’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 280,48 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü280,48 Kb.
#209809
  1   2

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI
Jumanov Jahongir
KURS ISHI

Tayyorladi 3-kurs MMT-95guruh talabasi Jumanov Jahongir
Amaliyot rahbari: Hamdamov Shavkat

Kafedra tomonidan ro’yxatga olingan tartib raqami №
‘__’_____2023-yil. _____
(imzo)

Kurs ishi himoyaga tavsiya qilindi (qilinmadi)
‘__’_____2023-yil.
Rahbar imzosi: _______

Kurs ishi qayta taqrizga topshirish sanasi
Sana ‘__’______2023-yil.
Rahbar imzosi: _______

Kurs ishi himoyaga tavsiya qilindi (qilinmadi)
Sana ‘__’_____2023-yil.
Rahbar imzosi: ______

Kurs ishi bahosi ______
Komissiya a’zolari:

MAVZU: MOLIYAVIY INFRATUZILMA VA UNING TARKIBI


REJA:
KIRISH ………………………………………………………………………… 3
1. Moliyaviy infratuzilmaning ahamiyati, uning tarkibi va tashkiliy asoslari ……7
2. O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy infratuzilmalar faoliyatining asosiy ko'rsatkichlari tahlili ……………………………………………………………. 17
3. O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy infratuzilmalar faoliyatini rivojlantirish istiqbollari ………………………………………………………………………. 26
XULOSA ……………………………………………………………………….. 33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……………………………………... 35

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizasiyalash, bozor islohotlarining yanada chuqurlashtirilishi natijasida yildan yilga salmoqli natijalar qo‘lga kiritilib, barqaror iqtisodiy o‘sish yo‘nalishi mustahkamlanib bormoqda. Hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy siyosat to’la va izchil amalga oshirilishi, iqtisodiyotning muhim ustuvor tarmoqlarining belgilab berilishi hamda ularni rivojlantirish bo‘yicha barcha imkoniyatlarning safarbar etilishida moliyaviy nazorat o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.


O’zbekistonda siyosiy va davlat mustaqilligi kamol topishi bilan uning bozor munosabatlariga asoslangan Milliy iqtisodiyoti shakllana boshladi. Milliy iqtisodiyot - bu ma’lum bir davlat hududida tarixan tashkil topgan, bir-biri bilan maqsadi va mehnat taqsimoti bog’liq bo’lgan tarmoqlar yig’indisidir. Yagona tizim sifatida milliy iqtisodiyot o’ziga xos bo’lgan munosabatlari, boshqaruv tizimi, umumiqtisodiy infrastrukturasi va mustaqil qonunchiligiga ega bo’lgan mustaqil davlatchilikni taqozo qiladi.
Bizga ma’lumki, mamlakatda iqtisodiy o’sish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda moliya bozori hal qiluvchi rol o’ynaydi. Moliya bozorlari samarali ishlashi uchun uni doimo tartibga solib turish muhim ahamiyat kasb etadi. So’nggi yillarda mamlakatimiz moliya bozorini rivojlantirish va uni uni faoliyatini tartibga solish bo’yicha sezilarli darajada islohotlar amalga oshirilmoqda. Sir emаski, mаzkur islоhоtlаrning muvаffаqiyаti kо’p jihаtdаn iqtisоdiyоtimizning bаrchа tаrmоqlаrigа xоrijiy investitsiyаlаrni jаlb qilish, ilg’оr xаlqаrо tаjribаni jоriy qilish vа shаffоflikni tа’minlаsh bilаn chаmbаrchаs bоg’liq. Bugungi kunda moliya bozorini tartibga solish bo’yicha amal qiladigan nazariyalarga o’zo’zini boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan asos solingan va xalqaro darajada emitentlar hamda investorlarni jalb etish uchun raqobat natijasida shakllangan.1
Moliya bozorlarining shakllanishini dastlabki davrlaridan boshlab, ushbu maqsadlar deyarli oʼzgarmagan va xalqaro tashkilotlarning hujjatlari (eng avvalo “moliya bozorlarni tartibga solishning maqsad va tamoyillari” Xalqaro qimmatli qogʼozlar bozorini tartibga soluvchi tashkilot – IOSCO) da rasmiy tarzda oʼz ifodasini topgan. Shunday qilib, moliya bozorlarini tartibga solishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: investorlarni himoyalash va moliya bozorlarini shaffofligini, haqqoniyligi va samaradorligini taʼminlash. Moliya bozorlarining rivojlanishi bilan, bozorning professional qatnashuvchilari va bozor vositachilarining sonining ortishi hamda ular oʼrtasidagi munosabatlarning yaqinlashuvi bilan, yuqoridagi ikki maqsadga yangi maqsad – tizimli risklarni pasaytirish ham qoʼshildi.2
Shuningdek, moliya bozorining tarkibiy qismi sifatida qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish va uni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda ham moliya bozorini, ayniqsa, qimmatli qo’go’zlar bozorini rivojlantirish dolzarblik kasb etmoqda. Shu sababli so’nggi yillarda ushbu sohada keng islohotlar olib borilmoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Qimmatli qog’ozlar bozori iqtisodiyotdagi bo’sh pul mablag’larini jamlash va uni investitsiya jarayonlariga yo’naltirishning muhim vositasi hisoblanadi”.3 Shu sababli bugungi kunda moliya bozorini tartibga solish va bu bo’yicha xalqaro tajribani o’rganish mamlakatimizda moliya bozorini rivojlantirish uchun muhim jarayon hisoblanadi.
Mamlakatimizda moliya bozorini rivojlantirish bugungi kunda iqtisodiyotimizdagi muhim vazifalardan biridir. Moliya bozori iqtisodiyotni rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni oshirish, kapital jalb qilish, investitsion jozibadorlikni oshirishga xizmat qiladi. Shu sababli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan PF-4947-sonli Farmonida ham ushbu masalaga alohida toʻxtalib oʻtilgan boʻlib, unda kapitalni jalb qilish hamda korxonalar, moliyaviy institutlar va aholining erkin mablag‘larini joylashtirishning muqobil manbai sifatida moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi moliya bozorini o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish belgilab qo’yilgan4. Moliya bozorlarini tartibga solish axborot assimetriyasining oldini oladi, moliya bozorlaridagi firibgarliklarni kamaytiradi, boshqaruvning buzilishidan himoya qiladi hamda moliya bozorlarida investorlarga ishonch bilan ishlashga imkon beradi. Ishtirokchilar har doim ham ushbu muammolarni mustaqil ravishda harakat qilish orqali hal qila olmaydilar, aksincha, hukumat moliya bozorlarining xavfsizligini ta'minlashi va ularning ishlashini tartibga solib turishi kerak.
Moliya bozorlarini tartibga soluvchi tashkilotlarning ishtirokchilarga tegishli barcha ma'lumotlarni toʻliq ochishini ta'minlash oshkoralikka olib keladi. Tartibga solinmagan bozorda sarmoyadorlar ishonchli ma'lumotga ega boʻlmaydilar, chunki kompaniyalar ba’zi ma'lumotlarni oshkor qilmaydi. Investorlar toʻliq ma'lumotga muhtoj, chunki noaniq va ishonchli boʻlmagan ma’lumotlar asosida biznesni olib borish va investitsiya kiritish xavfli hisoblanadi. Tartibga solish moliya bozorlarini faoliyatini yaxshilash, ma’lumotlar shaffofligini ta'minlash, investorlarni jalb qilish imkonini beradi. Shu jihatlarni inobatga olgan holda moliya bozorlarini tartibga solishni xalqaro darajada oʻrganish, mamlakatimizda moliya bozori faoliyatini rivojlantirish mavzuning dolzarbligini ochib beradi.
Mavzuning maqsad va vazifalari. Ushbu mavzuning asosiy maqsadi moliyaviy infratuzilmaning ahamiyati, uning tarkibi va tashkiliy asoslari tahlil qilish.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalarni belgilab olindi:

  • Moliyaviy infratuzilmaning ahamiyati, uning tarkibi va tashkiliy asoslarini o‘rganish va tahlil qilish

  • O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy infratuzilmalar faoliyatining asosiy ko'rsatkichlari tahlil qilish

  • O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy infratuzilmalar faoliyatini rivojlantirish istiqbollarini tahlil qilish

Kurs ishining obyekti va predmeti. Mazkur kurs ishining obyekti moliyaviy infratuzilmalari hisoblanadi. Mavzuning predmeti sifatida moliyaviy infratuzilmaning ahamiyati, uning tarkibi va tashkiliy asoslarini o‘rganish o’rganiladi.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Mazkur kurs ishi kirish, 3 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismidan iborat.
1. Moliyaviy infratuzilmaning ahamiyati, uning tarkibi va tashkiliy asoslari
Mamlakatimizda chuqur o‘zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha tom onlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jam iyatim izni demokratik yangilash va modernizatsiyalash jarayonlari yildan-yilga jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Mamlakatim izda ishlab chiqarishni rivojlantirishni rag‘batlantirishga qaratilgan muhim ishlar sirasiga ishlab chiqarish infratuzilm asini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ko‘plab amaliy tadbirlarni kiritish m um kin. Ayni sohani yanada rivojlantirish masalasi so‘nggi yillarning muhim vazifalari safiga kiritilmoqda.

1-rasm. Moliyaviy tizimning na’munaviy ko’rishini5
Infratuzilma — bu liar qanday yaxlit iqtisodiy tizim va tuzilmalarning mavjud bo‘lish sharti hisoblangan tarkibiy qismidir. So‘zma-so‘z ifodalaganda, infratuzilma — bu iqtisodiy tizim ning asosi, poydevori, ichki tuzilm asi demakdir. «Infratuzilma» atamasi lotincha «infra» — quyi, osti; «structura» — tuzilma, joylashuv so‘zlaridan paydo bo‘lgan. «Infratuzilma» atamasining keng qo‘llanilishiga qaramay, bu tushunchani turlicha talqin qilish hollari uchrab turadi.
Bir guruh olimlar infratuzilm aning funksiyasini ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko'rsatishda deb qarab, uni xizmat ko'rsatishning yaxlit tizimi sifatida belgilaydilar. Iqtisodiyotning infratuzilmaga oid unsurlari iqtisodiyot tom onidan infratuzilm aning zimmasiga yuklatilgan o‘ziga xos vazifalarning hosilasi hisoblanadi. Bu vazifalar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib hamda asosiy ishlab chiqarish vazifalaridan tobora alohidalashib boradi. Shunga ko‘ra, infratuzilmaning mohiyatini aniqlashda uning dastlabki belgisi bo‘lib ishlab chiqarishni zarur shart-sharoit bilan ta’minlashdan iborat bo‘lgan vazifasi maydonga tushmog‘i lozim.
Zero, mamlakatimiz Prezidenti SH.M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Infrastruktura kompleksi — iqtisodiyotimizning butun tarkibi tayanadigan poydevordir. Respublika butun xalq xo‘jalik kompIcksi ishining uyg‘unligi, uning samaradorligi, shuningdek, chet el sarmoyalarini jalb qilish va o‘zlashtirish imkoniyati butunlay inlrastruktura tizimi rivojining holatiga va darajasiga bog‘liqdir».
Sh. Shodmanovning fikricha6, moliya infratuzilmasi tarkiban moddiy ne’matlar ishlab chiqaruvchi tarm oq va korxonalarga ishlab chiqarilgan m ahsulotlarni iste’molchiga yetkazishga tayyorlash, saqlash, o‘rash, qadoqlash yoki joylashtirish, tovar joylanadigan yoki o‘raladigan idishlar bilan ta;m inlash, tashish, ta’mirlash hamda sotish kabi xizmatlar ko‘rsatuvchi, ularning to‘xtovsiz va sam arali faoliyat yuritishini ta’minlovchi tashkiloti va korxonalar majmuini tashkil etadi. Ishlab chiqarish infratu zilm asining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, uning tarkibi ga kiruvchi tuzilm alar ishlab chiqarish jarayonida bevosita qat nashmaydi, balki takror ishlab chiqarishning m untazam va bir maromda kechishi uchun faqat bilvosita asosda zaruriy shartsharoitlar yaratib beradi.


Bozor infratuzilmasi — bu bozor aloqalarini oʻrnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar tizimidir. Unga ombor xoʻjaligi, transport, aloqa xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari kabilar), moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank turidagi muassasalar, kreditlash idoralari, sugʻurta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari) va ijtimoiy sohaga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi. Axborot xizmati idoralari ham bozor infratuzilmasining alohida boʻgʻinini tashkil qilib, ularga maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish va sotish bilan shugʻullanuvchi kompaniya va firmalar kiradi.
2-rasm. Moliyaviy tizim funksiyalari7
Infratuzilma (lotincha: infra — „ostida“) — ishlab chiqarish va tovar muomalasi, shuningdek, inson hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan meʼyoriy sharoitni taʼminlashga xizmat kiluvchi turli-tuman yordamchi xizmat koʻrsatuvchi sohalar (tashkilot, korxona va muassasa) majmui; nomoddiy ishlab chiqarish sektori. Infratuzilma xizmatlari moddiy shaklga ega boʻlmagan tovarlar boʻlib, ular hayotiy ehtiyojlarni qondiradi. Infratuzilma zaruriy shart boʻlganidan uning ishlab turishini taʼminlashga iqtisodiy resurslarning bir qismi jalb etiladi. Infratuzilma xizmat koʻrsatish sohasiga koʻra ishlab chiqarish infratuzilmasi (ishlab chiqarish ga xizmat koʻrsatuvchi sohalar — yuk tashish transporti, elektr va issiqlik taʼminoti, yoʻl xoʻjaligi, suv xoʻjaligi, ombor xujaligi, ilmiy konstruktorlik xizmati, axborot xizmati va boshqalar) va ijtimoiy-maishiy infratu-zilma (aholiga xizmat koʻrsatib, uning ehtiyojini qondiruvchi sohalar — maorif, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, maishiy xizmat va boshqalar) ga ajraladi. Infratuzilma xizmati tovar boʻlganidan oldi-sotdi etiladi. Uning asosiy vazifasi insonga xizmat koʻrsatish, ammo bu ish pulli, bepul va imtiyozli tarzda bajarilishi mumkin. Infratuzilma xizmatlarini harakteriga koʻra guruxlaganda bozor infratuzilmasi ajralib turadi. Chunki unda bozor munosabatlarini amalga oshiruvchi xizmatlar koʻrsatiladi. Qaysi darajada xizmat koʻrsatilishiga koʻra, korxona, tarmoq ishlab chiqarish majmualari va hududiy infratuzilma ham mavjud. Infratuzilma sohasida yaratilgan xizmatlar ishlab chiqarish va inson uchun naf keltiradi. Infratuzilma xizmat koʻrsatishini tashkil etish uchun mablagʻlar sarflanadi. Shuning uchun ularni hisoblash mumkin va ular yalpi milliy mahsulot tarkibiga kiritiladi. Infratuzilma ni yaratuvchi mehnat ham unumli hisoblanadi. Infratuzilma ning samaradorligi koʻrsatilgan xizmatlarning sarf-harajatlarga nisbati orqali aniqlanadi.
Bozor infratuzilmasi — bozorda tovarlar va xizmatlarning erkin harakatini taʼminlaydigan muassasalar, tashkilotlar majmui.
Bozor infratuzilmasining asosiy unsurlari quyidagilar:

  • birjalar (tovar, xom ashyo, fond, valyuta) va ularning tashkiliy rasmiylashtirilgan vositachiligi;

  • kimoshdi savdolari, yarmarkalar va birjadan tashqari tashkiliy vositachilik shakllari;

  • kredit tizimi va tijorat banklari, emissiya tizimi va emissiya banklari;

  • aholi bandligini boshqarish tizimi, davlat va nodavlat bandlikka yordam koʻrsatish markazlari (mehnat birjalari);

  • axborot texnologiyasi va ishbilarmonlik aloqalari vositalari;

  • soliq tizimi va soliq inspeksiyalari;

  • tijoratxoʻjalik xatari sugʻurtasi tizimi va sugʻurta kompaniyalari;

  • maxsus reklama agentliklari, axborot markazlari va ommaviy axborot vositalari agentliklari;

  • savdo palatalari, ishbilarmon doiralarning ixtiyoriy, davlat, jamoat birlashma (uyushma)lari;

  • bojxona tizimi; oʻrta va oliy iqtisodiy taʼlim tizimi, auditorlik kompaniyalari;

  • konsalting (maslahat) kompaniyalari;

  • ishbilarmonlik faoliyatini ragʻbatlantirishga xizmat qiladigan davlat va jamoat fondlari;

  • maxsus erkin tadbirkorlik zonalari va boshqalar.

Bozor infratuzilmasi ishlab chiqaruvchilar bilan isteʼmolchilar, yaʼni haridor va sotuvchilarni bir-birlariga uchrashtirish, bozor ishtirokchilari oʻrtasidagi oldi-sotdi operatsiyalarini oʻtkazish, ularning oʻzaro hisob-kitoblari, shuningdek bozordagi doimiy hamkorlik va mijozlik aloqalarini oʻrnatish, ish kuchi topish va boshqalarda yordam beradi. Bozor infratuzilmasi davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi.
Bozor infratuzilmasining bu barcha unsurlari ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq, moliya-kredit ishlariga, sherik topishiga, ish kuchini yollashiga koʻmaklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi, ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida aloqa oʻrnatishga yordam beradi. Ularning bir qismi davlat mulkchiligida faoliyat koʻrsatsa, boshqalari mustaqil muassasa va uyushmalardan iborat boʻlib, koʻrsatgan xizmatlari uchun haq oladi.
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish bozorning ko'p bo'g'inli infratuzilmasini yaratishni talab qiladi. Bozor infratuzilmasi turli xil vazifalami bajaruvchi tarkibiy qismlar, unsurlardan iborat tizimni namoyon etadi. Bozor mexanizmlarining to'liq, samarali amal qilishi infratuzilma tarkibiy qismlarining turlitumanligi va yetarli darajada rivojlanganligiga bog'liq bo'ladi. Shunga ko'ra, bozor infratuzilmasining tarkibiy qismlarini belgilab olish, ulaming har birining ahamiyatini o'rganish, iqtisodiy tabiatini ochib berish muhim hisoblanadi. Zero, hozirgi kunda bozor infratuzilmasi tarkibini belgilash, mazkur tizimga kiruvchi unsurlami ko'rsatib berishda ma’lum nomuvofiqliklar mavjud.
Jumladan, A.O'lmasov va M.Sharifxo'jaevlar bozor infratuzilmasiga bozor aloqalarini o'rnatishgavasamarali yuritishga xizmat qiluvchi korxona, tashkilot va muassasalar majmuyi sifatida qarab, uni besh bo'g'inga ajratadilar:
1) ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi infratuzilma (transport, aloqa, ombor xo'jaligi, yo'l xo'jaligi, suv va energetika ta’minoti kabilar);
2) tovarlar va xizmatlar muomalasiga, ya’ni savdo-sotiq ishlariga xizmat qiluvchi infratuzilma (birjalar, savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmalari va agentliklari, davlatning savdo-sotiq va ularni nazorat etuvchi muassasalari);
3) moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma (tijorat banklari, o'z-o'zini kreditlash idoralari, sug'urta kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish mahkamalari, har xil pul fondlari);
4) aholiga xizmat qiluvchi yoki sotsial infrastuktura (uyjoy, kommunal va transport xizmati, maorif, madaniyat hamda sog‘liqni saqlash muassasalari, aholini ishga joylashtirish firmalari va idoralari);
5) axborot xizmati (iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan har xil axborotlar—ma’lumotlar va xabarlami to'plash, umumlashtirish va sotish bilan shug'ullanuvchi turli kompaniyalar, firmalar, maslahat idoralari, davlat muassasalari)8
Ko'rinib turibdiki, olimlarimiz bu o'rinda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani ham bozor infratuzilmasi tarkibiga kiritib, moliya-kredit hamda axborot xizmati infratuzilmasi kabi yo'nalishlarini mustaqil soha sifatida ko'rsatib, masalani munozarali tomon yo'naltiradilar.
Hozirda iqtisodiy adabiyot va qo'llanmalarda bozor infratuzilmasining asosiy unsurlari sifatida odatda quyidagi obyektlami ko'rsatib o'tiladi:
-biijalar (tovar, xomashyo, fond, valyuta), ulaming tashkiliy rasmiylashtirilgan vositachiligi;
-auksionlar, yarmarkalar va tashkiliy biijadan tashqari vositachilikning boshqa shakllari;
-kredit tizimi va tijorat banklari; —emissiya tizimi va emissiya banklari;
-aholi bandligini tartibga solish tizimi hamda bandlikka davlat va nodavlat yo'li bilan ko'maklashish markazlari (mehnat birjalari);
-axborot texnologiyalari va kommunikatsiya vositalari; -soliq idoralari tizimi va soliq inspektsiyasi;
-tijorat xo'jalik xavf-xatarini sug'urtalash tizimi va sug'urta kompaniyalari;
-maxsus reklama agentliklari, axborot markazlari va ommaviy axborot vositalari agentliklari;
-savdo palatalari, ishbilarmon doiralaming boshqa jamoat, ixtiyoriy va davlat birlashmalari (uyushmalari);
-bojxona tizimi;
-yollanib ishlovchilaming kasaba uyushmalari;
-tijorat-ko‘rgazma komplekslari;
—oliy va o‘rta iqtisodiy ta’lim tizimi;
-auditorlik kompaniyalari;
-maslahat beruvchi (konsalting) kompaniyalari;
- ishbilarmonlik faolligini rag'batlantirish uchun mo‘ljallangan ijtimoiy va davlat fondlari; —erkin tadbirkorlikning maxsus hududlari9.
Iqtisodiyotda moliya bozorlarining o‘mi ham kattadir. Moliya bozorining asosiy maqsadi iqtisodiyotda kapitalning erkin oqimi hamda samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi uchun yetarli va zarur sharoitlar yaratishdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi sharoitlar yaratil ishi lozim:
- bozor iqtisodiyoti qonunlarining toMiq amal qilishi mexanizmini ta’minlash;
- xususiy mulkchilik samarali tizimining mavjudligi;
- monetizatsiyalashgan real investitsion bazisga ekvivalent moliyaviy instrumentlar (jumladan, qimmatli qog‘ozlar) sifatining yuqori ko‘rsatkichlarini (likvidlilik jalbdorliligi va h.k.) ta’minlanganliligi.
Bu ko‘rsatkichlar raqobatni rivojlantirish va narxlar bo‘yicha katta boMmagan kurs tafovuti hisobiga erishiladi;
- moliyaviy instrumentlarning erkin savdosini ta’minlovchi rivojlangan savdo tizimlarining mavjudligi;
- investorlaming haq-huquqlari himoyasini yuqori darajada ta’minlovchi bozorning samarali tartiblashtiruvchi (muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi) tizimining mavjudligi;
- moliya bozori qatnashchilari tomonidan ta’minlanadigan bozorning informatsion shaffofligi (transparentligi).
Ushbu sharoitlarda moliya bozori iqtisodiyotning samarali faoliyatini ta’minlaydi, investitsiyalarga muhtoj boMgan iqtisodiyot subyektlariga investorlaming moliyaviy resurslarini jamlab, biznes maqsadiga ishlatishga, investorlarga mablag‘larini orttirishga, davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirishga ko‘maklashadi.
Umuman olganda, moliya bozori investitsiyalarga muhtoj va resurslarga ega bo ‘ lgan qatnashchilami bir-birlari bilan uchrashtirish asosida moliyaviy aktivlar almashinuviga ko‘maklashadigan mexanizm sifatida namoyon bo‘luvchi tizimdir. Moliya bozori bir qator funksiyalami bajaradi.
Ulami to‘rt guruhga: makroiqtisodiy, umumbozor, maxsus (ixtisoslashgan) va globallashtirish (meta, ya’ni xalqaro darajada moliyaviy globallashtirish) funksiyalariga ajratish mumkin.
Makroiqtisodiy funksiya jam g‘armalami investitsiyalarga samarali transformatsiyasini ta’minlab berishdan iborat. Umumbozor funksiyasi, odatda, har bir milliy bozorga mansub. Maxsus funksiya esa uni boshqa turdagi bozorlardan farqlaydi.
Umumbozor funksiyasiga quyidagilar kiradi:
- tijoratni rivojlantirish funksiyasi (bu funksiya bozor qatnashchilarining o‘zaro raqobat asosida daromad olishini ta’minlovchi funksiya);
- narx-navoni belgilash funksiyasi, ya’ni bozorda moliyaviy instrumentlaming bozor narxlari (kurslari) shakllanishi va ta’siri jarayonini, ulami bozor konyunkturasiga bog‘liq tarzda uzluksiz harakatini (o‘zgarishini) ta’minlaydi (bozor kurslari qanchalik tez shakllanib barqarorlashsa, moliya bozorida bu instrumentlar shunchalik samara bilan joy lashtiriladi va likvidliligi ta’minlanadi);
- axborot bilan ta’minlash funksiyasi, ya’ni bozor savdo obyektlari va savdo ishtirokchilari to‘g‘risidagi axborotni shakllantiradi va o‘z qatnashchilariga havola qiladi;
- tartiblashtiruvchi (muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi) funksiya, ya’ni bozor o‘zidagi savdo va unda ishtirok etish, qatnashchilar o‘rtasidagi munosabatlar me’yorlarini va nizolami hal qilish tartiblarini joriy qiladi, ustuvor yo‘nalishlami aniqlaydi, nazorat organlarini va tartiblarini belgilaydi, bozor qatnashchilari tomonidan bu me’yor va tartib-qoidalarga rioya qilinishini nazorat qiladi va h.k.
Moliya bozorining maxsus funksiyalariga quyidagilami kiritish mumkin:
- moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash funksiyasi.
Uni o‘z navbatida to‘rt kichik funksiyaga ajratish mumkin:
1) moliyaviy resurslarni tarmoqlar va bozor faoliyati sohalari o‘rtasida taqsimlash vaqayta taqsimlash; 2)jamg‘armalami, ayniqsa aholi jamg‘armalarini, noishlab chiqarish shaklidan ishlab chiqarish shakliga o‘tkazish (transformatsiyalash); 3) noinflyatsion asosda, ya’ni muomalaga qo‘shimcha pul chiqarmasdan davlat budjetini moliyalashtirish; 4) pul massasini boshqarish; - narx va moliyaviy risklaming oldini olish funksiyasi, yoki hosilaviy qimmatli qog‘ozlar (fyucherslar, optsionlar, svop, forvard va h.k.)ning hosil bo‘lishi evaziga xedjirlash.
Moliyaviy globallashtirishfunksiyasi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
— moliyaviy resurslarni umumjahon miqyosida globallashgan iqtisodiyot doirasida samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi;
— milliy moliya bozorlarini о‘zaro integratsiyalashuvi (uyg‘unlashuvi);
— moliya bozorlarining intematsionallashuvi;
- jahon globallashuvi jarayonlari (barcha yo‘nalishlarda) rivoj ining katalizatori va h.k.
Moliya bozori vazifalarini asosiy va qo ‘shimchalarga ajratish mumkin.
Asosiy vazifalari uning bozor munosabatlari tizimidagi ahamiyati va qulay sharoitlarni ta’minlashi bilan ifodalanadi (ular yuqorida sanab o‘tilgan).
Moliya bozorining qo'shimcha vazifalariga quyidagilami kiritish mumkin:
- emitentning moliya oqimlarini optimallashtirish;
— bozor qatnashchilarining ijobiy imidjini shakllantirish;
— emitentning iqtisodiy manfaatlarini himoyalash;
— biznesni rivojlantirish va qo‘shimcha ish joylarini yaratish;
—jahon moliya tizimiga integratsiyalashtirish;
— siyosiy huruj, moliyaviy va iqtisodiy qiyinchilik, moliyaviy repressiya va valyutaviy intervensiya vositasi sifatida ta’sir ko‘rsatish;
— investorlaming huquqlarini himoyalash va maqsad, manfaatlarining amilga oshirilishini ta’minlash.

2. O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy infratuzilmalar faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari tahlili


Iqtisodiy jarayonlarning jadal sur’atlarda rivojlanishi ko’p jihatdan moliya sohasiga bog’liqdir.Takror ishlab chiqarish jarayonlarining barcha bosqichlarida pul asosiy vosita sifatida qatnashadi. Moliya iqtisodiyotning asosiy ustunlaridan biri desak adashmaymiz, chunki uning vositasida muayyan maqsadga yo’naltirilgan pul mablag’lari fondlari vujudga keltiriladi va ular iqtisodiyotni rivojlantirish va jamiyat ehtiyojlarini qondirish maqsadida taqsimlanadi. Moliya tizimi jismoniy shaxslar (shaxsiy moliya), hukumatlar (davlat moliyasi) va korxonalar (korporativ moliya) o‘rtasida sodir bo'ladigan kapital oqimlaridan iborat. Zamonaviy moliya tizimlarida pul, kredit va moliya ayirboshlash vositalari sifatida ishlatiladi. Ular ma'lum qiymatga ega vosita bo‘lib xizmat qiladi va ular muqobil ravishda tovar va xizmatlarga ayirboshlanishi mumkin.
Zamonaviy moliya tizimi banklar (davlat sektori yoki xususiy sektor), moliya bozorlari, moliyaviy vositalar va moliyaviy xizmatlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Muntazam va oqilona kapital oqimlari iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun judayam zarur bo’lgan asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Moliyaviy tizimning,asosan,to'rtta komponenti mavjud: Moliyaviy bozorlar.Ular xaridorlar va sotuvchilarga qimmatli qog‘ozlar, aksiyalar va obligatsiyalar, turli xalqaro valyutalar va derivativlarni o‘z ichiga olgan moliyaviy vositalar bilan savdo qilish vositalarini taqdim etadigan har qanday joy yoki tizimni o‘z ichiga oladi.
Moliyaviy aktivlar - moliyaviy bozorlarda sotiladigan mahsulotlar moliyaviy aktivlar deb ataladi.Naqd pul, aksiyalar, obligatsiyalar, investitsion fondlar va bank depozitlari moliyaviy aktivlarga misoldir. Yer, mulk, tovarlar yoki boshqa moddiy aktivlardan farqli o'laroq, moliyaviy aktivlar o'ziga xos jismoniy qiymatga yoki jismoniy shaklga ega bo'lishi shart emas. Aksincha, ularning qiymati ular savdo qiladigan bozordagi talab va taklif omillari, shuningdek, ularning risklilik darajasi bilan o’lchanadi.
Moliya institutlari - moliya institutlari investorlar va qarz oluvchilar o‘rtasida vositachi vazifasini bajaradilar. Ular a'zolar va mijozlar uchun moliyaviy xizmatlar ko'rsatadi.
U moliyaviy vositachilar deb ham ataladi, chunki ular omonatchilar va qarz oluvchilar o'rtasida vositachi vazifasini bajaradilar. Investorning jamg'armalari to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita moliya bozorlari orqali safarbar qilinadi.
Ular bozorlardan mablag’ to'plashni va moliyaviy aktivlarga (depozitlar, qimmatli qog‘ozlar, kreditlar va boshqalar)ga yo’naltirishni xohlaydigan tashkilotlarga xizmatlarni taklif qiladilar. Moliyaviy xizmatlar - aktivlarni boshqarish va majburiyatlarni boshqarish kompaniyalari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar.
Ular kerakli mablag'larni olishga yordam beradi, shuningdek, ular orqali iqtisodiy subyektlar samarali investitsiya qilinganligiga ishonch hosil qilishadi(masalan, bank xizmatlari, sug'urta xizmatlari va investitsiya xizmatlari). Moliya tizimi darajasiga qarab ko'plab tarkibiy qismlardan iborat. Kompaniya nuqtai nazaridan olib qaraydigan bo’lsak, moliya tizimi kompaniyaning moliyaviy faoliyatiga mos keladigan protseduralarni o'z ichiga oladi.Bularga misol qilib, moliya, buxgalteriya hisobi, daromadlar, xarajatlar, ish haqi va boshqalarni keltirishimiz mumkin.
Mintaqaviy nuqtai nazardan, moliya tizimi qarz oluvchilar va qarz beruvchilar o'rtasida mablag'larning almashinuvini osonlashtiradi. Mintaqaviy darajadagi moliya tizimiga banklar va hisob-kitob markazlari va shunga o’xshash boshqa moliyaviy institutlar kiradi. Global miqyosda moliya tizimi moliya institutlari, investorlar, markaziy banklar, Davlat organlari, Jahon banki va boshqalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni o'z ichiga oladi. Moliyaviy tizimlar mablag'larni taqsimlash, investitsiya qilish yoki iqtisodiyot tarmoqlari o'rtasida bir subyektdan boshqa subyektga o'tkazish imkonini beradi va ular jismoniy shaxslar va kompaniyalarga tegishli risklarni bo'lishish imkonini beradi. Moliya tizimining infratuzilmasi deganda moliyaviy bozor operatsiyalari aniq amalga oshiriladigan to'lov va hisob-kitob tizimlari tushuniladi.
1-jadval
O`zbekiston Respublikasi 2022-yil davlat byudjeti daromadlar tuzilmasi10



Daromad manbalari

2021

2022

2023

Summa

O'ziga xos tortishish

Mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi

Summa

O'ziga xos tortishish

Mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi

Summa

O'ziga xos tortishish

Mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi


Umumiy daromad

164 799,40

100,0%

22,32%

201 863,70

100,0%

22,7%

232 607,10

100,0%

21,8%

1

To'g'ridan-to'g'ri soliqlar

58 930,30

35,8%

8,0%

64 447,10

31,9%

7,3%

73 955,90

31,8%

6,9%

1,1

daromad solig'i

38 363,30

23,3%

5,2%

37 649,90

18,7%

4,2%

42 848,30

18,4%

4,0%

1,2

savdo solig'i

1 649,40

1,0%

0,2%

2 512,70

1,2%

0,3%

2 811,70

1,2%

0,3%

1,3

Shaxsiy daromad solig'i

18 917,70

11,5%

2,6%

24 284,50

12,0%

2,7%

28 295,80

12,2%

2,6%

2

Bilvosita soliqlar

56 290,40

34,2%

7,6%

71 390,20

35,4%

8,0%

88 411,30

38,0%

8,3%

2,1

QQS

38 439,00

23,3%

5,2%

52 189,40

25,9%

5,9%

63 775,40

27,4%

6,0%

2,2

Aktsiz solig'i

13 086,50

7,9%

1,8%

13 455,00

6,7%

1,5%

17 883,90

7,7%

1,7%

2,3

Bojxona to'lovi

4 764,90

2,9%

0,6%

5 745,70

2,8%

0,6%

6 752,00

2,9%

0,6%

3

Resurs soliqlari va mulk solig'i

23 036,40

14,0%

3,1%

23 912,80

11,8%

2,7%

26 473,20

11,4%

2,5%

3,1

Mulk solig'i

2 457,30

1,5%

0,3%

4 015,40

2,0%

0,5%

4 332,60

1,9%

0,4%

3,2

Yer solig'i

4 082,80

2,5%

0,6%

5 305,90

2,6%

0,6%

5 805,50

2,5%

0,5%

3,3

Yer qa'ri solig'i

15 811,90

9,6%

2,1%

13 887,40

6,9%

1,6%

15 535,60

6,7%

1,5%

3,4

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

684,40

0,4%

0,1%

704,10

0,3%

0,1%

799,50

0,3%

0,1%

4

Dividendlar

0,00

0,0%

0,0%

0,00

0,0%

0,0%

29 532,20

12,7%

2,8%

5

Boshqa daromad

26 542,20

16,1%

3,6%

42 113,70

20,9%

4,7%

14 234,60

6,1%

1,3%





738400



888300



1068000


Byudjet daromadlarining asosiy manbalari soliq va yig‘imlar bo‘lib, 110,0 trillion so‘mni tashkil etadi, bu 2022-yilga nisbatan 12,5 foizga ko‘pdir. Daromad solig'i 20,0 trillion so'm, qo'shilgan qiymat solig'i 20,0 trillion so'm, mol-mulk solig'i 20,0 trillion so'mni tashkil etadi.

2-jadval
O`zbekiston Respublikasi 2022-yil davlat byudjeti xarajatlar tuzilmasi11





Xarajatlar yo'nalishlari

2021 yil

2022 yil

2023 yil

Summa

O'ziga xos tortishish(%)

Mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi

Summa

O'ziga xos tortishish(%)

Mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi

Summa

O'ziga xos tortishish(%)

Mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi


Xarajatlar yo'nalishlari

188257



236692



257734



1

Ijtimoiy xarajatlar

92013,6

48,9%

12,5%

117692

49,7%

13,2%

129891

50,4%

12,2%


Yüklə 280,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin