‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


Fuqarolaming o ‘zini o ‘zi boshqarish organlari



Yüklə 65,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/65
tarix22.12.2023
ölçüsü65,93 Kb.
#190444
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

13.2. Fuqarolaming o ‘zini o ‘zi boshqarish organlari
tomonidan tayinlanadigan va toManadigan nafaqalar
Voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan oilalarga tayinlanadigan va
to ‘lanadigan nafaqalar.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ah- 
kamasining 1996-yil 10-dekabrdagi 437-son qarori bilan tasdiq- 
langan Nizom asosida mazkur nafaqa tayinlanadi'.
Ushbu nafaqani kam ta'm inlangan, bolaligidan homiylikka 
(vasiylikka) olingan 16 yoshgacha (umumtaMim m aktablarida, 
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta'lim olayotgan 16 
yoshdan 18 yoshgacha) bolalari bo‘lgan oilalarga tayinlanadi va 
to‘lanadi.
Nafaqa ota-onalardan birining shaxsiy arizasi asosida 6 oy 
m uddatga tayinlanadi va t o ‘lanadi, ushbu m uddat tugagach 
arizachi yangi muddatga nafaqa toMashni davom ettirish to ‘g‘risida 
ariza bilan m urojaat qilish huquqiga ega. N afaqa har oyda 
to ‘lanadi va undan soliq olinmaydi.
Doimiy yashash joyidagi fuqarolam ing o'zini o ‘zi boshqa- 
rish organiga nafaqa tayinlash to ‘g‘risida yozma ariza bilan muro- 
jaat qilgan hollarida esa ushbu organ raisi (oqsoqoli)ning taqdim- 
nomasiga binoan tayinlanadi.
Nafaqa tayinlash to'g'risidagi ariza ota yoki ona tom onidan 
oilaning yashash joyidagi fuqarolam ing o ‘zini o ‘zi boshqarish 
organining raisi nomiga yoziladi. 1
1 0 ‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to'plami. 1996-yiJ, 12- 
son, 35-modda.
142
www.ziyouz.com kutubxonasi


Oilaga nafaqa:
— bir bolali oilalar uchun — eng kam oylik ish haqining 
50 foizi miqdorida;
— ikki bolali oilalar uchun — 100 foiz miqdorida;
— uch bolali oilalar uchun — 140 foiz miqdorida;
— to 'rt va undan ko‘p bolali oilalar uchun — 175 foiz 
miqdorida belgilanadi.
Agar belgilangan tartibda nafaqa tayinlash davr mobaynida 
o ‘zgarsa, nafaqa miqdori eng kam oylik ish haqining miqdori 
o‘zgargan oydan boshlab tegishli ravishda ko'payadi;
— nogiron chaqaloqli (bolali) oilalar;
— ota-onasiz qolgan bolalaming tarbiyasi bilan qarindoshlari 
shug‘ullanadigan oilalar;
— bolalaming ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham nogiron 
bo‘lgan oilalar;
— ota-onadan biri yoki ikkalasi ham ishsiz bo'lgan, Band- 
likka ko'maklashish markazlarida ish qidiruvchi sifatida hisobda 
turgan oilalar nafaqa bilan ta'm inlanishda imtiyozli huquqdan 
foydalanadilar.
Bolalari to ‘liq davlat ta'm inotida bo‘lgan oilalarga, agar oila- 
dagi bolalaming hammasi ham to ‘liq davlat ta'm inotida bo‘lmasa, 
u holda nafaqa davlat ta'm inotida bo ‘lmagan bolalami hisobga 
olgan holda to ‘Ianadi;
— ota-onasi qonunchilikda belgilangan tartibda ota-onalik hu- 
quqlaridan mahrum etilgan oilalarga;
— moddiy boyligi (daromadi) bolalarining jismoniy, aqliy va 
ma'naviy-axloqiy jihatdan maqbul rivojlanishini ta'm inlash im- 
konini beradigan oilalarga nafaqa tayinlanmaydi.
Oilalarga nafaqa tayinlash va to ‘lash to ‘g‘risidagi qaror sha- 
harcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini (vakillar yig‘ilishi) yoki 
fu q aro lar yig‘ini to m o n id a n shunday m asalalarni hal etish 
uchun vakil qilingan Komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Nafaqa tayinlash uchun arizaga quyidagi hujjatlar qo‘shib 
topshiriladi:
a) oila a ’zolarining tarkibi to ‘g‘risida yashash joyidan m a’lu- 
motnoma;
b) bolalarning tug‘ilganlik to ‘g‘risidagi guvohnomalari nus- 
xasi;
d) 
vasiylik (homiylik)da boMgan bolalarga nafaqa tayinlash 
ch o g ‘ida vasiylik (hom iylik) huquqini belgilovchi organning 
qaroridan ko'chirma;
143
www.ziyouz.com kutubxonasi


e) fu q aro larn in g o 'z in i o ‘zi bo sh q arish organi talabiga 
ko'ra — oila a'zolarining daromadlari haqida m a'lum otnom a;
f) 16 dan 18 yoshgacha bo ‘lgan bolalarga m azkur shaxs 
haqiqatan ham o‘quv yurtida o ‘qiyotganligi va stipendiya olmas- 
ligi to ‘g‘risida o ‘quv yurtidan m a'lum otnom a.
Z arur bo'lgan hujyatlarning asl nusxalari yoki belgilangan 
tartibda tasdiqlangan ko'chirm a nusxalari taqdim etilishi mumkin.
Arizalar maxsus ro'yxatga olish daftarida fuqarolaming o ‘zini 
o ‘zi boshqarish organi raisi (oqsoqoli)ning kotibi tom onidan 
amalga oshiriladi.
Oilaning nafaqaga muhtojligini aniqlash uchun fuqarolaming 
o'zini o ‘zi boshqarish organi huzurida maxsus komissiya tuziladi, 
uning tarkibi fuqarolam ing o ‘zini o ‘zi boshqarish organi raisi 
(oqsoqoli) tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiya tarkibiga o ‘zini o‘zi boshqarish organining masla- 
hatchilari va kotibi, tuman (shahar) hokimligi tomonidan vakil 
qilingan, nafaqalar tayinlash va ularni to ‘lashda fuqarolarning 
o ‘zini o ‘zi boshqarish organiga am aliy yordam ko ‘rsatuvchi 
tum an (shahar) „B andlikka k o 'm ak lash ish m arkazi xodim i, 
shuningdek, zarurat bo'lganda tuman (shahar) soliq va moliya 
organlarining vakillari kiradi.
M axsus kom issiya nafaqa olish u ch u n m u ro jaat qilgan 
oilaning moddiy va mulkiy ahvolini ariza berilgan sanadan bosh- 
lab ikki hafta m uddatda tekshiradi hamda ko'rib chiqish asosida 
nafaqa tayinlash to ‘g‘risida yoki nafaqa tayinlashni rad etish 
haqida fuqarolar yig‘iniga ikki hafta muddatda taklif kiritadi.
O ilaning m oddiy va mulkiy ahvolini tekshirish natijalari 
yuzasidan tekshirish dalolatnomasi tuziladi va unda quyidagilar 
majburiy tartibda ko'rsatilishi kerak:
— tekshirilayotgan oilaning tarkibi;
— tekshirilayotgan oila umumiy daromadining miqdori;
— oila a'zolari darom adlari shakJJanishining asosiy manba-
lari;
— katta yoshdagi (mehnatga layoqatli) oila a'zolarining ish 
bilan ta'minlanganligi to ‘g‘risida m a'lum otnom a.
H ar bir oila a'zosiga to ‘g‘ri keladigan oilaning um um iy 
daromadini aniqlash uchun barcha turdagi darom adlar qo‘shib 
chiqiladi va hosil boigan summa oila a'zolari soniga taqsimlanadi 
(daromadlar deganda: soliq solinadigan daromadlar, pensiyalar, 
stipendiyalar va ijtimoiy xususiyatga ega boigan boshqa toiovlar,
1 4 4
www.ziyouz.com kutubxonasi


shuningdek, shaxsiy yordam chi xo'jalikdan olinadigan daro- 
m adlar hisobga olinadi). Ikki va undan ortiq oy uchun oila 
a'zolarining daromadlari hisobga olinishi kerak bo‘1gan hollarda — 
hisobga olinishi kerak b o ‘lgan davr uchun oila a'zolarining 
umumiy daromadi oila a'zolarining soniga va mazkur davrdagi 
oylar soniga taqsimlanadi.
Fuqarolaming o'zini o ‘zi boshqarish organi mezonlarini va 
nafaqa tayinlash uchun asoslarni o'zini o ‘zi boshqarish organi 
schotlaridagi mablag‘lar miqdoridan va 
nafaqaning belgilangan 
miqdorlaridan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda belgilaydi.
N afaqa tayinlash to ‘g‘risida qaror qabul qilish ch o g ‘ida 
arizachining fuqarolar yig‘inida (komissiya yig‘ilishida) ishtirok 
etishi majburiydir. Arizachi uzrli sabab (kasallik yoki boshqa uzrli 
sab ab lar) bilan q a tn ash m a g an h o llard a fu q a ro la r yig‘iniga 
oilaning balog‘at yoshiga yetgan boshqa a'zosi qatnashishi shart. 
Arizachi yoki oilaning boshqa vakili qatnashm agan hollarda 
mazkur oilaga nafaqa tayinlash to ‘g‘risidagi masala ko‘rib chi- 
qilmaydi va u fuqarolaming keyingi yig'inida (komissiya yig‘i- 
lishida) ko‘rib chiqish uchun qoldiriladi.
Nafaqa tayinlash rad etilgan hollarda rad etish sababi ko‘rsa- 
tiladi ham da tegishli qaror qabul qilingandan so ‘ng 5 kun 
muddatda arizachi bu haqda yozma ravishda xabardor qilinadi.
Mehnat faoliyatidan bo‘yin tovlab yurgan va jamiyatga xilof 
ravishda turmush kechirayotgan ota-onalarning 
qarovsiz qolgan 
bolalariga ota-onalarining yozma arizalarisiz fuqarolaming o ‘zini 
o ‘zi boshqarish organi raisi (oqsoqoli)ning taqdim nom asiga 
binoan fuqarolar yig‘ini tomonidan nafaqa tayinlanishi mumkin. 
Bunday hollarda nafaqa natura shaklida berilishi mumkin. Bunda 
komissiya a ’zolaridan hisob beruvchi shaxs tayinlanadi.
Tayinlangan, ammo o ‘z vaqtida talab qilib olinmagan (to‘lan- 
magan) nafaqalar o ‘tgan vaqt uchun to ‘liq miqdorda to ‘lanadi. 
Bunday hollarda nafaqa olinmagan barcha davr uchun nafaqa bir 
yo‘la to'lanadi. Bunda agar arizachi mazkur nafaqaga zarurati 
bo‘lmaganligidan uni o ‘z vaqtida olmaganligi aniqlansa, ya'ni oila 
nafaqaga muhtoj bo‘lmasa, o ‘zini o ‘zi boshqarish organi raisi 
(oqsoqoli)ning taqdim nom asiga k o ‘ra, fuqarolar yig‘ini yoki 
komissiya bundan keyin nafaqa berishni bekor qilish to ‘g‘risida 
qaror qabul qilishi mumkin.

Yüklə 65,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin