Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 94 Kb.
səhifə2/3
tarix22.10.2023
ölçüsü94 Kb.
#159798
1   2   3
JASURBEK

TIZIMLI BLOKNING ASOSIY QISMLARI
Sistema bloki kompyuterning asosiy qismi bo’lib, o’z ichiga quyidagi elementlarni jamlaydi:

  1. Bosh plata. 2). Mikroprosessor. 3). Qattiq disk (vinchester) . 4) Operativ xotira. 5) Diskovod. 6) Tashqi qurilmalar kontrollerlari.




Bosh plata - asosiy elektron sxema bo’lib, unga tashqi qurilmalar kontrollerlari shina orqali ulanadi, unga mikroprosessor, BIOS, CMOS, operativ xotira kabi elementlar tikiladi va tashqi qurilmalar kontrollerlari o’rnatiladi.

Mikroprosessor arifmetik-logik qurilma bo’lib, kompyuterning “yuragi” hisoblanadi. Mikroprosessor sekundiga millionlab har xil amallarni bajaradi. IBM PC kompyuterlarida INTEL, AMD, CYRIX, IBM va boshqa firmalarning mikroprosessorlari ishlatiladi.
Qattiq disk (Vinchester) tashqi xotira hisoblanib, kompyuterda asosiy axborot saqlovchi qurilmadir. Zamonaviy kompyuterlarda 80 Gb dan 500 Gb gacha bo’lgan qattiq disklar qo’llanilmoqda.
Operativ xotira (Tezkor xotira) – mikroprosessor ish tezligini oshirish uchun ishlatiladi, ya’ni asosiy axborotlar o’qish va yozishda shu xotirada joylashadi. Opreativ xotirada axborot faqat kompyuter yoqilgan holda saqlanadi.

ONA PLATA
Kompyuterning muhim tugunlaridan biri ba’zida ona (motherboard), asosiy, yoki bosh (main board) plata deb ataluvchi tizimli platadir (system board). Tizimli platalarning turlari va tarkibiy qismlari bilan tanishib chiqamiz. Tizimli platalar bir necha variantda ishlab chiqariladi. Ular o‘lchamlari, yoki formfaktorlari orqali farqlanadi. Tizimli plataning formfaktori, u o‘rnatiladigan korpusni aniqlaydi. Quyida tizimli platalar asosiy formfaktorlari keltirilgan.


Eskirgan:
  • Baby-AT;


  • To‘liqo‘lchamli plata AT ;


  • LPX.



Zamonaviy:
  • ATX;

  • Micro-ATX;

  • Flex-ATX;


  • NLX;

  • WTX.



Boshqa:
  • Kompyuter ishlab chiqaruvchilardan (Compaq, Packard Bell, Hewlett-Packard и др.).


Oxirgi vaqtda Baby-AT, AT va LPX tizimli platalari formfaktorlaridan ATX platasi va uning NLX oilasiga o‘tish kuzatilmoqda. Keyinchalik bu Bobda tizimli platalarning standart formfaktorlari tavsiflanadi.




ATX
ATX tuzilmasi nisbatan yaqinda ishlab chiqildi. Unda Baby-AT va LPX standartlarining eng yaxshi hususiyatlari mujassamlangan va ko‘p boshqa qo‘shimcha takomilliklar kiritilgan. Umuman olganda ATX - bu, ta’minot manba’si o‘rnatilgan joyi va ulanish o‘rni o‘zgartirilgan “yon tomoni bilan yotgan ” Baby-AT platasidir. Eng asosiysi, shuni esda tutish kerakki, ATX tuzilmasi na Baby-AT bilan,na LPX bilan jismonan muvofiq kelmaydiBoshqacha aytganda, ATX ning tizimli platasi uchun mahsus korpus va ta’minot manba’si zarurdir. Rasman, ATX tasnifi Intel firmasi tomonidan 1995 iyli matbuotda e’lon qildi va boshqa ishlab chiqaruvchilar ATX tuzilmasini o‘zining kompyuterlarida foydalanishlariga imkon yaratildi. Intelning bunday ochiq e’lon qilishi bilan ATXning yangi sanoat standarti yaratildi. ATX tuzilmasi Baby-AT va LPX standartlarini mukammallashtirishga imkon yaratdi.



Yüklə 94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin