Yozuv
– bu bironta ob’ektga tegishli turli toifadagi maydonlar to’plamidir.
Fayl
- bu bir-biriga bog’liq bo’lgan yozuvlar to’plamidir. Masalan, barcha talabalar
xaqidagi yozuvlarni o’z ichiga olishi mumkin,
Kalit
– bu yozuvdagi maydon bo’lib, aynan shu yozuvni boshqa yozuvlardan ajratib
turishga xizmat qiladi, uning qiymati boshqa yozuvlarda takrorlanmas hisoblanadi.
Ba’zida bittadan ko’p maydonlar qiymatlari elementlararo betakror bo’lishi mumkin
va bunga
karrali kalit
deyiladi. Ko’pincha asosiy kalit hisoblanadigan bitta maydon
ma’lumoti ishlatiladi va u
boshlang’ich kalit
deyiladi, qolganlari esa
alternativ
kalit
deyiladi. Ba’zida esa yozuvlaning yagona qiymatlatli kalit maydonni yo’qligi
sababli kalit sifatida bir nechta maydonlar olinadi va ularga
tarkibli
kalit
deyiladi. Eng yomon holatda, ba’zan shunaqa bo’lishi mumkinki, bironta
maydon kalit bo’la olmasa, har bit elementga qo’shimcha, qiymati yagona bo’lgan
kalit maydon kiritiladi.
Axborot.
Ko’pincha ma’lumot va axborot tushunchalarini bir xil ma’noda ishlatishadi.
Lekin aslida esa axborot bu ma’lumotga qaraganda kengroq tushunchadir.Axborot bu
qayta ishlangan ma’lumotdir.Ma’lumot esa qiymatlar yig’indisidir, yani bironta
yakuniy xulosa bermaydi.Qaror qabul qilishda xali foyda bermaydi. Ma’lum
qoidalar asosida qayta ishlangach, yangi xosil qilingan ma’lumotlar axborotga
aylanadi va qaror qabul qilishda foydali hisob
lanadi.
Ma’lumot - bu
biror bir ob’ekt, jarayon, hodisa yoki voqelikni ifodalab (tasniflab)
beruvchi belgi yoki belgilar majmuasidir.
Berilgan ma’lumot (belgi)lar qanday qiymat qabul qilishiga qarab ma’lumotlarni bir
qancha turlarga ajratish mumkin.
Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar dastur tuzish uchun zarur bo’lgan tushunchalar
sifatida qaraladi. O’rnatilgan ma’lumotlar tuzilmasi ikkilik miqdor (kodlangan
ma’lumot)lar saqlanadigan registrlar va xotira so’zlarini ifodalab beradi. Qurilmani
loyihalash uchun ishlab chiqilgan algoritm – bu elektron mantiqiy qurilmalarda qat’iy
amalga oshiriladigan qoidalar bo’lib, xotirada saqlangan ma’lumot bajarilishi lozim
bo’lgan komanda sifatida bo’ladi.
Dasturlash – bu nafaqat aqliy faoliyatni avtomatlashtirish, balki, ilmiy tadqiqot
predmeti hisoblanadi.
Qandaydir amaliy masalani yechish uchun dastur tuzish jarayoni quyidagi bir nechta
bosqichlardan tashkil topgan:
1. Masalaning qo’yilishi (qo’yilgan masalaga texnik topshiriqni ishlab chiqish);
2. Rasmiylashtirish – formallashtirish (masalaning matematik qo’yilishi);
3. Masalani yechish usulini tanlash (yoki ishlab chiqish);
4. Algoritmni ishlab chiqish (algoritmlash);
5. Dastur tuzish (dasturlash);
6. Dasturni
testlash va otladka qilish
;
7. Natijalarni hisoblash va qayta ishlash hamda dasturni hujjatlashtirish
(foydalanuvchi yo’riqnomasini ishlab chiqish).
Dasturlash jarayonini quyidagicha sxema orqali iqodalash mumkin:
Ma’lumot va uning xotirada tasvirlanishi
Hisoblash mashinalari yordamida har qanday masalani yechish ma’lumotlarni
xotiraga yozish, xotiradan o’qish va uni qayta ishlashni hisobga olgan holda
bajariladi.
Nazariy jihatdan ma’lumot noaniqliklarni aniqlovchi vosita sifatida qaraladi.
Faraz
qilaylik
, biror bir tizimning N ta mumkin bo’lgan holati mavjud bo’lsin, har bir holat
paydo bo’lishi mustaqil P ehtimolga ega bo’lsin. U holda bu tizimning noaniqligi
quyidagi ko’rinishda aniqlanadi:
∑
=
(P(i)*log
2
P(i))
Tizimning noaniqligini o’lchash uchun bit deb ataluvchi maxsus birlik qabul qilingan.
Bit hech bo’lmaganda ikkita mumkin bo’lgan holatga bog’liq noaniqlik (yoki
ma’lumot)ning o’lchovi hisoblanadi, masalan rost-yolg’on yoki bor-yo’q holatlar. Bit
noaniqlik va axborotning o’lchovi sifatida qo’llaniladi, ya’ni olingan axborotlar soni
axborotlarni olish natijasida yo’qotilgan noaniqliklar soniga teng.
Ma’lumotlarni saqlash
Kompyuterda eslab qoluvchi qurilmalarni asosiy uchta ko’rinishi mavjud: o’ta tezkor,
tezkor va tashqi xotira. Odatda o’ta tezkor xotira registrlardan tashkil topgan bo’ladi.
Registrlar ma’lumotlarni vaqtincha saqlab turish va akslantirish uchun qo’llaniladi.
Juda muhim registrlardan ba’zilari komp’yuterning markaziy protsessorida
joylashgan. Markaziy protsessor arifmetik amallarning argumentlari (ya’ni
operandlar) joylashadigan (vaqtincha saqlanadigan) registrlardan tashkil topgan.
Registrga yuborilagan ma’lumotlarni qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lish amallar
juda murakkab mantiqiy sxema orqali bajariladi. Bundan tashqari, registrlarda
boshqaruv ketma-ketligini to’g’ri bajarilishini tekshirish zaruriyatidan kelib chiqqan
holda alohida bitlarda tahlil qilinadi. Arifmetik amallardagi operandlar va natijalarni
vaqtincha saqlashdan tashqari, registrlar dastur komandalarini va keyingi
bajariladigan komandaning tartib raqami haqidagi boshqaruv ma’lumotlarini ham
vaqtincha saqlash vazifasini bajaradi.
|