Algoritmlarda qo’llaniladigan ma’lumotlar tuzilmasi juda murakkab bo’lishi mumkin.
Ma’lumotlarni to’g’ri taqdim etish natijasi muvaffaqiyatli dasturlash kaliti sifatida
xizmat qiladi. Ma’lumotlar tuzilmasining qurilish materiali tayanch yoki tarkibli
ma’lumotlar turini saqlashga mo’ljallangan
yacheyka
lar hisoblanadi. Ma’lumotlar
tuzilmasi yacheykalar majmuasiga boshqa yacheykalar vakili (ya’ni ko’rsatkichlar)
sifatida nom berish orqali ishlab chiqiladi.
Xotirani adreslash
Ixtiyoriy mashina komandasi – kodi ikkita maydon: amallar
va adreslardan tashkil
topgan.
Komandaning adres maydonida adres kodi saqlanadi. Ko’p hollarda ma’lumotlarga
murojaat fizik adres bo’yicha amalga oshiriladi. Odatda
fizik adres komandaning
adres maydoniga
mos kelmaydi, lekin unga bog’liq bo’ladi. Umumiy holda kodning
adresini fizik adresga akslantirish – adreslash deyiladi.
Hozirgi vaqtda o’ndan ziyod adreslash usullari va ularning modifikatsiyalari mavjud.
Ma’lumotlarni adreslash mavjud barcha usullarini ikkita asosiy guruhga ajratiladi:
to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) va bilvosita.
Bevosita adreslash usulida operandning joylashgan adresi yoki operandning o’zi
bevosita adres kodida joylashgan bo’ladi. Bilvosita
adreslash usulida esa, adres kodi
bo’yicha fizik adresni shakllantirish protsedurasi bajarilishi kerak, buning uchun
hisoblash mashinalarida maxsus adreslash muxanizmi qo’llaniladi.
Ma’lumotlar
tuzilmasi klassifikatsiyasi
Fizik
ma’lumotlar tuzilmasi deganda ma’lumotlarning mashina xotirasida
tasvirlanishini tushinish kerak va bu tushuncha ba’zan saqlash tuzilmasi, ichki tuzilma
yoki xotira tuzilmasi kabi nomlar bilan ham yuritiladi.
Ma’lumotlarning mashina xotirasida tasvirlanishini hisobga olmasdan hosil qilingan
tuzilmalari abstrakt (mavhum) yoki
mantiqiy
tuzilma deb ataladi. Umumiy holda
mantiqiy tuzilma bilan uning mos fizik tuzilmasi orasida farq mavjud bo’lib, bu
ma’lumot taqdim etiladigan muhitning tuzilishi va xususiyatlariga bog’liq bo’lgan
farqlar hisoblanadi. Shuning uchun ham mantiqiy tuzilmani fizik tuzilmaga va
aksincha, fizik tuzilmani mantiqiy tuzilmaga aylantiruvchi (aklantiruvchi)
protseduralar ishlab chiqilgan. Bu protseduralar, fizik tuzilmalarga kirish (murojaat)
va fizik tuzilmalar ustida turli xil amallarni bajarishni ta’minlab beradi, bajariladigan
har bir amal mantiqiy yoki fizik tuzilmada qo’llanilayotganligiga bog’liq holda
o’rganiladi.
Ma’lumotlar tuzilmasi
Dostları ilə paylaş: