‘quv muassasasidagi o‘quv-mehnat 
jarayoni bilan uzviy aloqada bo‘lishi kerak (maktab, kollej, oliy 
ta’lim va boshqalar);
- ijtimoiy-foydali, 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin