ma’lumot turi , ushbu o’zgaruvchi qabul qilishi
mumkin bo’lgan qiymatlar to’plamini anglatadi. Ma’lumotlar turi natural va butun
sonlar, haqiqiy (o’nlik kasr ko’rinishidagi) sonlar, satrlar, belgilar va boshqalarni o’z
ichiga oladi.
Ba’zi dasturlash tillarida har bir konstanta yoki o’zgaruvchilarning turini unga
ta’minlangan qiymatning yozilishiga qarab kompilyator aniqlaydi. Masalan, o’nlik
sonda qo’llaniladigan nuqta, haqiqiy son belgisi sifatida qabul qilinadi. Boshqa
dasturlash tillarida esa, dasturchi tomonidan kirtilayotgan har bir o’zgaruvchining turi
aniq ko’rsatilishi talab etiladi, va bu muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Dastur
bajarilishi davomida o’zgaruvchining qiymati bir necha marta almashishi mumkin,
lekin uning turi o’zgarmasligi kerak. Bu kompilyator o’zgaruvchi ustida bajariladigan
amallarni uning tavsiflanishiga mos ravishda tekshirib chiqadi. Bu tekshirish to’liq
dastur matni bo’yicha amalga oshiriladi va natijada dastur bajaradigan barcha amallar
aniqlab olinadi.
Dasturlash tilining maqsadiga qarab, kompilyatsiya jarayonida ma’lumotlarning turi
himoyalanganlik darajasi mavjud. Masalan, Pascal dasturlash tilida ma’lumotlarning
turi qat’iy himoyalangan bo’lib, dasturning sarlavha qismidayoq dasturda
qo’llaniladigan barcha o’zgaruvchilar va konstantalarning turlari aniqlab berilishi
talab qilinadi. C dasturlash tilida esa buning teskarisi bo’lib, ma’lumotlarning turini
aniqlash dastur bajarilishi vaqtida dasturchi tomonidan aniqlanishi ham mumkin. Bu
esa C dasturlash tilida ma’lumotlarning turi kuchsiz himoyalanganligini bildiradi. Shu
bilan birgalikda ma’lumotlarning turi qat’iy himoyalanmagan dasturlash tillarida
dasturning to’g’ri ishlashiga javobgarlik dasturchining o’ziga yuklatilgan.
Ma’lumotlarning abstrakt (mavhum) turlari – bu matematik model va shu model
doirasida aniqlangan turli xil operatorlardir. Abstrakt ma’lumotlar turi bilan
algoritmlarni ishlab chiqish mumkin, lekin ma’lum bir dasturlash tilida algoritmlarni
qo’llash uchun
ma’lumotlarning abstrakt turlari ni ushbu dasturlash tiliga mos
ma’lumotlar turi va operatorlar yordamida ishlab chiqiladi.
Ma’lumotlarning abstrakt turlarini tavsiflash uchun o’zida o’zgaruvchilarning aniq
to’plamini, mumkin bo’lgan ma’lumotlar turini mujassamlashtirgan