O\'zbek tili stilistikasi (S.Sultonsaidova, O\'.Sharipova)
Allegoriya — yunoncha so‘z bo ‘lib, qochiriq, kesatiq degan
ma’noni bildiradi. Bu trop ham so‘zlaming ko‘chma m a’nosiga
asoslanadi. Ijodkor mavhum tushunchalar to ‘g‘risida aniq tasavvur
hosil qilish niyatida uni biror xususiyali bilan yaqinlashadigan
n a rs a la r o rq a li ta sv irla y d i. M u m to z sh o ir G u lx a n iy n in g
«Zarbulmasal» asari allegoriyaga asoslangan. Undagi «
Tuya bilan b o ‘taloq», «Toshbaqa bilan chayon »,
«Maymun bilan najjor» kabi
masallaridagi obrazlar allcgorik xususiyatga cga. «
Tuya biian bo‘taloq» masalida crki o‘zida bo‘lmagan kishining fojiasiga,
«Toshbaqa bilan chayon»da do ‘st tanlashda adaslimaslik kerakligiga ishora qilinsa,
«Maymun bilan najjor» masalida esa qo‘lidan kclmagan ishga uringan
kishi, albatta, sharmanda bo‘ladi, degan fikrlar ifodalanadi.
Maqollarda allegoriya ko‘plab uchraydi. Masalan,
ko ‘ipangga qarab oyoq uzat, bo‘yingga qarab to‘n bich, men ne deyman, qo‘bizim ne deydi kabilar.
Simvol — qadimgi greklarda maxfiy bir tashkilot a ’zolarining
bir-birlarini bilishlari uchun qo‘llangan shartli belgi.
Hayotiy voqea, tushuncha va narsalaming ifodasi uchun so‘zlami
ma’lum ravishda ko‘chma ma’noda ishlatishga simvol deyiladi. Ko‘chma
m a’noda ishlatilgan nom qandaydir bir xususiyati bilan m a'lum
hayotiy voqea va tushunchalami eslatib turislii kerak. Masalan, tong
- quvnoqlik, yoshlik, baxt ramzi. Akademik shoir G ‘afur G ‘ulomda
tong — g‘alaba ramzi. U «Sen yetim emassan» she’rida
«Tongyaqin, 73 www.ziyouz.com kutubxonasi
tong yaqirt, oppoq tong yaqin» deb g‘alaba yaqinligiga ishonishga
ehaqiradi. Hayotda simvol ko‘p ishlatiladi. 0 ‘zbekiston gerbidagi