K I R I S H Jahonda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz va tangliklar avj olayotgan
davrda mamlakatimiz iqtisodi, ijtimoiy sohalari, madaniy-ma'naviy
hayotida qo'lga kiritilayotgan salmoqli yutuqlar oldimizga qo‘yilgan
ezgu va oliy maqsad real amaiga oshishini, ko‘zlagan manzilimizga
ishonch bilan intilayotganimizni yaqqol isbotlaydi.
O ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti l.A. Karimov ta'kidlaga-
nidek: „Haqiqatan ham, qariyb yigirma yillik mustaqil taraqqi-
yotimiz mobaynida 0 ‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o ‘sishi
3,5 barobami, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 barobarni,
aholining real daromadlari 3,8 barobami tashkil etgani e'tiborga
sazovordir. Ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar sohada erishilgan mar-
ralar — aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yo‘naltirilgan davlat
xarajatlarining 5 barobar ko'paygani, turmush darajasining sezi-
larli ravishda yaxshilangani va buning natijasida bolalar o ‘limi uch
barobar kam aygani, odam larning o ‘rtacha um r ko'rishi 67
yoshdan 73 yoshga, jumladan, ayollaming o'rtacha umr ko'rishi
75 yoshga yetganini mamnuniyat bilan ta'kidlasak arziydi, deb
o ‘ylayman“ l .
Ushbu fikrlar mutaxassis kadrlar tayyorlash, ulaming zamo-
naviy bilimlarga, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari, mamla-
katimizning bugungi kuni va istiqboli uchun nechog‘liq katta
ahamiyat kasb etishini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
0 ‘zbekiston Respublikasining xalqaro huquqning mustaqil
subyekti sifatida jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, xalqaro
norma va qoidalami tobora kengroq milliy qonunchiligimizga
singdirib borilayotgani, demokratlashtirish va erkinlashtirish jara-
yonlarining jadal rivojlanayotgani, inson huquqlari bebaho qad-
riyat sifatida e ’tirof qilingani va davlat organlari, jam oat birlash-
malari faoliyati inson manfaatlariga bo‘ysundirilganligi
mazkur
darslikda o ‘z aksini topgan.
1
I.A. Karimov. Mamlakatimizda demokratik islohntlarni chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T., ,,0 ‘zbekiston" NMIU,
2010, 4 - 5 - h .
3
www.ziyouz.com kutubxonasi