Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 284,33 Kb.
səhifə6/8
tarix15.08.2023
ölçüsü284,33 Kb.
#139379
1   2   3   4   5   6   7   8
Quvochbek

Ekspert tizimni qo'llash mezoni
Bir qator masalalar borki, ularni bilimlarga asoslangan tizimda yechimini topish istalgan boshqa yo'llar bilan topishdan oson kechadi. Bu tizimlardan foydalanilganda quyidagi mezonlarga asoslangan holda ish yuritiladi:
• Ma'lumot va bilimlar ishonchli, vaqt o'tishi bilan o'zgarmaydi;
• Bo'lishi mumkin yechimining ko'lami katta emas;
• Masala yechimini topishda formal fikrlamaydi. Bilimlarga asoslangan tizimlar borki, ular masala yechimini abstrakt tushunchalar yordamida yecha olmaydilar. Masala yechimi protsedura tahliliga bog'liq bo'lgan hollarda bilimlarga asoslangan tizimlarga nisbatan, oddiy dastur mahsulotlari yaxshiroq natija beradi. Bilimlarga asoslangan tizimlar ko'proq formal fikr yuritish kerak bo'lgan hollarda yaxshi natija beradi;
• hech bo'lmaganda, o'z bilimlarini shakllantirib, ularni masala yechishdagi usullarini asoslab bera oladigan bitta bo'lsa ham ekspert bo'lishi kerak.
ET larni quyidagi masalalarni yechishda qo'llash maqsadga muvofiq emas:
1. Oddiy matematik usul bilan, formal o'zgartirish va protsedura tahlili yordamida yechiladigan masalalarda;
2. Aniqlash masalalarida, chunki ular raqamli usullar yordamida yechiladi;
3. Yechimi haqida ma'lumot bo'lmagan masalalarda.

Ekspert tizimlardan foydalanish
Hatto, hozirda katta EHM da ham, kichik EHM da ham yaxshi ishlaydigan ekspert tizimlar, odam ekspertga nisbatan ma'lum chegaralanishga ega.
1. Ko'pchilik ET foydalanuvchi tomonidan ishlatishga yaroqli emas. Agar siz bu tizimlar bilan avvaldan ishlamagan bo'lsangiz, unda siz katta qiyinchiliklarga duch kelishingiz mumkin. Ko'pchilik tizimlar faqatgina bilimlar bazasidan yaratuvchi ekspertlar tomonidan foydalanishlari mumkin.
2. Odatda bu tizimlarda qo'llaniladigan savol-javob rejimi, yechimni olishni qiyinlashtiradi. Masalan, MYCIN tizimidan foydalanmagan vrach, tizimdan foydalanganga nisbatan yechimga tezroq ega bo'lishi mumkin (ko'pgina hollarda shunday bo'ladi).
3. Ekspertiza seansidan keyin tizimni ishlata bilish darajasi o'zgarmaydi.
4. Ekspertlardan olingan bilimlarni mashinada effektiv holda ishlatadigan ko'rinishga keitirish haligacha muammoligicha qolmoqda.
5. ET larni o'qitish mumkin emas, ular ongli fikrlay olmaydi. Uy mushugi maxsus o'rgatmasdan ham oddiy vazifalarni bajarishi mumkin, yosh bolaning idishdagi suvni ustiga ongli holda to'ka olmasligi tabiiy holdir, lekin Komp’yuter klaviaturasiga kofeni to'ka boshlasangiz, uning klaviaturani tortib olishga «aqli» yetmasligi aniqdir.
6. ET larni katta predmet sohada qo'llab bo'lmaydi. Ulardan foydalanishda ekspert bir necha minut yoki bir necha soatda yechimni bera olishi mumkin bo'lgan kichik predmet sohalar bilan chegaralangan.
7. Ekspertlar bo'lmagan soha (masalan, astrologiya) da ET lardan foydalanib bo'lmaydi.
8. ET larni faqat kognitiv masalalarni yechish uchun jalb qilish maqsadga muvofiq. Tennis, velosiped poygasi ET uchun predmet soha bo'la olmaydi, lekin bu tizimlarni futbol komandalarini tahrirlashda ishlatish mumkin.
9. Agar natijaning formal usullari yoki shu masalaga o'xshash masala bo'lmasa, inson-ekspert yechimni topish uchun masalaga ongli yondashadi.
10. Yechim ming xil hodisa va vaqt o'tishi bilan o'zgarib turadigan o'zgaruvchilarga bogiiq bo'lsa, bilimlarga asoslangan tizimlar to'liq tahlil uchun yaroqsiz ekanligi kelib chiqadi. Bunday hollarda oddiy tildagi ma'lumotlar bazasi interfeysini ishlatgan ma'quldir.



Yüklə 284,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin