Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 128,87 Kb.
səhifə1/8
tarix28.11.2023
ölçüsü128,87 Kb.
#167192
  1   2   3   4   5   6   7   8
psx


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Kompyuter injiniring fakulteti
Pedagogika va Psixologiya fanidan
Amaliyot ish
Diqqatni diagnostika qilish metodlari.

Guruh: 222-21


Bajardi: Turdaliyev Abdurahmon
Tekshirdi: Abdullayev A.N

TOSHKENT 2023


Diqqatni diagnostika qilish metodlari.(P’eron - Ruzer metodikasi,
Shult jadvali)
Reja.

  1. Diqqat nima va uning turlari.

  2. Diqqatning xossalari.

  3. Diqqat fiziologik asoslari va psixologik nazariyalari.

  4. Diqqatning rivojlanishi.

  5. P’eron-Ruzer metodikasi, Shult jadvali.

  6. Xulosa.

1.Diqqat va uning turlari.


Diqqat — subyekt faoliyatining biror obyekt yoki hodisaga jalb qilinishi. U har qanday ongli faoliyat samaradorligining zarur shartidir. Bosh miya poʻstlogʻining muayyan joylaridagi optimal qoʻzgʻalish manbalari Diqqatning fiziologik asosini tashkil qiladi. Diqqat ikki turga boʻlinadi: ixtiyorsiz (passiv) diqqat va ixtiyoriy (aktiv) diqqat. Ixtiyorsiz Diqqat biron tashqi sabab taʼsirida kishi xohishidan qatʼi nazar hosil boʻladi. Bunday Diqqat odamdan iroda kuchini talab qilmaydi. Diqqatni jalb qilish uchun qoʻzgʻatuvchining kuchi katta ahamiyatga egamas, narsaning chiroyliligi, yorqinligi, oʻtkir hidliligi va boshqa xususiyatlari diqqat ni beixtiyor tortadi. Ixtiyoriy diqqat da psixik faoliyat oldindan belgilangan maqsad bilan muayyan narsaga ongli ravishda jalb etiladi. Diqqatning bu turi iroda kuchini talab qiladi; shuning uchun bu diqqat irodaviy diqqat deb ham ataladi. Insonning butun ongli faoliyati asosan ixtiyoriy diqqat vositasida amalga oshiriladi.
Diqqatning barqarorlik, koʻchuvchanlik, boʻlinuvchilik kabi xususiyatlari, koʻlami bor. Diqqatning barqarorligi uning yagona, umumiy (masalan, kitob oʻqish, masala yechish kabi) ishga xizmat qiluvchi narsa yoki hodisaga uzoq muddat jalb boʻla olishidan iborat. Bunda harakat obyektlari (masalan, kitob matni, masalada berilgan sonlar va shu kabilar) hamda harakatning oʻzi (masalan, masalani yechish yoʻllari) oʻzgarib turishi mumkin, lekin faoliyatning umumiy yoʻnalishi oʻzgarmay saqlani-shi lozim. Koʻchuvchan Diqqat bir faoli-yatdan yoki narsadan boshqa faoliyat yoki narsaga tez jalb boʻladi. Bu xususiyat Diqqatning avvalgi narsaga qay darajada qaratilganligiga va yangi faoliyatning xususiyatiga (uning Diqqatni qanchalik qarata olishiga) bogʻliq. Diqqatning boʻlina olish xususiyati bir vaqtning oʻzida 2 yoki undan ortiq ish-harakat bajarishda aks etib, koʻp kasb egalari (masalan, oʻqituvchi, shofyor, uchuvchi) uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega. Bu xususiyat bir faoliyatni bajarish xiyla avtomatlashib, ikkinchi faoliyat bir qadar tanish boʻlib qolgandan ke-yin tarkib topadi.

1-rasm. Diqqat turlari.

Diqqat koʻlami uning eng qisqa vaqt ichida (goʻyo birdaniga) oʻz doirasiga sigʻdira olishi mumkin boʻlgan narsalar soni bilan belgilanadi. Shu jihatdan Diqqat keng yoki tor boʻlishi mumkin. Odatda, keng koʻlamli Diqqat yaxshi Diqqat hisoblanadi. Diqqat koʻlami idrok qilinayotgan narsalarning hamda ularni idrok qilayotgan kishi faoliyatining vazifasi va xususiyatiga bogʻliq.


Diqqatning aksi parishonxotirlikayar. Bunda odam Diqqatini biror narsaga toʻplay olmay, hamma vaqt boshqa narsalarga chalgʻiyveradi. Shunday holat kishi qattiq charchaganda, uning uchun ahamiyatsiz juda koʻp qoʻzgʻatuvchilar mavjudligida yoki, aksincha, bitga ham qoʻzgʻatuvchining odam uchun ahamiyati boʻlmaganda roʻy beradi. Mashq qilish bilan parishonxotirlikka barham berish mumkin.
Diqqatning turlari va xususiyatlari odamning juda yoshlik davridan boshlab rivojlanadi va hayoti davomida oʻzgarib, murakkablashib boradi.
Psixologiyada diqqatga berilgan ta`riflardan birini N.F.Dobro`nin tomonidan aytilgan bo`lib, unga ko`ra, diqqat inson ruhiy (psixik) faoliyatining yo`naltirilishi va to`planishidir. Bunda diqqatning yo`nalganligi va to`planishi deganda shu faoliyatga bo`lgan e`tiborning chuqurlashuvi tushuniladi. Diqqatni jarayon (yoki sensor va pertseptiv aqliy jarayonning bir qismi sifatida) ham, holat ham (masalan, e`tiborlilik) deb qarash mumkin. Xotiradan farq qilgan holda diqqatning boshqaruvchilik vazifasi yaqqolroq namoyon bo`ladi. Bu bizga psixik boshqarishning turli darajalariga ko`ra diqqatning -ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan so`nggi turlarini ajratish imkonini beradi. Diqqatning eng muhim xossalari-uning ko`lami, tanlovchanligi, barqarorligi, to`planishi, taqsimlanishi va ko`chishidir. Diqqatning ko`lami deganda, qisqa vaqt ichida aniq idrok qilingan ob`ektlar soni tushuniladi. Turli tarqoq stimullar mavjud bo`lganda diqqat ko`lamining ixtiyoriy boshqarish imkoniyati cheklangandir. Qo`zg`atuvchilar mazmuni jihatidan bog`liq bo`lsa, bu ko`rsatkich ancha yuqori bo`ladi. Diqqat ko`lamining cheklanganligi sub`ekt tomonidan o`z sensor- pertseptiv zonasida mavjud bo`lgan ob`ektlardan ayrimlarini ajratib berishni talab qiladi, kolgan ob`ektlar esa ular uchun fon sifatida namoyon bo`ladi. Ko`pgina qo`zg`atuvchilar orasidan, ajratib olingan ayrimlarigina tanlovchanlik xususiyatiga ega bo`ladi. Diqqat muvaffaqiyatining miqdoriy ko`rsatkichi bu tezlik bilan ko`plab ob`ektlar orasidan kerakli qo`zg`atuvchini topa olishda, sifat ko`rsatkichi esa-aniqligida namoyon bo`ladi. Diqqatning muvaffaqiyati-har ikkisini ham o`z ichiga oladi. Diqqatning barqarorligi psixik faoliyatdan chalg`imaslik va ob`ekt ustida diqqatni uzoq vaqt to`plab turishni ta`minlab turuvchi shaxs qobiliyatidir. Diqqat barqarorligining xarakteristikasi uzoq vaqt psixik faoliyatining dastlabki holatda ko`plab va yo`naltirib turilishidir. Diqqatning kontsentratsiyasi ham diqqatni uzoq vaqt ob`ekt ustida turli ta`sirlarga qaramay saqlab turishdir.

Yüklə 128,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin