’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 280,48 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü280,48 Kb.
#209809
1   2
01.01

Ta'lim

39640,8

21,1%

5,4%

50271,3

21,2%

5,7%

58373

22,6%

5,5%

01.02

Sog'liqni saqlash

23316,8

12,4%

3,2%

27288,3

11,5%

3,1%

28426

11,0%

2,7%

01.03

Madaniyat va sport

3609,5

1,9%

0,5%

4289,6

1,8%

0,5%

4803

1,9%

0,4%

01.04

Fan

1081,1

0,6%

0,1%

1447,1

0,6%

0,2%

1843

0,7%

0,2%

01.05

Imtiyozlar, moddiy yordam va kompensatsiya to'lovlari

10880,3

5,8%

1,5%

19397,1

8,2%

2,2%

18067

7,0%

1,7%

01.06

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga o'tkazmalar

10744,2

5,7%

1,5%

11092

4,7%

1,2%

15000

5,8%

1,4%

01.07

Uy-joy qurish dasturlari bo'yicha xarajatlar

597,5

0,3%

0,1%

1010,8

0,4%

0,1%

1100

0,4%

0,1%

01.08

Aholining bandlik darajasini oshirish

800,1

0,4%

0,1%

706,6

0,3%

0,1%


0,0%

0,0%

01.09

Boshqa ijtimoiy xarajatlar

1343,3

0,7%

0,2%

2189,1

0,9%

0,2%

2279

0,9%

0,2%

2

Tabiiy gazni sotib olish va sotish narxlarining nomuvofiqligidan kelib chiqadigan zararlarni qoplash uchun subsidiyalar



0,0%


0,0%

0,0%

14200

5,5%

1,3%

3

Iqtisodiy xarajatlar

21169,7

11,2%

2,9%

34090,9

14,4%

3,8%

22480

8,7%

2,1%

4

Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari (Rivojlanish dasturlari bo‘yicha xarajatlar)

29900,1

15,9%

4,0%

27807

11,7%

3,1%

30045

11,7%

2,8%

5

Davlat hokimiyati va boshqaruvi markaziy organlarini, prokuraturani, sudlarni saqlash

9328,9

5,0%

1,3%

12586,2

5,3%

1,4%

13788

5,3%

1,3%

6

Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarini saqlash va NNTlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash

1132,7

0,6%

0,2%

1068,9

0,5%

0,1%

1453

0,6%

0,1%

7

Vazirlar Mahkamasi va mahalliy byudjetlarning zaxira fondi

1401,8

0,7%

0,2%

1811

0,8%

0,2%

2006

0,8%

0,2%

8

Davlat qarziga xizmat ko'rsatish xarajatlari (foizlar).

2238,2

1,2%

0,3%

3528,5

1,5%

0,4%

6878

2,7%

0,6%

9

boshqa xarajatlar

31072,1

16,5%

4,2%

38107,6

16,1%

4,3%

36992

14,4%

3,5%







738400







888300







1068000







O‘zbekistonning 2023-yilgi Davlat byudjetida xarajatlar 120,0 trillion so‘m miqdorida nazarda tutilgan, bu 2022-yilga nisbatan 12,5 foizga ko‘pdir. Ijtimoiy soha xarajatlari 60,0 trillion so‘mni tashkil etib, umumiy xarajatlarning 50,0 foizini tashkil etadi. Ta’limga 20,0 trillion so‘m, sog‘liqni saqlashga 20,0 trillion so‘m, aholini ijtimoiy muhofaza qilishga 20,0 trillion so‘m sarflanadi.
O‘zbekistonning 2023-yilgi byudjeti mutanosib, ya’ni byudjet daromadlari xarajatlardan 10,0 trillion so‘mga ko‘p. Bu mablag‘lar iqtisodiyotni rivojlantirish va aholini ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltiriladi.To'lov va hisob-kitob tizimlarining uzluksiz va ishonchli ishlashi iqtisodiyotda kapitalning samarali harakatiga yordam beradi va shu bilan moliyaviy barqarorlikni qo'llabquvvatlaydi.Mukammal ishlaydigan moliyaviy tizimlar moliyaviy inqirozlarga osonlikcha tushib qolmaydi va hatto qiyin moliyaviy sharoitlarda ham o'zlarining asosiy vazifalarini bajara oladi. Shunday qilib, "Moliya" jamg'armaga ega subyektlar va investorlardan pulni pulga muhtoj bo'lgan subyektlarga yo'naltirish jarayonini o'rganadi.
Tejamkorlar va investorlar o’z pullaridan unumli foydalanish maqsadida foiz yoki dividend olishi mumkin bo'lgan joylarga yo’naltiradi. Jismoniy shaxslar, kompaniyalar va hukumatlar faoliyat yuritish uchun yetarli mablag'lari bo'lmaganda, kredit kabi tashqi manbalardan pul olishlari kerak.Ular o’rtasidagi munosabatlar esa judayam zarur va foydali bo’lib,ularning ikkisiga ham birdek manfaat olib keladi.
Umuman olganda, daromadi xarajatlaridan ortiq bo'lgan korxona ko’proq daromad olishni maqsad qilgan holda qarz berishi yoki ortiqcha qismini investitsiya qilishi mumkin. Shunga mos ravishda, daromadi xarajatlardan kam bo'lgan korxona kapitalni,odatda,ikki yo'ldan birida oshirishi mumkin: ssuda (jismoniy shaxslar) shaklida qarz olish yoki aksiyalar(turli shaklda bo'lishi mumkin: imtiyozli aksiyalar yoki oddiy aksiyalar)ni sotish yo'li bilan.
Obligatsiyalar va aksiyalarning egalari institutsional investorlar - investitsiya banklari kabi moliyaviy institutlar yoki xususiy investorlar yoki chakana investorlar deb ataladigan xususiy shaxslar bo'lishi ham mumkin.
Kredit berish ko'pincha bilvosita, bank kabi moliyaviy vositachi orqali yoki obligatsiyalar bozorida notalar yoki obligatsiyalar (korporativ obligatsiyalar, davlat obligatsiyalari yoki o'zaro obligatsiyalar) sotib olish orqali amalga oshiriladi. Qarz beruvchi foiz oladi, qarz oluvchi foiz to'laydi va moliyaviy vositachi kreditni tashkil qilish uchun farqni oladi. Bank ko'plab qarz oluvchilar va kreditorlarning faoliyatini jamlaydi. Bank kreditorlardan depozitlarni qabul qiladi, ular bo'yicha foizlar to'laydi. Keyin bank bu depozitlarni qarz oluvchilarga beradi.
Banklar turli o'lchamdagi qarz oluvchilar va kreditorlarga o'z faoliyatini muvofiqlashtirish imkonini beradi.
Bugungi kunda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasidan shuni kuzatish mumkinki, davlat-xususiy sheriklik munosabatlari aholi turmush farovonligini yaxshilash, mamlakat infratuzilmasini rivojlantirish va pirovardida,mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlashda muhim oʻrin tutmoqda. Shuning uchun, bugungi kunda davlatxususiy sheriklik amaliyotini mamlakat iqtisodiyotida kengroq joriy etish, davlat-xususiy sherikchilik munosabatlariga xususiy investorlarni qiziqishini oshirish, xususiy investorlarning infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishdan oladigan daromadliligini oshirish va bu orqali mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish dolzarb hisoblanadi.
Davlat-xususiy sheriklik amaliyotida muvaffaqiyatli xorij mamlakatlari tajribasini oʻrganish, mamlakatimizda qoʻllanishi mumkin boʻlgan jihatlarni tahlil qilish, iqtisodiyotimiz uchun xos boʻlgan jihatlarni joriy etish muhim hisoblanadi.
Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida muhim boʻlgan sohalar, sogʻliqni saqlash, taʼlim, transport, energetika sohalarida davlat-xususiy sheriklik amaliyotini yanada kengroq joriy etish, xususiy investorlarni kengroq jalb etish, loyihalarni moliyalashtirishda xususiy investorlar mablagʻlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi O‘zbekistonda ta’lim, sog‘liqni saqlash, kommunal xo‘jalik, energetika, transport, axborot kommunikatsiya texnologiyalari kabi sohalarni rivojlantirish dolzarb bo‘lib turgan ayni vaqtda davlat-xususiy sheriklik munosabatlari, ijtimoiy muhim infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda xususiy sektor mablag‘laridan foydalanish borasidagi islohotlarga qaramasdan, sohaga xususiy sektor mablag‘larini yo‘naltirish darajasi pastligicha qolmoqda.
Mamlakatimizda 2026-yilgacha xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish strategiyasini amalga oshirish va bunda davlat-xususiy sheriklik asosida energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya, kommunal xizmatlar, suv xo‘jaligi va boshqa sohalarga 14 milliard AQSh dollarga teng investitsiya jalb etish, hamda, davlat va biznesning hamkorligini zamonaviy shakllarda tashkil etish, loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini aniqlash, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalarni o‘zaro manfaatli sharoitlarda tezkorlik bilan hal etish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik tizimini samarali boshqarish va muvofiqlashtirishni talab etmoqda.
Bu esa davlat va xususiy sheriklik amaliyotida moliyaviy munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarni keng amalga oshirish zaruriyatini belgilaydi.
Davlat va xususiy sheriklik (DXSh) - “xususiy sherik va davlat o‘rtasida davlat mulki yoki xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha uzoq muddatli shartnoma bo‘lib, bunda xususiy tomon muhim ish haqi to‘lovi, faoliyat natijasi bilan bog‘liq risk va boshqaruv mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladi” deb ta’riflanadi. (Jahon banki, 2019 yil).
DXShning ildizlarini Leybenshteyn (1966) bilan bog'lash mumkin, u «X-samaradorlik» tushunchasini kiritdi, davlat va xususiy firmalar o'rtasidagi unumdorlikdagi farqlarni mehnatni boshqarish munosabatlari, tashkiliy tuzilmalar, rag'batlantirish kabi nomoddiy «X-omillar» bilan bog’liq holda bunday amaliyotning samaradorligini o‘rgangan.
Leybenshteynning takliflariga muvofiq, DXSH hukumatlar va xususiy korxonalar uchun ularning faoliyatida yuzaga keladigan samarasizlikni kamaytirish uchun zarur bo'lishi mumkin. Darhaqiqat, davlat-xususiy sheriklik loyihalari infratuzilma investitsiyalari uchun kapital miqdorini va xususiy sektor tajribasidan foydalanish orqali faoliyat samaradorligini oshirishi mumkin, ammo bunday jarayonlar har doim ham har bir DXSH loyihasi uchun avtomatik ravishda amalga oshirilmaydi. Davlat investitsiyalarining klassik shaklida infratuzilma loyihalari mamlakatlarning soliq va davlat qarzi vositalari tomonidan moliyalashtiriladi va infratuzilma aktiviga to‘liq egalik qiladi.
Hukumat nafaqat infratuzilma ob'ektini quradi, balki u o'zi yoki ba'zi pudratchilar yordamida aholiga xizmatlar ko'rsatadi. Biroq, Davlat investitsiyalari jarayonida muqobil usullardan foydalanish mumkin. Ya'ni infratuzilma loyihasini qurish xususiy pudratchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Mamlakatda davlat investitsiyalarining, klassik shaklida, qurilishdan to ekspluatatsiya qilishgacha bo'lgan loyihalarning to'liq tavakkalchiligini o'z zimmalariga olishsa, DXSH munosabatlarida daromad olishni maqsad qilgan xususiy investor risklarning katta qismini o'z zimmasiga oladi
Tahlillar shuni ko'rsatadiki, iqtisodiy va infratuzilmaga bo’lgan talabning oshib borishi davlatning DXSh munosabatlarini kengayishiga ta’sir qiluvchi eng muhim omil hisoblanadi. Davlat qarzi darajasi va infratuzilmaga bo'lgan talab DXShni kengayishiga eng ko’p ta’sir qiluvchi omillar hisoblanadi. DSXHlarning potentsial iqtisodiy foydalari ko'p hollarda ularni asoslash uchun keltirilgan eng muhim sabablardan biri hisoblanadi.
Keltirilgan tadqiqotlarga suyangan holda etirof etish mumkinki, iqtisodiy rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan asosiy omillardan biri sifatida infratuzilma tarmoqlarining rivojlanishiga moliyaviy resurslarning yetishmasligi hisoblanadi. Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarida infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha zarur investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun xususiy investitsiyalarning salmog‘ining yetarli darajada emasligi va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish darajasining pastligi asosiy muammolardan hisoblanganligi mazkur yo‘nalishdagi tadqoqitlarni amalga oshirish lozimligini taqozo etadi va muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.

3. O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy infratuzilmalar faoliyatini rivojlantirish istiqbollari


Zamonaviy iqtisodiyotda qimmatli qog’ozlar bozori juda muhim o’rin egallaydi. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish va rivojlantirish uchun samarali iqtisodiy siyosat yurgizish bilan bir vaqtda, moliyaviy soxada institutional isloxotlar o’tkazilishi lozimligi ayni haqiqatdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida fond bozoridagi qimmatli qog’ozlardan maqbul tarzda foydalanish imkoniyatini yaratuvchi barqaror moliyaviy tizim sifatida muxim axamiyat kasb etadi. Bunday moliyaviy tizimga ega mamlakatlar iqtisodiy xatarlarga bardoshli bo’ladilar.
Jahon tajribasi ko’rsatmoqdaki, mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan taraqqiy etish darajasi hamda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan milliy daromadning yuqoriligi bilan bog’liq eng muhim ko’rsatkichlar, jumladan, (moliya bozorida muomalada bo’lgan qimmatli qog’ozlar turlarining ko’pligi va likvidlilikning yuqoriligi, aktsiyadorlik jamiyat (AJ)larida yuqori dividend siyosati, birja savdo tizimlarining takomillashganligi) moliya bozorining yuqori darajada rivojlanganligi, xususan, qimmatli qog’ozlar bozori (QQB) kapitalizatsiyasining yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmiga nisbatan ulushining yuqoriligi bilan izohlanadi.
Moliyaviy globallashuv sharoitida moliya bozorini xalqaro miqyosda rivojlantirish, investitsiyalardan samarali foydalanishga qaratilgan masalalarning echimiga erishish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Tadqiqot natijalari asosida moliya bozorining milliy va xalqaro tizimlarini rivojlantirishga urg’u berilmoqda hamda uzluksiz ravishda takomillashtirilmoqda.12
Ammo, yirik kompaniyalarning aktsiyadorlik kapitali tuzilmasida davlat ulushining yuqoriligi, moliya bozori orqali investitsiya jalb etishni takomillashtirish, moliyaviy instrumentlar likvidliligini oshirish, jahon kapital bozoriga integratsiyalashuvini ta’minlash orqali moliyaviy resurslar jalb qilishni kengaytirish, qimmatli qog’ozlarning ikkilamchi bozorini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib borish dolzarb ahamiyatga ega.
Ma’lumki, O’zbеkiston iqtisodiyotda hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan tuzilmaviy o’zgarishlar, eng avvalo fond bozori bilan bеvosita bog’liq bo’lib kеlmoqda. Chunki Rеspublikada rеjalashtirilgan invеstitsiya programmasini amalga oshirishda o’tish davriga xos bo’lgan moliyaviy rеsurslarning chеgaralanganligi sеzilmokda. Shuning uchun ham fond bozorining qimmatli qog’ozlaridan samarali foydalanish, ularning eng qulay shakllaridan foydalanish muxim masalalardan biri bo’lib kolmoqda. Hozirgi globallashuv sharotida fond bozorlari iqtisodiyatning asosiy tarmog’i bo’lib kelmoqda. Bundan ko’rinib turbdiki, qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish iqtisodiyotni rivojlantirish demakdir.
Hozir jahon fond bozorlari bir qancha muammoli holatlar vujudga kelmoqda. Prеzidеntimiz bu muammolar haqida quyidagi fikrlarini bildirganlar: - “Muhim masala - yurtimizda fond bozori, fond birjasini yanada rivojlantirish uchun Qimmatli qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi ishini tubdan qayta tashkil etish lozim. Biz bo’sh turgan davlat mulki obyektlarini o’zaro sheriklik asosida xususiy sektorga o’tkazish bo’yicha ishlarni davom ettiramiz. Internet tarmog’ida elektron savdolar va auksionlar orqali yer uchastkalarini, jumladan, tadbirkorlar uchun ajratishning yagona tartibini o’rnatish zarur. Shu maqsadda 2018-yildan boshlab elektron savdo maydonlari orqali davlat aktivlarini sotish bo’yicha elektron tizim tashkil etiladi. 2018-yilda bank tizimi faoliyatini rivojlantirish bo’yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishda banklar bilan tadbirkorlik subyektlari o’rtasida samarali va o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini ta’minlash masalalariga asosiy e’tiborni qaratish zarur. Valyuta bozorini isloh qilishga qarshi bo’lgan ayrim “ekspertlar”ning ikkilanishi va “maslahat”lariga qaramasdan, biz qisqa muddatda xalqaro standartlar asosida valyutani liberallashtirish jarayonini boshladik. Lekin biz yaxshi tushunamizki, bu ish ushbu sohadagi islohotlarning boshlanishi, xolos.
Valyuta siyosati biznes va iqtisodiyotni rivojlantirish manfaatlariga to’liq xizmat qilishi, investitsiya faoliyatiga ijobiy turtki berishi lozim”.13
Shu boisdan, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan «2020-2025-yillarda moliya bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va erkin muomaladagi jami qimmatli qog’ozlarning yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatini 2025-yil oxiriga qadar kamida 10-15 foizga yetkazish kun tartibidagi asosiy masala ekanligi ta’kidlandi»14. Bunday ustuvor va dolzarb vazifalarning samarali amalga oshirilishi mamlakatimizda moliya bozorining xususiyatlari va rivojlanish tendentsiyalarini tadqiq etish hamda moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni faollashtirish lozimligini ko’rsatmoqda. Iqtisodiyotning rivojlanishi tarixiga nazar tashlansa, moliya bozorini avvalambor insoniyat jamiyatida pulning paydo bo’lishi va u bilan bog’liq bozor munosabatlarini amalga oshirila boshlashidan shakllanishini ko’rish mumkin.
Asrlar davomida moliya bozori, uning mazmuni va unga oid tushunchalar shakllanib va uzluksiz rivojlanib kelmoqda. Bunga sabab, inson tsivilizatsiyasining moliya sohasidagi tajribasini boyishi, unda shaxslarning (yuridik va jismoniy) moliyaviy munosabatlari va qiziqishlari kengayib, maqsadlari va faoliyat turlari ortib, manfaatlari tobora o’sib, ularning xaq-xuquqlari borgan sari mustahkamlanib va ta’minlanib borishidadir. Bozorning eng yuqori darajada rivojlangan turi moliya bozori hisoblanadi. Hozirda moliya bozori yuqori darajada tashkillashgan va uzluksiz rivojlanayotgan, borgan sari jahon miqyosida globallashib borayotgan alohida bir butun va o’z muhitiga ega munosabatlar va institutlar (qatnashchilar) majmuasi sifatida namoyon bo’luvchi murakkab tizim ekanligi aniq bo’lmoqda. Bunda moliya bozorlari nafaqat milliy iqtisodiyot, balki global iqtisodiyot rivojini belgilamoqda. Uning mazmun-mohiyati quyidagi kontseptual tushuncha va qonuniyatlar asosida belgilanadi. Moliya bozorini, umuman olganda, quyidagicha ta’riflash mumkin.
Moliya bozori - bu monetizatsiyalashgan real investitsion bazisga ekvivalent moliyaviy instrumentlar bilan bog’liq tashkillashgan iqtisodiy - xuquqiy mexanizm bilan ta’minlangan munosabatlarni maqsadli amalga oshiruvchi, iqtisodiyot sub’ektlari uchun zaruriy bozor sharoitlarini yaratib beruvchi majmua sifatida namoyon bo’luvchi tizim.
“Moliya bozori - pul kapitalining harakatlanishi bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar va institutlar majmuidir”.
“Moliya bozori - moliyaviy vositalardan foydalangan holda moliyaviy bitimlarni amalga oshirish sohasi”.
“Moliya bozori - ortiqcha mablag’larga ega odamlardagi pul mablag’larini pul mablag’lari yetishmayotganlarga o’tkazib berishga xizmat qiluvchi bozor”.
Moliyaviy resurslarni jalb qilishda foydalanuvchi usullarni asoslashda nazariy va amaliy yondashuvlarni tahlil qilish mahalliy, milliy va jaxon kapital bozorlariga nisbatan quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini berdi:
- birinchi navbatda, moliyaviy resurslarni jalb qilish usullari moliyaviy menejmentning maqsadlariga mos ravishda farqlanadi;
- ikkinchidan, moliyaviy resurslarni jalb qilish usullari kapital bozorining segmentlari va turlari bo’yicha o’z xususiyatlariga ega;
- uchinchidan, moliyaviy resurslarni jalb qilish usullari moliyaviy vositalar asosida aniqlanadi;
- to’rtinchidan, moliyaviy resurslarni jalb qilish usullari quyidagi parametrlar: moliyaviy resurslarni jalb qilish maqsadlari, hajmi va shartlari, kompaniyaning tashkiliy va iqtisodiy xususiyatlariga bog’liq.
Moliyaviy resurslarni jalb qilish jarayonida foydalaniluvchi moliyaviy instrumentlarning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotning korporativ sektorida kapital bozori segmentlarining o’zaro munosabatlari shakllanadi.
O’z navbatida, segmentlar o’zaro ta’sirining xususiyatlari va darajasini tahlil qilish qimmatli qog’ozlar bozori va kredit bozorining (kuchli, o’rta, zaif) uch turdagi o’zaro bog’liqligini aniqlash va tavsiflash imkonini beradi. Lekin har qanday bozorni u yoki bu belgi asosida tasniflanishining mazmuni uning tovari hususiyatlari bilan bog’liq holda amaliy ahamiyati bilan belgilanishini hisobga olsak hamda, agar ko’rilayotgan bozor turlaridagi tovarlarni hususiyati, kelib chiqishi va ularning bozor muomalasini bir-biri bilan taqqoslaydigan bo’lsak, albatta sezilarli farq namoyon bo’ladi.
Masalan, ishlab chiqariladigan tovarlar muomalasi uchun ularga hos bo’lgan bozor zarur, qimmatli qog’ozlar uchun esa faqat moliya bozori, pul (valyuta) va kreditlar uchun - mos ravishda pul bozori va kreditlar bozori bo’lishi kerak va h.k. Bunda real tovar, moliya instrumentlaridan farqli, bir yoki bir necha marotaba oldi-sotti bo’ladi, qimmatli qog’ozlar esa cheklanmagan martta oldisotti bo’lishi mumkin. Umuman olganda tovar kimningdir tomonidan ishlab chiqariladi, moliyaviy instrument (jumladan qimmatli qog’oz) esa muomalaga chiqariladi.
Moliya bozori har qanday mamlakatning umumiy bozorini tarkibiy, ammo, asosiy va alohida qismidir. Lekin, moliya bozorining asosi real tovarlar bozoridir.
Bunda moliya bozori real iqtisodiyot va tovar bozorining ustqurmasi sifatida namoyon bo’lishi bilan birga tovar bozori va iqtisodiyotni moliyaviy ta’minlaydi va muvofiqlashtiradi, umuman iqtisodiyotning ob’ektiv holatini ifodalaydi va rivojlanishini belgilaydi. Oʻzbekistonda qimmatli qog’ozlar bozorining iqtisodiyotdagi ahamiyatini yanada oshirish maqsadga muvofiqdir. Bu borada
Oʻzbekiston Respublikasi Przidentining topshirig’iga asosan “2020-2025-yillarda fond bozorini rivojlantirish strategiyasi” ishlab chiqish borasida mas’ul davlat organi va tashkilotlari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, uyushgan qimmatli qog’ozlar bozorining qimmatli qog’ozlar bozoridagi umumiy savdo hajmidagi ulushi sezilarli darajada past ekanligini hisobga olsak, uyushgan qimmatli qog’ozlar bozorini institutitsional va infratuzilmaviy jihatdan yanada rivojlantirish, fond birjasi listing talablarini qayta koʻrib chiqish, fond birjasi va elektron savdo tizimlaridagi komission yig’imlar tarifini engillashtirish, xususiylashtirish jarayonlarida AJlaridagi davlat ulushining fond birjalaridagi erkin savdosini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Moliya bozorini samarali tashkil etish kapital bozorining tuzilmasi, fond birjasi hamda markaziy depozitariyning funktsiyalari, birja savdolari texnologiyasi, listing xususiyatlari, korporativ boshqaruv asoslari, investorlar bilan munosabatlar, marketing vositalari, loyihani boshqarish bo’yicha xorij tajribasi va amaliyotiga jiddiy e’tibor qaratish, shuningdek, bu boradagi muammolarni hal etish bilan chambarchas bog’liqdir.
Tahlillar ko’rsatishicha, barcha rivojlanayotgan mamlakatlarda kuzatilayotgan o’xshash jihatlardan biri likvidlilikning etishmasligidir. Vaholanki, likvidlilik har qanday iqtisodiyot taraqqiyotida hal qiluvchi omil bo’lib, bunda bir-biri bilan bog’liq shunday jarayon kuzatiladiki, chet ellik sarmoyador kompaniya likvidli bo’lsa, unga investitsiya jalb qiladi, ayni paytda korxonaga sarmoya kiritmay turib, likvidlilikni oshirish mushkul.
Aynan shu o’zaro bog’liqlikni ta’minlash yoki boshqarish professional yondashuvni talab etadi. Moliya bozorini samarali tashkil etish va boshqarishda tartibga solish jarayoni juda muhim, ammo u haddan tashqari qat’iylashtirilmasligi zarur. Ushbu bozor rivojlanishi uchun uning ishtirokchilari ko’lamini kengaytirish va bu jarayon listing talabiga javob bermaydigan korxonalar hisobiga amalga oshirilmasligi darkor. Birjada emitentlar ortib, ular tomonidan obligatsiya va aktsiyalar muomalaga chiqarilsa va daromadli bo’lsa, ularni sotib olishga qiziqish kuchayadi. Natijada YaIM hajmida banklar va birja ulushlarining balanslashuvi ta’minlanadi. Shuningdek, moliya bozori rivojida aholi o’rtasida moliyaviy madaniyatni oshirish ham o’ziga xos rol o’ynaydi.
Masalan, Vengriyada 2003-yilda bu borada katta islohotni amalga oshirishga kirishilgan, hozirga kelib bu mamlakatda moliyaviy madaniyatni shakllantirish masalasi maktab darsliklaridan o’rin olgan. Jahon kapital bozorida kuzatilayotgan muhim jihatlaridan yana biri bu, xorijiy investor qaysidir mamlakatga sarmoya kiritmoqchi bo’lsa, uning mahalliy qonunqoidalarga moslashuvi qiyin kechadi. Xalqaro standartlarga muvofiq mavjud milliy qonunchilik esa chet ellik sarmoyadorga qulay sharoit yaratadi.
Jahon talablariga tayanilgan holda hayotga tatbiq etiladigan xuddi shunday hujjatlar qatoriga korporativ boshqaruv kodeksini kiritish mumkin. Shu bois, ishtirokchilarga korporativ boshqaruv tamoyillarining huquqiy asoslari, uni tatbiq etishning o’ziga xos xususiyatlari, shuningdek, AJlarda direktorlar kengashi, unda mustaqil a’zolarning o’rni ham alohida ega. U yerda rivojlangan mamlakatlardagi singari aktsiyalar bilan oldi-sotdini amalga oshirish uchun masofadan turib brokerlik hisob raqami ochish yo’lga qo’yilgan ekan.
Bu xorijiy investorlar uchun juda katta qulaylik va bozor ishtirokchilari sonini oshirishda zarur omillardan biri hisoblanadi. Bizda esa bu jarayon hali yo’lga qo’yilmagan va mavjud qonunchilikka o’zgartirish kiritmasdan turib, uni amalga oshirish imkonsizdir.
Korporativ harakatlarga xizmat ko’rsatish asosida: kapital bozori ishtirokchilarining vaqt va moliyaviy xarajatlarini kamaytirish; kapital bozori ishtirokchilari o’zaro hisob-kitoblaridagi xatarni kamaytirish; daromadlar to’lovi va moliyaviy instrumentlarni so’ndirishning markazlashtirilgan tizimini joriy etish; Markaziy depozitariyni O’zbekiston kapital bozorida yagona hisob-kitob tashkiloti sifatida rivojlantirishga erishiladi.

XULOSA
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda moliya bozori orqali, bir tomondan davlat korxona va tashkilotlar, aholi o’zlari uchun zarur bo’lgan mablag’ni jalb qilsalar, ikkinchi tomondan korxona, tashkilot va aholi o’zlarining vaktincha bo’sh turgan pul mablag’larini qimmatbaho qog’ozlar sotib olishga yo’naltirib foyda ko’radilar. Bu esa moliyaviy resurslarning harakatini ta’minlab, iqtisodiy o’sishga turtki beradi.


Moliya bozorining investitsion faolligini oshirish, nafaqat, aktivlar qiymati va savdo hajmlarining o’sishi bilan birga olib borilishi kerak, balki qimmatli qog’ozlar bozorining barcha ishtirokchilari faoliyati ta’minlanishi zarur. Qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish moliyaviy resurslarni faollashtirishga, ulardan oqilona foydalanishga va iqtisodiy rivojlanishni bir muncha tezlashtirish uchun qayta taqsimlashga yo’naltirish maqsadga muvofiqdir.
Davlat va xo’jalik birlashmalari ulushi mavjud bo’lgan AJlari aktsiyalar paketlarini birlamchi va ikkilamchi ommaviy taklif (IPO va SPO) asosida sotish lozim. Buning natijasida kapital (moliya) bozorining milliy iqtisodiyotdagi mavqeini hamda investitsiyalarni jalb etishdagi rolini oshirish, birja savdolariga keng jamoatchilikni jalb qilish imkoniyati asoslangan.
Strategik ahamiyatga ega yirik kompaniyalarning aktsiyadorlik kapitali tuzilmasida davlat ulushini bosqichma-bosqich qisqartirish yo’nalishlarini ishlab chiqish zarur. Natijada yirik investitsiyalar talab qiladigan tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o’rinlarini yaratish va byudjet daromadlarini oshirish imkoniyati yaratiladi. Moliya bozorini rivojlantirish, nafaqat, davlat yoki korxonalar pul mablag’larini shakllantirish va joylashtirishda, balki mazkur bozorga aholi mablag’larini jalb etishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Mazkur holatlarning barchasi O’zbekistonda moliya bozorini rivojlantirish uchun yagona kontseptsiyaga kuchli ehtiyoj mavjudligidan dalolat beradi. Aholi daromadlari va muomaladagi pul massasining QQB hajmining o’zgarishlariga ta’sirining korrelyatsiya hamda regressiya tahlili natijalari shuni ko’rsatadiki, aholi daromadlarining ortishi QQB hajmiga teskari proportsional (ta’sir qiladi), bu holat mamlakatda aholi daromadlari aksariyati iste’molga yoki boshqa sohalarga yo’naltirilayotganligini bildiradi.
Qo’shimcha ravishda shuni ham e’tirof etish kerakki, mamlakatda aholi daromadlarining moliya bozorida ishtiroki cheklanganligini bildiradi, daromadlarning katta qismi iste’molga sarflanadi yoki aholi daromadlarini moliya bozoriga yo’naltirishdan iqtisodiy manfaatdorligi yuqori emas yohud moliya bozorining investitsion jozibadorligi sust. Moliya bozorida qimmatli qog’ozlar emissiyasi va ularning oldi-sotdisi bilan shug’ullanuvchi bozorga moliya bozori deyiladi. Ushbu bozorning asosiy vazifasi iqtisodiyot ravnaqi uchun zarur investitsiya mablag’larini jamlash hamda taqsimlash, mulkchilik munosabatlarini rivojlantirish, qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi yo’li bilan bozorni qayta taqsimlash, qimmatli qog’ozlar chiqarish yordamida davlat va AJ qarzini moliyalashtirish hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1. O‘zbekiston Respulikasi Konstitutsiyasi. O‘zbekiston Respublikasi referendumi. 2023 yil 30 aprel.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi 637-son Qonuni. 2020 yil 23 sentyabr.
3. Sh.M.Mirziyoyev.Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Toshkent. O‘zbekiston. 2017 y.
4. Sh.M.Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. 2016 y.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. 2017 yil 7 fevral
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmoni. 2019 yil 8 oktyabr.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-sonli Farmoni 2019 yil 6 sentyabr.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni. – O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 8 avgustdagi “Yaponiya bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 285-son qarori. http://nrm.uz/
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus, professonal ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 466-sonli Qarori 2020 yil 7 avgust.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlarni kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 394-sonli qarori. 2019 yil 13 may.
12. S.T.Turg‘unov, F.X.Axmedov, Q.O.Shodmanov, N.Q.Axmedova. D.M.Otajonova. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlari boshqaruv faoliyatining nazariy asoslari. Qo‘llanma. Namangan-2012 y.
13. N.Ismoilov, Q. Shodmanov. Professional ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan pedagogik jarayonlar tahlili. Science and innovation.2022 y.
14. Xasanova G.X. O‘zbekiston, Yaponiya va Janubiy Koreya kasb-hunar ta’limi tizimlarining asosiy xususiyatlari //Zamonaviy ta’lim jurnali.– Toshkent, 2018. №3. – B.23-29 (13.00.00; № 10).
15. Khasanova G.Kh. Comparative analysis of vocational education systems of Uzbe kistan and Japan // Zamonaviy fan, ta’lim va tarbiyaning dolzarb muammolari. – Urganch, 2019. №1. – P. 771-781 (13.00.00; №24).


Foydalanilgan saytlar:

  1. https://lex.uz

  2. https://lex.uz/docs/-1673672#-1673988

  3. https://cyberleninka.ru/article/n/ta-lim-sohasi-xarajatlarini-rejalashtirish-va-moliyalashtirish-masalalari/viewer

  4. https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/download/963/876/1079

  5. https://openbudget.uz/outcomes




1 Carson J. W. Selfregulation in Securities Markets. World bank policy research working paper series. Vol. #5542. 2011.P.75

2 Persaud A. Macro-Prudential regulation in financial markets, ECMI Commentaries. August. 2009. P. 9

3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 7.10.2019dagi fond bozorini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi ma’ruzasi; https://president.uz/uz/2913

4 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-4947- sonli Farmoni. 17.02.2017. https://lex.uz/docs/-3107036

5 https://azkurs.org/?q=moliyaviy+infratuzilma

6 Sh. Shodmanov va boshqalar. «Bozor infratuzilmasi» . — Т.: TDIU . 2003-yil 120-122 betlar.

7 https://azkurs.org/?q=moliyaviy+infratuzilma

8 O‘lmasov A., Sharifxo‘jaev M. Iqtisodiyot nazariyasi. Т.: Mehnat, 1995-yil. 189-190 betlar.

9 Экономическая теория. Учебное издание. Под общ. ред. В.И.Видяпина и др. Т.: ИПК «Шарк», 1999-yil, 86-89-betlar.

10 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligi byudjet normasi asosida

11 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligi byudjet normasi asosida

12 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini oʻrganish va keng jamoatchilik oʻrtasida targʻib etishga bagʻishlangan ilmiy-ommabop qoʻllanma. – T.: «Maʼnaviyat», 2018. 189-b.

13 O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O‘zbekiston Respublikasini 2018-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan murojaatnomasi.

14 Sh.M.Mirziyoyev Fond bozorini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish bayonoti. 2019-yil 7-oktyabr.
http://xs.uz/uzkr/post/fond-bozorini-rivozhlantirish-masalalari-muhokama-qilindi.


Yüklə 280,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin