Ferment faolligiga taʼsir etuvchi omillar Fermentning faolligiga turli xil omillar – harorat, pH va konsentratsiya taʼsir qilishi mumkin.Fermentlar oʻziga xos temperatura va pH koʻrsatkichlarida oʻz funksiyasini bajara oladi. Agar koʻrsatkichlar ushbu optimal darajadan ortsa yoki kamaysa, ferment substratga birikish qobiliyatini yoʻqotadi.
Harorat: haroratning ortishi reaksiya tezligini oshiradi, tushishi esa reaksiyani sekinlashtiradi. Lekin oʻta yuqori haroratlarda fermentlar oʻz tuzilishini oʻzgartiradi (denaturatsiyaga uchraydi) va faoliyatini toʻxtatadi.
pH: har bir ferment oʻzining optimal pH koʻrsatkichiga ega. Ushbu koʻrsatkichning oʻzgarishi ferment faolligini pasaytiradi. pH ning yuqori koʻrsatkichlarida fermentlar denaturatsiyaga uchrashi mumkin.
Ferment konsentratsiyasi: Ferment konsentratsiyasini oshirish uning substratga birikishini oshiradi va bu reaksiya tezligini oshiradi. Hamma substrat birikkandan keyin reaksiya tezligi oshishdan toʻxtaydi, chunki ortiqcha ferment birikishi uchun ortiqcha substrat qolmaydi.
Substrat konsentratsiyasi: Substrat konsentratsiyasini oshirish ham reaksiyaning tezligini maʼlum miqdorda oshiradi. Hamma fermentlar substratga birikib boʻlgandan soʻng reaksiya maʼlum miqdorda oshadi, lekin har qanday ortiqcha substrat miqdorining ortishi reaksiya tezligiga taʼsir koʻrsatmaydi.
Fermentlar “maxsus” boʻladi. Har bir ferment turi oʻziga xos bir yoki bir nechta substrat bilan reaksiyaga kirishadi. Baʼzi fermentlar judayam maxsus boʻlib, faqat bir turdagi substrat bilan taʼsirlashadi. Boshqa fermentlar esa tarkibidagi bogʻ turlari va funksional guruhlarga qarab bir necha turdagi molekulalar bilan taʼsirlashadi.
Fermentlarni qayta qoʻllash mumkin. Fermentlar reaksiyaga kirishmaydi, shu sababli ular oʻzgarishsiz qoladi. Ferment substratga birikib, reaksiya tezligini oshirgandan soʻng ferment ajraladi, oʻzgarishsiz qolib, qayta ishlatilishi mumkin. Bu reaksiya borishi uchun 1:1 nisbatda ferment va substrat talab etilmasligini anglatadi.