Zbekiston respublikasi raqamli texnalogiyalar vazirligi



Yüklə 372,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix28.11.2023
ölçüsü372,22 Kb.
#168218
1   2   3   4   5   6
malumotlar tuzulmasi 1 mustaqil ish

ma’lumot turi
, ushbu o’zgaruvchi qabul qilishi 
mumkin bo’lgan qiymatlar to’plamini anglatadi. Ma’lumotlar turi natural va butun 
sonlar, haqiqiy (o’nlik kasr ko’rinishidagi) sonlar, satrlar, belgilar va boshqalarni o’z 
ichiga oladi. 
Ba’zi dasturlash tillarida har bir konstanta yoki o’zgaruvchilarning turini unga 
ta’minlangan qiymatning yozilishiga qarab kompilyator aniqlaydi. Masalan, o’nlik 
sonda qo’llaniladigan nuqta, haqiqiy son belgisi sifatida qabul qilinadi. Boshqa 
dasturlash tillarida esa, dasturchi tomonidan kirtilayotgan har bir o’zgaruvchining turi 
aniq ko’rsatilishi talab etiladi, va bu muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Dastur 
bajarilishi davomida o’zgaruvchining qiymati bir necha marta almashishi mumkin, 
lekin uning turi o’zgarmasligi kerak. Bu kompilyator o’zgaruvchi ustida bajariladigan 
amallarni uning tavsiflanishiga mos ravishda tekshirib chiqadi. Bu tekshirish to’liq 
dastur matni bo’yicha amalga oshiriladi va natijada dastur bajaradigan barcha amallar 
aniqlab olinadi. 
Dasturlash tilining maqsadiga qarab, kompilyatsiya jarayonida ma’lumotlarning turi 
himoyalanganlik darajasi mavjud. Masalan, Pascal dasturlash tilida ma’lumotlarning 
turi qat’iy himoyalangan bo’lib, dasturning sarlavha qismidayoq dasturda 
qo’llaniladigan barcha o’zgaruvchilar va konstantalarning turlari aniqlab berilishi 
talab qilinadi. C dasturlash tilida esa buning teskarisi bo’lib, ma’lumotlarning turini 
aniqlash dastur bajarilishi vaqtida dasturchi tomonidan aniqlanishi ham mumkin. Bu 
esa C dasturlash tilida ma’lumotlarning turi kuchsiz himoyalanganligini bildiradi. Shu 
bilan birgalikda ma’lumotlarning turi qat’iy himoyalanmagan dasturlash tillarida 
dasturning to’g’ri ishlashiga javobgarlik dasturchining o’ziga yuklatilgan. 
Ma’lumotlarning abstrakt (mavhum) 
turlari 
– bu matematik model va shu model 
doirasida aniqlangan turli xil operatorlardir. Abstrakt ma’lumotlar turi bilan 
algoritmlarni ishlab chiqish mumkin, lekin ma’lum bir dasturlash tilida algoritmlarni 
qo’llash uchun 
ma’lumotlarning abstrakt turlari
ni ushbu dasturlash tiliga mos 
ma’lumotlar turi va operatorlar yordamida ishlab chiqiladi. 
Ma’lumotlarning abstrakt turlarini tavsiflash uchun o’zida o’zgaruvchilarning aniq 
to’plamini, mumkin bo’lgan ma’lumotlar turini mujassamlashtirgan 

Yüklə 372,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin