O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
___________________________kafedrasi
________________________fani bo’yicha
MUSTAQIL ISH
Mavzu: MBBTDAGI MA`LUMOTLARNING TURI
Bajardi:_________ guruh talabasi
_____________________________
Tekshirdi:____________________
Toshkent – 2023
Reja:
Kirish
Asosiy qism
1. Ma’lumotlar bazasi
2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi
3. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimidagi ma’lumotlar turi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Ko‘pchilik, terminlarni tushunish bo‘yicha biroz qiynalishadi, lekin aynan terminlarni bilish, qo‘yilgan vazifalarni yechishda yoki paydo bo‘lgan xatoliklarni bartaraf etishda juda kerak bo‘ladi. Misol uchun, biror muammo paydo bo‘lsa, biz darhol Google’ni yordamga chaqiramiz, agar Google qidiruv tizimiga terminlar orqali so‘rov bersangiz, muammo yechish qiyinchilik tug‘dirmaydi, agar terminlarsiz oddiy so‘zlar bilan qidirishni amalga oshirsangiz, muammoni yechishga ancha vaqt ketib qoladi.
Ma’lumotlar bazasi bu — tartiblangan ma’lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir hil turdagi axborotlarni o‘zida saqlovchi va berilgan so‘rovlar orqali ularni taqdim etuvchi model. Misol uchun, kitoblar javoni, bu ma’lumotlar bazasi hisoblanadi, ya’ni bir hil turdagi (kitoblarni) ob’yektlarni o‘zida saqlaydi, yoki bo‘lmasa telefon raqamlar yozilgan kitobcha, bu yerda ism, telefon raqam kabi bir hil tipdagi ma’lumotlar saqlanadi, bu ham ma’lumotlar bazasi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi — bu ma’lumotlar bazasini hosil qiluvchi, ma’lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, MBBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Ma’lumotlar bazasi faqat ma’lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MBBT bajaradi. Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar, SQL so‘rov tillari orqali boshqariladi, bu tilda MBBT’ga so‘rov beriladi, bu so‘rov u yerda qayta ishlanib, natija olish uchun ma’lumotlar bazasiga murojaat qiladi, u yerdan so‘rovga mos ma’lumotni olib, so‘rovga javob beradi:
So‘rov berish:
SQL so‘rov -> MBBT -> Ma’lumotlar bazasi
Natija olish:
Ma’lumotlar bazasi -> MBBT — > So‘rovga javob
Quyidagi dasturlar MBBT’ga misol bo‘la oladi:
— Oracle;
— MySQL;
— Microsoft Office Access;
— MariaDB;
— Microsoft SQL Server;
Hulosa shuki, siz o‘ylagan bu dasturlar, ma’lumotlar bazasi emas, balki MBBT hisoblanadi.
Ma’lumotlar bazasi MBBT’ning bir qismidir, demak bu dasturlarni ishlatganda «ma’lumotlar bazasi sifatida Oracle’ni tanladim» emas, balki «Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi sifatida Oracle’ni tanladim» to‘g‘ri bo‘ladi.
ASOSIY QISM
Demak, ma’lumotlar bazasi deganda ma’lum bir strukturada saqlanadigan ma’lumotlar to‘plami tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda MB - bu ma’lum berilgan aniq bir strukturaga ega bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi maxsus formatga ega bo‘lgan fayldir. Ma’lumotlarni strukturalashtirish - bu shunchaki ma’lumotlarni tasvirlashda qandaydir moslikni kiritish usulidir. Odatda MB ma’lum bir ob’ekt sohasini ifodalaydi va uning ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, ularni saqlaydi va foydalanuvchiga ma’lumotlarni qayta ishlashda undan foydalanish imkonini yaratib beradi.
XULOSA
Hozirgi kunda inson faoliyatida ma’lumotlar bazasi (MB) kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rolь o‘ynamoqda. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o‘zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir.
Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko‘rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o‘rinli bo‘lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.
Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma’noda ma’lumotlar bazasi - bu qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushiniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Ma’lumotlar bazasi. Sh Nazirov, A. Ne’matov, R.Qobulov, N. Mardonova – 2007
M.X.Hakimov, S.M. Gaynazarov. Berilganlar bazasini
boshqarish tizimlari - 2015
Dostları ilə paylaş: |