Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 60,69 Kb.
səhifə2/2
tarix01.12.2023
ölçüsü60,69 Kb.
#170447
1   2
amaliy ish NO2

Ahamiyati


Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning , umuman, jamiyat aʼzolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shugʻullanmagan mamlakat turgʻunlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, oʻsishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va maʼnaviy boyliklar ishlab chiqarish toʻxtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va maʼnaviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va maʼnaviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat koʻrsatadigan tarbiyaviy intizomlar tizimiga ega boʻlishi lozim.
Tarbiya jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha izoxlab kelingan. Shoʻro zamonida hukmron kommunistik mafkura tarbiyaga sinfiy va partiyaviy hodisa sifatida yondashishni talab etgan. Shuning uchun ham sinfiy jamiyatda tarbiya faqat sinfiy xususiyatga ega boʻladi va turli sinflarning tarbiyasi bir-biriga qarama-qarshi turadi degan qarash qaror topgan. Holbuki, dunyo ilmi, ayniqsa, Sharq tarbiyashunosligi va oʻzbek xalq pedagogikasi tajribasi tarbiyaning sinfiy koʻrinishga ega emasligini isbot etdi. Shuningdek, kommunistik mafkura tazyiqi tufayli tarbiyada ijtimoiy muassasalarning oʻrniga ortiqcha baho berildi, bu jarayonda irsiy va biologik xususiyatlar deyarli xisobga olinmadi.
Shoʻrolar davrida tarbiya orqali har qanday odamni istagan ijtimoiy qiyofaga solish mumkin degan qarash hukmron boʻlganligi uchun ham uning shaxsni shakllantirishdagi oʻrniga oshiqcha baho berildi. Tarbiyalanuvchi shaxsining tarbiyaga berilish yoki berilmaslik xususiyatlarining hisobga olinmasligi tarbiyaviy tadbirlarga mahliyo boʻlishdek pedagogik xatolikka olib keldi. Buning natijasida tarbiya maqsadsiz boʻlib qoldi, tarbiyalanuvchilarga alohida shaxs sifatida emas, istalgan ijtimoiy yoʻnalishga solinishi mumkin boʻlgan qiyofasiz tuda, olomon tarzida qarash qaror topdi, Bu hol tarbiyaning samarasizligiga olib keldi. Chunki tarbiyaning asosiy obyekti boʻlmish shaxs va uning oʻziga xoslik jihatlari unutilgan edi. Shoʻro pedagogik tizimidagi kamchiliklarning ildizi, asosan, mana shu yondashuv tarziga borib taqaladi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiya va unga bogʻliq jarayonlarga yangi hamda sogʻlom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Uni izohlashda gʻayriilmiy sinfiy-partiyaviy yondashuvdan voz kechildi. Tarbiyaning milliyligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari, oʻzbek mutafakkirlarining pedagogik qarashlari sinchikovlik bilan oʻrganilayapti. Natijada, Oʻzbekiston pedagogikasi fani va amaliyotida oila tarbiyasining ham, ijtimoiy tarbiyaning ham oʻziga xos oʻrni borligi tan olina boshlandi. Shuningdek, tarbiyada irsiy va biologik omillar ham hisobga olinadigan boʻldi. Ayni vaqtda, shaxsning shakllanishida tarbiyaning oʻrniga keragidan ortiq baho berish ham barham topdi. Bu hol tarbiyaga doyr hodisa va holatlarni toʻgʻri izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini toʻgʻri tayin etish imkonini berdi.
Shaxs tushunchasi bu keng qamrovli tushuncha hisoblanadi.Har bir inson tug`ilibdiki bu shaxsdir.Lekin uning o`sib rivojlanishi katta ahamiyatga ega.Yosh bola bir yoki ikki yosh paytidan unga tarbiya berish boshlanadi.Yetti yoki sakkiz yosh paytidan esa uning yoniga ta`lim ham qo`shiladi.Har ikkalasi yilllar davomida teng ravishda berib boriladi.Bilmagan narsalari tushuntirilib, qiziqishlariga asoslanib unga kasb yoki hunarga yo`naltirish beriladi. Shu paytdan boshlab bola o`z kelajagiga birinchi qadamni tashlaydi.Endi u omma ichida o`zini qanday tutishlar va qanday rivojlanishlar haqida fikr yurita boshlaydi.Agar bolani yosh paytidan odamlar ichida ko`proq olib yurilsa u tez ijtimoiy aloqaga kirishishi oson boladi va u kata shaxs bo`lib yetishadi.
Xayotda inson tushunchasi paydo bo’libdiki, xar bir shaxs bilimini, o’zi bilgan ko’nikma, maxorat, odat va boshqa shunga o’xshash o’zi o’zlashtirib olgan jamiyatdan ma’naviy boyliklarini boshqaga berish yani boshqalarga shuni o’rgatib keladi. Odatda ta’lim beruvchi va tarbiyachilik bir shaxs faoliyatida nomoyon bo’ladida , ko’pincha bu xol ta’lim-tarbiya bilan qo’shib yuritiladi. Baxolanki bilim berish, ayniqsa xar bir soxada tarbiyadan umuman uzilgan bo’lishi mumkin. Bu borada mustaqil bilimolish, bugungi kun imkoniyatlaridan yuzaga chiqqan uzoqdan turib bilim olishlar, fikrimizni aloxida takidlaydi. Aytaylik, xozirgi zamonaviykompyuter orqali uzoqdan turib o’qitish . tarbiya esa shaxsningxususiy sifatlarini zamon va jaxon talabalariga moslashtirish bo’lganligidanjuda kam xollardagina bevosita olib borilishi mumkin. Tarbiya ibtidosi. Xar bir shaxs oilada tug’ulib ijtimoiy xayotga mana shu o’z koshonasi orqali kirib borar ekan, demak shaxs tarbiyasining ibtidosi, deb uning ona ko’ksidalik payti, yani xomila paytiyu va u tug’ulganidan atrof muhitini qamrab olgan, uni mana shu xayotga olib kelgan oilasi va ota-onasining ilk tarbiyaviy ta’sirlarini aytib o’tamiz. Bo’lg’usi bolaning ota onasi o’z o’rnida o’z ota-onasidan qanday tarbiya olgan bo’lsa, qisman, ba’zan to’liq yoshligida ko’rgan kechirganlarini o’z bolasiga xayotiy tajriba sifatida olib o’tadi. Bu jarayon uzluksiz davom etib odam xayotiy tajribasida brogan sari sayqallanib, mukammallashib,xar birimizni umr tajribamizda yangilanib boraveradi. Xar qaysi oilada xar xil tarbiya mezoni yashiringanbo’ladi, ya’ni xar bir inson bir maqsadga bola turlicha yondoshadi. Lekin shuni unutmaslik kerakki muxabbat bor joyda go’zal farzandlar tug’ilib komil insonlar voyaga yetadi, ya’ni shaxs shakllanishining tamal toshi va asl poydevori ota-ona va ularning o’zaro munosabatibo’ladi. Muxabbat va rozilik bilan qurilgan oilada bo’lg’usi farzand uchun u xali onaning qornida ekanligidayoq aloxida ruxiy qulay xolat vujudga keladi. Ko’pincha ona ruhiyatiga keskin ruxiy ta’sir o’tkazilganda uning jismi, tanasi birdaniga katta miqdorda adrinalin va boshqa organizmga salbiy ta’sir qiluvchi moddalar ishlab chiqadi va ular xali xatto ona qon tomirlariga xam to’liq moslashib ulgirmagan bo’lg’usi zurriyotga o’tadi. Xomila ularni qabul qila olmaydi. Natijada yo u uziladi yoki ruxiy noto’kislikka uchraydi. Aynan mana shularni xisobga olib birga boshqa ayollarga nisbatan aloxida munosabatda bo’linadi. Ularning istagan ovqatlari mujassam qilinadi, yolg’iz yurishi, qorong’ida qolishi, og’ir yuk ko’tarishi, umuman ona jismiga salbiy ta’sir qiluvchi xolatlardan ular saqlanib, asralanadi. Medisina tarixi to’plagan ruxshunoslarning oxirgi davrlarda erishilgan yutuqlari shuni ko’rsatmoqsatmoqdaki onadan xomiladorlik jarayoni qanchalik osoyishda kechib, xam moddiy, xam ma’naviy talablar ta’minlangan bo’lsa, bo’lg’usi farzand shunchalik ruxan va jisman sog’lom tug’iladi. Demak shaxs shakllanishi ona qonidanoq izchillik bilan davom etadi. Shaxs tarbiyasi ota-onaning iliq muomalasi, ular orasidagi muxabbat rishtalaridan boshlanib xomila ayon bo’lganidan amaliy jarayonga kiradi. Shakllanib kelayotgan shaxs uchun tarbiyaning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich mukammallanib boradi. Shaxsning shakllanishi o’ta jiddiy dialiktik jarayon bo’lib u o’z o’rnida aloxida bosqichlarga bo’lingan bo’ladi. Ammo biz kattalar aynan mana shu bosqichlar va ularning o’ziga xos xususiyatlarini ko’pincha tarbiya berish jarayonida xisobga olavermaymiz. Xamma narsani ,,bu nima”, ,, u nima” deb so’rayveradigan bola bugun ancha bosiq, o’zi uchun o’ta katta qadam bo’lgan bog’cha yoki maktabga otlanayapdi. O’g’il bolalarning o’rtacha bo’yi 1 yoshida 70-74 sm 4-5 yoshida 98-100 smgacha yetadi. Ammo 5-6 yosh o’rtasida bo’y o’sish biroz susayadi. To 10-11 yoshgacha yana keskin o’sadida 134-135 sm ga yetadi. 11 yoshdan 12 yoshgacha o’g’il bolalarning bo’y o’sishi yana sustlashadi. 12 yoshdan 14 yoshgacha,14 yoshdan 17 yoshgacha yana tezlik bilan o’sa boshlaydi. Bo’y o’sish jarayoni kabi inson ruxiyati diqqati, xarakteri, iroda sifatlari shakllanib boradi. 6 yoshli bolalarda asosiy jarayon yuqori malaka va tezlikda shakllana boshlaydi, ular endi o’z diqqat e’tiborini biror narsada 15-20 daqiqa ushlab tura olishadi. Shu bilan bir vaqtning o’zida 2-signal tizimi bo’lishi so’zning axamiyati kuchayadi. Endi ular boshqalarning so’zlariga e’tiborlari jiddiy kuchaygan bo’ladi. Ammo so’z va uning umumlashtiruvchi mohiyati xali ancha tor doirada bo’lib ,,to’r” deganda o’ynaydigan narsa ,,qoshiq” deganda ovqatlanish ashyoni tushunchasi darajasida bo’ladi. ,, Fikrlash” to’liq ma’noda xali xarakatdan o’ta uzilgan bo’lmaydi. Bola maktabga kelishi bilan ulardan xayotiy faoliyatida jiddiy nomutanosiblik boshlanadi. Bu ulardan jismi xotirasi, diqqat e’tibori, fikrlash qobiliyati va boshqa xususiyatlariga talab va ta’sirning ortib borishidandir. Ammo bolada bu talablarga adekvat-mutanosib javob berishida xar doim xam imkoniyat bo’lavermaydi. O’qituvchi birni-birga qo’shishni bugun o’rgata olmasa ertaga o’rgatishi mumkin. Ammo tarbiya masalasi juda muhim, chunki tarbiyasi bolaning birni boshqa birga qo’sha olganligi uchun qattiqroq gapirsa, bola bir umr ushbu tarbiyachini yomon ko’rib qolishi mumkin. Ilm olish o’ta mashaqqatli, shu bilan birga jozibali mexnat. O’qituvchi tarbiyaning o’ziga xos jixatlarini yoddan chiqarmasa bolaning mexnat qilish vaayniqsa ilm olish ishtiyoqini so’ndirib qo’ymayni. Bola maktabda o’qish bilan birga shaxs bo’lib shakllanish jarayoni keng jamiyat orasida chiqadi, ya’ni u maktabda o’qituvchi va o’quvchilar davrasida bo’ladi. U o’zini boshqalar bilan o’tirgan boladan butun sinfdan chaqqonligi, epchilligi, ilg’orligi bilan ajralib turgisi keladi. Bolalardagi ushbu sifatni bilgan tarbiyachi xech vaqt uning biron-bir xatosini , kamchiligini yoki uning boshqa noto’kisligini uning shaxsiga nisbatan ,, yaxshi”, biri ,, yomon” degan xulosalarga olib bormasligi kerak. Bu o’rinda bolaga ,, sen qila olding”, ,,sen ulgirding” yoki,, xozircha ulgira olmading” iboralarini qo’llash kerak. Aks xolda xar bir nojuya aytilgan so’z bola ongida umrbod saqlanib qoladi. Shaxs shakllanishida o’qituvchi bolaga bilim berish bilan birga tarbiyachi sifatida bilim madaniyatini xam o’rgatishi kerak. Shaxs shakllanish jarayonida o’zlari sezmagan xolda bilimga chanqoq bo’ladilar. Ayni shu davrda bolaning umumbolalik va odamlar tushunchasini unutmasligimiz kerak. O’sib kelayotgan avlod kattalarni erkak-ayolligiga, tengdoshlarining qiz yoki o’g’il bola ekanligiga ko’p e’tibor berishmaydi. Ayni shu o’rinda tarbiyachilar o’z o’rnida to’g’ri foydalanmog’I darkor. Bolaning jinsiy mansubligini unutmagan xolda uning boshqa jinsdagi shaxslarga xurmatini shakllantirish shudavrdan boshlanishini tarbiyachilar yaxshi bilishi kerak. Shakllanib kelayotgan shaxsga ko’pchilikning orasida dakki berish, uyaltirgan yomon oqibatlarga olib keladi. Xozirgi kunda insonlar o’rtasida psixologik tushunchalarning yetishmasligi ko’p salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Bir psixolog fikrini keltirib o’tish joiz deb o’ylayman . ,, Agar ta’lim-tarbiya uchun ma’sul bo’lgan shaxslarda psixologik ong yetarli bo’lganda edi; jamiyatda axloqiy buzuq, o’g’ri va jinoyatchilar nisbatan kam bo’lar edi” degan fikrni ilgari suradi. Xozirgi kunda ota-onalar, o’qituvchilar va keng jamoatchilikda uchraydigan shaxs shakllanishidagi psixologik muommolar asosan nimalardan iborat. Bolalarni yosh davrlarini xisobga olmaslik; Bolalarga katta odamning kichik bir ko’rinishi deb qarash; Bolalar va kattalar dunyoqarashlari o’rtasidagi tafovutni tushunmaslik; Bola erkinligini cheklash; Shaxsga ishonmaslik; Shaxsni o’zini o’ziga ishontira bilmaslik; Shaxs ruxiyatiga panja ortidan, ya’ni 2-darajali deb qarash. Ushbu muammolarni shaxs komoloti uchun ma’sul shaxslar to’g’ri tushunish, ongli anglab yetish kerak bo’lsa xamma ichida, kundalik matbuotlarda targ’ibot qilishi to’g’ri tushuntira olishi kerak. Buning uchun esa avvolo o’zlari yosh avlod, o’sib kelayotgan shaxs bilan munosabatda namuna bo’lishi kerak. Tarbiya-maxsus faoliyat sifatida muayyan dasturning, anglab olingan maqsadining mavjudligi bilan ta’sir ko’rsatilishining maxsus ishlab chiqilgan va asoslab berilgan vositalari, shakllari xamda usullarini qo’llanishi bilan tasodifiy va stixiyali ta’sirlardan ajralib turadi. O’quvchilar xayoti va faoliyatini to’g’ri tashkil qilish ijobiy axloqiy ijtimoiy xulq-atvor tajribasi shaxs tarkib topishida muxim axamiyatga ega. Ma’lumki birgina faoliyatning o’ziga shaxsning xar xil va xatto bir-biriga qarama-qarshi sifatlarni tarkib topdirish mumkin. Buning asosida maktab o’quvchisi amal qiladigan motivlar yotadi. Bu xulq-atvor shaxsan o’quvchining o’zi uchun qanday ma’noga ega bo’lishiga qarab unda xar xil sifatlarni tarkib topdirishga sabab bo’ladi. Masalan o’quvchi o’rtog’ini prinspial asosda tanqid qilsa o’z aybini o’rtog’iga qo’yish bo’lsa xudbinlik individualism egoism paydo bo’ladi. Bunday insonlarni juda ko’plab keltirish mumkin. Shaxs shakllanishida xar bir so’z, xulq-atvorning mayda elementlariga xam e’tibor berish zarur. Tarbiya shaxsni shakllantirish maqsadiga qaratilgan va unda xayotiy e’tiqod v axis-tuyg’ular, ma’naviy xulq-atvor xosil qilish jarayonidir. ,, Ta’lim-tarbiyani yani zamon talablari darajasiga ko’tarish o’sib kelayotgan yosh avlodlarimizning porloq kelajagini garmonik o’stirish imkoniyatini yaratish xozirgi kunning asosiy masalasidir”-degan edi O’z.Res. Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning 9-sessiyasida ,, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da . ,, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi shuni nazarda tudadiki, boshqa muhim masalalar qatorida milliy qayta tiklanish mafkurasi va jamiyat boyliklari asosida o’quvchilarni ma’naviy va axloqiy xislatlarini o’stirish, o’quvchilarning xuklq madaniyatini shakllantirish barkamol naslni tarbiyalab yetishtirish lozim. Xozirgi zamon tarbiyasining maqsad va vazifalari avvalo yoshlarni chinakkam ma’rifatli kishi qilib, inson qadrini milliy qadriyatlarini, o’zligini anglashdir. Erkin va ozod jamiyatda yashash mustaqil davlatimizning jaxon jamiyatiga munosib insonni tarbiyalashdir. Inson shaxsini shakllantirishsa o’z-o’zini tarbiyalashning 4 ta qirrasi nazarda tutiladi.
1. O’zida shaxsni ijobiy xislatlarini taraqqiy ettirishga va o’z xulq-atvoridagi yomon tomonlardan xolis bo’lish.
2. O’quvchiga o’z shaxsiga tanqidiy munosabatda bo’lishga, o’z-xulq-atvoridagi xususiyatlarini diqqat bilan oqilona tushunib olinishida, o’z kamchiliklarini yaqqol ko’rishida, o’z nuqsonlarini fahmlab olishiga yordamlashishi.
3. O’z-o’zini tarbiyalash rejasini tuzishda shaxs xulq-atvori xususiyatlarini qaysi xususiyatlarini taraqqiy ettirish, qaysisiga barxam berishni aniqlash.
4. O’z-o’zini tarbiyalashning oqilona yo’llarini aniqlash.
Individ va shaxs haqida tushuncha. Shaxs - tarbiya obyekti va subyekti sifatida. Shaxsni shakllantiruvchi asosiy omillar
Dunyoga kelgan go'dak ma'lum yoshga qadar individ hisobla-nadi. «Individ» lotincha «individium» so'zidan kelib chiqqan boiib, «bo'linmas», «alohida», «yagona» ma'nolarini anglatadi. Individ bio-logik turga kiruvchi alohida tirik mavjudotdir. Shaxsning shakllanishidaharakato'zigaxos omil sanaladi. Go'dak (chaqaloq) ham turli harakatlarni bajaradi. Biroq, bu harakatlar keyin-chalik reflekslar boiib, ongli ravishda emas, balki shartsiz va shartli qo'zg'atuvchilarga javob tarzida yuz beradi. Go'dakda nutqning hosil bo'lishi, shuningdek, lining tomonidan tashkil etilayotgan harakatlar ongli ravishda sodir bo'la boshlashi va albatta, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtirokining ro'y berishi shaxs shakllanishining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Shaxs deganda, muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Odam (inson individi) shaxsga aylanmog'i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o'z xususiyati va sifatlari bilan farq qilishi lozim.
Ruhiy jarayonlar va bola ruhiyatidagi o’zgarishlar, chunonchi, diqqat va xotira darajasi, tafakkur xususiyatlari, so'z boyligi hamda nutqning rivojlanganlik darajasi va boshqa ruhiy rivojlanishga taalluqlidir. Shaxs rivojlanishida, u yoki bu faoliyat turlari (o’yin, o’qish, mehnat va boshqalar)ning turli yoshdagi faoliyat mazmuni (maq-sadga yo'naltirilganlik, harakatning ongli, rejali bo'lishi, ularning samaradorligi va h.k)
Shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshi-ruvchisi. Demak, shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo'lib, ongli faoliyat bilan shug'ullanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatda o'z o'rni bor. Shaxsning rivojlanishi esa barcha tug'ma va hosil qilin-gan xususiyatlar: organizmning anatomik tuzilishi, faoliyat va xatti-harakatlarning miqdoriy va sifat o'zgarishi jarayonidir. Shaxsning shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar quyidagi shaklda aks ettirilgan (3.1.1-shakl). 3.1.1-shakl
Irsiyat - bu ota qoni yoki ajdodlariga xos bo'lgan biologik xusu-siyat va o'xshashliklarning nasl (bola)ga o'tish jarayoni. Nasldan naslga o'tadigan xususiyatlarga quyidagilar kiradi: anatomik-fiziologik tuzilish (misol uchun yuz tuzilishi), organlar holati, qaddi-qomat, asab tuzilishi xususiyatlari, teri, soch hamda ko'zlarning rangi. Shuningdek, nutq, tafakkur, ixtiyoriy harakat va amailar, vertikal holatda yurish, mehnat, ijod qilish qobiliyati va boshqa iste'dod alomatlari ham nasldan naslga o'tadi. Iste'dod alomatlari umumiy xususiyat kasb etadi, muayyan mehnat va ijod turiga yo'naltirilgan ernas. Iste'dod alomatlari muayyan faoliyatga moyilligini aks ettirdi, xolos. Layoqat go'yo «mudroq» holatda bo'lib, uning «uyg'onishi» — rivojlanishi uchun qulay muhit yaratishini talab qiladi. Shaxs muayyan ijtimoiy jamiyat mahsulidir. Bu jamiyatning ma'naviy qiyofasi, unda tashkil etilayotgan munosabatlar mazmuni hamda darajasiga bog'liq.
Muhit - bu shaxsning shakllanishiga ta'sir etuvchi tashqi voqea-hodisalar majmuyi. «Muhit» tushunchasi o'ziga geografik-hududiy, ijtimoiy va mikromuhit (oila) xususiyatlarini ifoda etadi. Mikromuhit o'zida qisman ijtimoiy muhit qiyofasini aks ettiradi. Ayni chog'da nisbatan mustaqillikka ega. Mikromuhit, bu ijtimoiy muhitning bir qismi bo'lib, oila, maktab, do'stlar, tengqurlar, kishilar va shu kabilarni o'z ichiga oladi
Oila muhiti - mikromuhit ham o'ziga xos muhim tarbiyaviy ta'sirga ega. Shu bois mustaqillikka erishilgandan so'ng, o'tgan davr mobaynida oila muhitining shaxs kamolotida tutgan o'rni va ahamiyati masalalari chuqur tahlil etilmoqda. Shu maqsadda tashkil etilgan «Oila» ilmiy markazi oilaning bu boradagi imkoniyatlarini ochib berish borasida samarali faoliyat olib bormoqda. Mavjud ijtimoiy muhit insonning o'sib borayotgan ongiga ta'sir etadi. Ijtimoiy tuzim darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, uning shaxsga nisbatan ongli ta'siri ham shunchalik yuqori boiadi.
Tarbiya jarayonida quyidagi holatlar vujudga keladi:
1. Tarbiya jarayonida kishi ongining o'sishi sodir bo'Iadi. Masalan, bola o'z ona tilini, atrofini o'rab turgan muhitning ta'sirida
o'rganib olishi mumkin. Lekin o'qish va yozishni ta'lim olish yo'li bilan o'rganadi. Ma'lum bilim ko'nikma va malakalar faqat tarbiya jarayonida egallanadi.
2. Tarbiya yordamida kishining tug'ma kamchiliklarini ham kerakli tomonga o'zgartirish mumkin. Chunonchi, ba'zi bir bolalar ayrim kamchilik (kar, ko'r, soqov va h.k) bilan tug'iladi. Lekin maxsus tashkil etilgan tarbiya yordamida, ularning aqliy qobiliyatlari taraqqiy qiladi, sogiom kishilar bilan barobar faoliyatda bo'lishi
mumkin.

Tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'siri natijasida yuz bergan kamchilik (bolalarning qarta, qimor o'ynashi, chekishi, ichishi va narkotik moddalarga o'rganishi kabi)larni ham tugatish mumkin.
Tarbiya — istiqboldagi maqsadni belgilaydi. Shu bois, shaxs
kamolotini ta'minlashda ilg'or rol o'ynaydi. Tarbiyaning muvaffaqiyati ko'p jihatdan bola shaxsining o'ziga xos xususiyatlari, u yashayotgan muhitning ta'sirini hisobga olishga bog'liqdir.
3.2. Shaxsni kamol toptirishda tarbiya va faoliyatning o'zaro bog'liqligi
Shaxsning kamol topishida tarbiya muhim rol o'ynaydi. Uning shakllanishi faoliyatdan tashqarida bo'lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos boiadi. Pedagogik jihatdan to'g'ri uyushtirilgan har qanday faoliyat — o'yin, mehnat, o'qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi. Inson-ning kamol topish jarayonini faqat irsiyat, muhit va ta'lim-tarbiyaga bog'lab o'rganish, talqin qilish ham haqiqatga unchalik to'g'ri kel-maydi. Chunki, ijtimoiy taraqqiyotda shaxsning o'zi ham faol ishtirok etadi.
Tarbiyalash jarayoni
Tug'ilganda, hamma chaqaloqlar bir xil yigiaydi. Ammo ular kat-ta bo'lganlarida, turli mavqega ega boiadi. Nima uchun? Bola o'z onasidan tug'ilishi bilan uni tashqi muhit asosida tarbiyalash boshlanadi, chunki, odatda, u ichki muhit asosida ona qor-nida tarbiya oladi. Tarbiya insonning o'z oilasi, jamoasi, jamiyatida muhim asos hisoblanadi, chunki hech kirn o'z onasidan «yomon» boiib tug'ilmaydi.
Shaxsning shakllanishida unga berilayotgan ta'lim-tarbiyaning mazmuni, metodlari va vositalari bolaning yosh xususiyatlariga rnuvofiq kelishi muhim sanaladi. O'qituvchi o'quvchilarning ruhiy xususiyatJarini bilishi, ma'lum yoshdagi o'quvchilarning diqqat, xotira, tafakkur layoqatlarini inobatga olishi asosida faoliyat tashkil etishi lozim.
3.3.1-shakl
Yosh davrlari shartli ravishda guruhlanadi. Unda muayyan yosh davrining guruhlanishi bolaning rivojlanish xususiyatlardagi o'zgarishlarga qarab ajratiladi. Quyida yosh davrlariga qisqacha to'xtalamiz.
Go'daklik davri. Yangi tug'ilgan bolada barcha sezgi turlari mavjud bo'ladi. Ushbu sezgilar murakkab bo'lmay, oddiy holatdadir. Chaqaloq bir holat faol bo'lib, bu faollik, avvalo, qo'l va oyoqlarning refleks yoii bilan harakatlanib turishida ko'rinadi. Xuddi shunday reflektor harakatchanlik bolaning chinqiriqlarida ham namoyon bo'ladi. Bolada vujudga keladigan shartli reflekslar 5-6 haftalarda yaqqol namoyon boia boshlaydi. Masalan, u onasining ovozini taniydi, uni eshitsa, tinchlanadi.
Maktabgacha tarbiya davri.
Ushbu yoshdagi bolaning emotsionalligi (hissiy beriluvchanligi) uning faolligida, harakatchanligida ko'rinadi. Bu yosh davrida bolalar hayotida o'yin o'ziga xos o'rin tutadi, o'yinlar, asosan, katta yoshdagi kishilar yoki bolalarning harakatlariga nisbatan taqliddan iborat bo'ladi. Bolani o'yinning mazmunidan ko'ra o'ynalayotgan buyumlar (o'yinchoq va qo'g'irchoqlar) hamda o'zining harakatlari ko'proq zavqlantiradi.
Kichik maktab yoshi. 7 yoshga to'lgan bola (ushbu yosh qator mutafakkirlar tomonidan dastlabki «yetuklik yoshi» sifatida e'tirof etilgan) jismoniy va ruhiy xususiyatlarga ko'ra maktabga, ta'lim olish-ga toia tayyor bo'ladi. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuniga muvofiq respublikamizdagi bolalarning barchasi 6-7 yoshdan boshlab umumiy o'rta ta'lim maktablarida tahsil ola boshlaydi. Shu davr-ga qadar bola hayotida muhim o'rin tutgan o'yin faoliyati o'z o'rnini tizimli, uzluksiz ravishda amalga oshiriladigan va majburiy vaqt asosida tashkil qilinadigan o'qish faoliyatiga bo'shatib beradi. Yosh bola uchun bunday «mas'uliyatli mehnat»ga o'tish qiyin kechsada, u asta-sekin bunday sharoitga ko'nika boradi. O'yin vaqtida, qaltis harakat qilishdan ularni saqlash zarur. Kichik maktab o'quvchilarida ixtiyoriy diqqat, xotira va idrok, tafakkur, ixtiyoriy idrok qilish, nutq, his-tuyg'u, iroda kabi ruhiy jarayonlar rivojlanadi. chi bo'lsa, unda o'qish istagi yo'qoladi, maktab ta'limidan ko'ngli soviydi.
O'smirlik davri. Kichik maktab yoshidan o'tgach, o'smirlik davri boshlanadi. Bunda bola shaxsi rivojlanishining murakkab davri boshlanib, bu «o'tish davri» deb ataladi. O'tish davri bolalikdan balog'at davriga o'tishni ifodalaydi. O'smirlik yoshining murakkabligi uning anatomik-fiziologik vapsixologik xususiyatida ro'y berayotgan kuchli o'zgarishlar bilan bog'liq. O'smirlik yoshidajismoniyjihatdan sekin o'sish davri tugaydi. Jis-moniy o'sish tezlashadi. O’zining har narsaga jahli chiqishi, qo'pollik holatlari tez-tez yuz beradi. O’smirlarning bu xususiyati ko'proq bahs-munozara jarayonida ko'zga tashlanadi. Garchi, o’z fikri asosli bo'lmasada, uni ma'qullashga urinadi.
13-14 yoshlarda o’smirlarda burch hissi, mas'uliyat tuyg’usi o’sadi, birmuncha vazminlik paydo bo'la boshlaydi. Bu davrda o'smirda maqsadga intilish, o'zi uchun ideal tanlash boshlanadi. O’smirlarda axloqiy e'tiqod shakllanib, o’ziga xos qarashlar tarkib topa boradi.
Demak, o’smir bilan munosabatda sabr-toqat, vazminlik zarur. Unga mustaqillik berish, buyruq emas, aksincha, maslahat berish bu yoshdagi o’quvchilarni to'g'ri tarbiyalashning garovidir.
O’spirinlik davri. O’spirinlik davri jismoniy o’sishning tinch davri sanaladi. Shu boisdan, o’smirlardan farqli ravishda o’spirinlar faoliyatida romantik his-tuyg’ulardan ko'ra ko'proq realizm muhim o’rin tutadi. O’spirinning tana tuzilishidagi organlarning (qo'l, oyoq, ko'krak qafasi, yelka) bir-biriga muvofiqsizligi o’spirinlik davriga kelib, asta-sekin yo'qola boradi, ularning qomatlari shakllanadi. Ularning o'quvchilar o'z-o'zini boshqarish organ-lari, jamoatchilik tashkilotlari faoliyatidagi ishtiroki ana shu ehtiyojni qondirish yoiida muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. O'spirin yigit-qizlarda bir-birlariga nisbatan qiziqishning vujudga kelishi, ikki jins orasidagi do'stlik-o'rtoqlik tuyg'ularini shakllanishiga zamin hozirlaydi. Ba'zi o'spirinlarning do'stligi zamirida haqiqiy sevgi-muhabbat qaror topadi. Shu sababli, ularda oila va nikoh masalalariga nisbatan jiddiy munosabatni tarkib top-tirish, voyaga yetmaganlarning nikohga kirishlari, shuningdek, ular o'rtasidagi jinsiy yaqinlikning oldini olish maqsadida, ular orasida oila va nikohning ma'naviy asoslari borasidagi targ'ib ishini kuc-haytirish, bu borada o'ta ehtiyotkorona yondashuvni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Aslida bola tarbiyasi ona qornidaligi paytidayoq boshlanmog'i lozim. Shu sababli ham jismonan baquvvat, ma'nan yetuk insonlar doimo ulug'lanib kelingan va hattoki, jismonan baquvvat insonlarga polvon hamda jismonan, ma'naviy yetuk insonlarga pahlavon deb nom berilgan. Insonni ezgulik sari yetaklash haqidagi ta'limotlar muqaddas kitoblarimiz (Qur'oni Karim, Hadisi sharif, Avesto va shu kabilar)da doimo ulug'lanib kelingan.
Har bir ishning o’ziga xos, ma’lum qonun-qoidalari bo’lganidek, bola tarbiyasining ham o’ziga xos bir qator muhim qonun-qoidalari borki, ularga amal qilish tarbiya ishining samarali bo’lishini ta’minlaydi, chunonchi:
- tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi;
- tarbiyaning hayot, mehnat bilan, O’zbekistonimizning mustaqilligi, gullab-yashnashi yo’lida qilinayotgan fidoyi ishlar bilan bog’lanish;
- shaxsni jamoada, jamoa orqali tarbiyalash;
- tarbiyada bola shaxsini hurmat qilish va unga talabchanlik;
- tarbiyaviy ishlarning izchilligi, muntazamligi hamda birligi;
- tarbiyada o’quvchilarning yoshi o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish.
Tarbiya - bu insonni ijtimoiy tajribalar bilan, uning barcha shakllarida - bilim, his - hayajon, estetika, odob - axloq qoidalari bilan tanishtirish va individning ichki o’ziga hos jihatlarini, imkoniyatlari va layoqatlarini rivojlantirish bo’yicha faoliyat hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’liim to’g’risida»gi Konuni va «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi» ta’lim tizimini tubdan isloh qilish uni rivojlantirishning strategik yo’nalishlarini belgilab bergan. Hujjatda shaxs-kadrlar tayyorlash tizimining asosiy sub’ekti va ob’ekti sifatida qaraladi, demak, Respublikada amalga oshiralayotgan o’zgarishlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi - inson shaxsining rivojlanishi hisoblanadi. Savol tug’iladi: Inson qachon barkamol, komil inson bo’ladi ? Qachonki, u jismonan sog’lom, vijdonan pok, ma’naviyati yuksak bo’lsa. Bunda o’sib kelayotgan yosh avlodga beriladigan ta’lim-tarbiyaning o’rni beqiyosdir. SHu o’rinda Prezidentimiz I.A.Karimovning ushbu fikri o’rinlidir: «Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil -bu ta’lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog’liqdir... SHuni unutmasligimis kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yoritiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq...».
Tarbiya - jamiyatdagi hodisa sifatida o’sib kelayotgan avlodning jamiyat hayotida, turmushi, ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati, ijodi va ma’naviyligida ishtirok etishi murakkab qarama - qarshi ijtimoiy-tarixiy jarayon hisoblanadi. Ularning mukammal shaxs bo’lishlari, rivojlanishlari, shaxsiyliklari va individualliklari, jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarining muhim elementlari, shaxsiy baxtlarini yaratuvchilari bo’lib ishtirok etadilar. U ijtimoiy taraqqiyot va avlodlar ketma-ketligini ta’minlaydi.
Tarbiya jarayonining qonuniyatlari
Tarbiyada ijtimoiy muxitning ob’ektiv va sub’ektiv omillarga bog’liqligi
Faoliyat va munosabat birligining shaxsda ijtimoiy ijobiy fazilatlarni shakllantirish mezoni va asosiy manbalar ekanligi
Tarbiyaning shaxs taraqqiyoti (rivojlanishi) bilan birligi, o’zaro aloqadoriligi va bog’liqligi
Tarbiyalanuvchilarning o’zaro tarbiyaviy ta’sirga ega ekanliklari, ularning o’zaro munosabatlari hamda faol faoliyatlari o’rtasidagi bog’lanish ning mavjudligi
Bola o’qishni, tarbiya olishni istaydi, ulg’ayib jamiyat xayotida faol ishtirok etishni xoxlaydi.Pedagog uni qay usulda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday pedagogig jarayonida tarbiyalashi lozimligi bilishi kerak. SHu bilan birga bola o’zini o’zgartirishda faol ishtirokchi ekanligini ham unutmasligi lozim. O’quvchilar yaqin kishilarining (ota-onasi, o’qituvchilari, tarbiyachilarining) munosabatlarini yaxshi bilsa bu unga ishda yordam bersa, shundagina bola pedagogik ta’sir o’tkazishga ochiq va moyil bo’ladi. O’qituvchi - do’st, murabbiy, yo’l boshlovchi bo’lgandagina o’quvchilar o’zlarining ichki olamlarini ochib ko’rsatadilar.
Tarbiya jarayonining uziga xos xususiyatlari xam mavjudki,bular orkali tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish yana xam e’tibor talab kiladi. Tarbiyaning kupkirralilik,uzok muddat davom etishi,yaxlit xolda va konsentrik xolda amalga oshirilishi,ikki tomonlama:ukituvchi va ukuvchi faoliyatibilan boglikligi,karama-karshiliklar kupligi kabi xususiyatlari inobatga olish,mazkur xususiyatlarning tarbiya jarayonini amalga oshirishda xar bir ukituvchi –tarbiyachi dikat markazida turishini talab kiladi.
Yuqorida aytganimizdek, tarbiya - tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o’z ichiga olgan ikki yoklama jarayon. Tarbiyachilar - bilim va tarbiyaga ega bo’lgan kishilar, tarbiyalanuvchilar - bilim va tajriba o’rganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyan darajada aktiv faoliyat ko’rsatmasalar tajriba va bilim o’rgana olmaydilar.
Demak, tarbiya usuli - tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi faoliyat va o’zaro ta’sir ko’rsatish usullaridir. Ilmiy adabiyotlarda tarbiya usullarini tarbiya metodlari deb ham ishlatiladi.
“Metod” so’zi grekchadan olingan bo’lib, yo’l, usul ma’nosini bildiradi.
Xalq pedagogikasida qo’llanilgan juda xilma-xil tarbiya usullarini qo’yidagi tarzda umumlashtirish mumkin.
1.Tushuntirish (o’rgatish, odatlantirish, mashq qildirish).
2.Namuna (maslaxat berish, uzr so’rash, yaxshiliklar xaqida so’zlash, o’rnak bo’lish).
3. Nasixat berish, o’git (undash, ko’ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, maqullash, raxmat aytish, duo qilish, ok yo’l tilash va xokazolar).
4. Qoralash va jazo.(ta’kidlash, ta’na, gina, tanbex berish, majbur qilish, koyish, ayblash, uyaltirish, qo’rqitish, nafratlanish, ont-qasam ichirish, urish, kaltaklash va xokazolar.)
Tarbiya usullarini o’rganish, taxlil qilish, bu usullardan pedagogik jarayondan foydalanish, ko’nikma va malakalarni egallashni osonlashtirish uchun ularni shartli ravishda bir necha guruxga bo’lib olamiz:
Suxbat va xikoya. O’quvchi shaxsini g’oyaviy va axloqiy shakllantirishda o’qituvchining jonli so’zi eng ta’sirli usul xisoblanadi. Suxbat uchun mavzu tanlashda uning mazkur sinf uchun dolzarbligi, bolalarda axloqiy ishonch uyg’otishning suxbat mazmuniga bo’lgan munosabatlarini va suxbatdan kutilayotgan natijani xisobga olish lozim.
Xikoya. O’quvchilar odatda xayotdan va badiiy adabiyotdan olingan aniq misollar bilan to’liq xikoyalarni qiziqib tinglaydilar. Suxbat ham, xikoya ham o’quvchilarning yoshiga mos mavzularda, ular tushunadigan so’zlar orqali o’zbek tilida o’tkazilishi kerak. Eng yaxshisi, suxbat va xikoya mavzusini o’quvchilarning o’zlari tanlasin, bunda suxbatning zavqi – shundan ta’minlanadi, o’quvchilar mavzuga befarq qaramaydilar.
Namuna. O’quvchilar o’z atroflaridagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni ko’rishlari va namuna olishlari nixoyatda muximdir.
O’qituvchining shaxsan o’zi namuna bo’lishi, ayniqsa yoshlarga katta ta’sir ko’rsatadi.
Namunadan xalq pedagogikasida ham keng foydalanilgan. Ota – bobolarimiz o’z farzandlarini hamisha yaxshilardan, donolardan, ulug’ kishilardan ibrat olishga da’vat qilib kelganlar. Masalan: “ Qush uyasida ko’rganini qiladi ”. Juda oddiy jo’ngina xulosa.
Topshiriq. O’quvchilarning mehnat topshiriqlarini jamoa bo’lib bajarishlari ularda ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda aloxida ahamiyatga egadir. O’quvchilar o’z kuchlarini umum ishiga sarflashga, jamoa uchun mas’uliyatni xis etishga o’rganadilar. Mehnat qilish bolani xarakterini shakllantiradi, mustaxkamlaydi.
Pedagogik talab. Pedagogik talab tarbiyaning eng muhim usullaridan biridir. Talab – bu o’quvchining turli vazifalarni bajarishi; ijtimoiy xulq – atvor mezonlarini ifodalashi; u yoki bu faoliyatda qatnashib bajarilishi zarur bo’lgan aniq bir vazifa sifatida namoyon bo’lishi; turli ko’rsatma sifatida namoyon bo’lishi, u yoki bu xarakatda rag’batlantiruvchi yoki uni to’xtatuvchi bo’lishi; oqilona xarakatlarga undovchi bo’lishi mumkin.
O’z – o’zini tarbiyalash usullari o’quvchilarning o’zini – o’zi idora qilish organlari faoliyatida qatnashishlari, ularning ijtimoiy faollik mavqeyini shakllantirishning ta’sirchan vositasidir. O’quvchilar o’qishda, tarbiyada, dam olishda o’z – o’zini tarbiyalash usullaridan foydalanadilar, o’z – o’zini tarbiyalash tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydi.
O’z-o’zini taxlil qilish. O’z shaxsini, fazilatlarini taxlil qilishga, xatti – xarakatlari xaqida o’ylashga o’rgatadi.
O’z – o’zini nazorat qilish uchun o’quvchi o’zining yurish – turishi, intizomi, ijobiy odatlarining ortib borishi va, aksincha, salbiy odatlarining kamayib borishi xaqida muntazam ravishda kundaligiga yozib boradi.
O’z-o’zini baxolash. O’quvchining qobiliyatini o’z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashish zarur. O’z – o’zini baxolash qiyin, lekin o’quvchini bunga yetarli tayyorlash mumkin.
O’z – o’zini baxolash o’quvchi uchun o’zining imkoniyatlarini xisob – kitob qilish, baxolash, o’ziga chetdan turib xolisona baxo berish, o’zidan qoniqish xosil qilishda yordam beradi.
Rag’batlantirish va jazolash usullari.
1.O’quvchining kuchi yetadigan, mas’uliyatli topshiriq berish orqali bolaga ishonch bildirish; bunda o’quvchi o’z qadr - qimmati bilan faxrlanadi;
2.Maqtash (ota-onalar, bolalar jamoasi oldida);
3.Esdalik sovg’asi berish (kitob, ruchka, o’quv asbobi va boshqalar);
4.Maqtov yorlig’i berish;
5.Stipendiya bilan taqdirlash;
6.Xurmat taxtasiga fotosuratini quyish;
7.Qo’llab- quvvatlash;
8.Mas’uliyat va jamoaning minnatdorchiligi;
9.Safda birinchi o’rinda turish;
10.Musobaqalarda bayroq ko’tarish;
11.Gazetada, radioda e’lon va xokazo.
Xar qanday rag’batlantirish pedagogik talablarni xisobga olgan xolda qo’llanishi lozim.
Jazolash – bu tarbiyalanuvchining xatti – xarakati va faoliyatiga salbiy baxo berishdir.
Jazo ham o’quvchining va butun sinf manfaati uchun qo’llanadigan oxirgi tarbiya usuli. Jazo choralarini qo’llashda jismoniy jazo, urish, kaltaklash mumkin emas, bolani qo’rqitish, gazablantirish ham yaxshi natija bermaydi, o’quvchi qo’rqqanidan yolg’on gapirishga o’rganadi, ikkiyuzlamachi bo’lib qoladi.
Maktablarda qo’llash mumkin bo’lgan jazo choralariga quyidagilar kiradi:
Tanbex berish – eng yengil jazo chorasidir. O’qituvchi bolaga yuzma – yuz turib tanbex beradi, buni kundaligiga yozib quyish mumkin.
Ogoxlantirish – noma’qul xatti xarakatlarning oldini olish uchun qo’llaniladi.
Xayfsan berish – agar tanbex va ogoxlantirish kutilgan natijani bermasa, o’quvchi belgilangan intizomni bo’zaversa, o’quvchining aybi qay darajada va uning intizomini qanday sharoitda bo’zganini e’tiborga olib unga xayfsan e’lon qilish mumkin.
Uyaltirish. Odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or-nomus, sharm-xayodir. Odatda, odamda izzat –nafs, odamiylik qancha kuchli bo’lsa, avvalo o’zini xurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli bo’ladi. Bolalarni tarbiyalashda shu xislarni extiyotkorlik bilan o’stirish lozim, lekin xadeb uyaltiraverish va qizartiraverish yaramaydi. Bundan oqilona va o’z o’rnida foydalanish kerak, shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin.
Tarbiya tamoyillari- tarbiyachining tarbiya jarayonida asoslanishi va rioya qilishi lozim bo’lgan asosiy qoidalardir.
Milliy tarbiya tamoyillari:
Tarbiyaning yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishga yunaltirilganligi.
Tarbiyani mehnat bilan bog’lash
Tarbiyaning maqsadga yunaltiril- ganligi va g’oyaviyligi.
Tarbiyalanuvchi shaxsini xurmat qilish
Tarbiyada demokratik va inson- parvarlik g’oyalarning ustunligi
Tarbiyada o’quvchining yosh va
individual xususiyatlarini
hisobga olish
Tarbiyada milliy va umumbasha riy kadriyatlarning ustunligi
Jamoa va jamoa yordamida tarbiyalash
Tarbiyada izchillik va tizimlilik
Tarbiyada o’quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib salbiy tomonlarni yuqotish
Tarbiyani ijtimoiy xayot bilan
qo’shib olib borish
Tarbiyada xududiy xususiyatlarini inobatga olish
TARBIYА PRINTSIPLARI
Har bir ishning o’ziga xos, ma’lum qonun-qoidalari bo’lganidek, bola tarbiyasining ham o’ziga xos bir qator muhim qonun-qoidalari borki, ularga amal qilish tarbiya ishining samarali bo’lishini ta’minlaydi.
Bugungi kunda tarbiyaning quyidagi printsiplari farqlanmoqda:
- tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi;
- tarbiyaning hayot, mehnat bilan, O’zbekistonimizning mustaqilligi, gullab-yashnashi yo’lida qilinayotgan fidoyi ishlar bilan bog’lanish;
- shaxsni jamoada, jamoa orqali tarbiyalash;
- tarbiyada bola shaxsini hurmat qilish va unga talabchanlik;
- tarbiyaviy ishlarning izchilligi, muntazamligi hamda birligi;
- tarbiyada o’quvchilarningyoshi o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish.
Quyida tarbiya jarayonining tamoillarini ko’rib chiqamiz.
Tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi printsipi.
Tarbiya maqsadini belgilashda jamiyat talablari, davr nafasi, milliy xususiyatlar asos qilib olinadi. Tarbiyaning maqsadi har tomonlama kamol topgan - barkamol inson shaxsini tarbiyalashdir.
O’qituvchilar jamoasi va har bir o’qituvchi-tarbiyachi ana shu maqsadlardan kelib chiqib, tarbiyaviy ishlarning vazifalarini belgilaydi, uning mazmunini aniqlaydi hamda maktab ish sharoitlarini hisobga olgan holda o’quvchilarni tarbiyalashning shakl va uslublarini tanlaydi.
Tarbiyaning hayot bilan bog’liqligi printsipi
Bu qoida tarbiyaviy ishlarning mazmuni va tashkil etilishini doimo yangilab turishni talab etadi. Tarbiyachilar bolalar tarbiyasini hayot bilan bog’lar ekanlar, ularga o’zlarida iymon-e’tiqodni tarbiyalash imkonini beradilar.
Tarbiyaviy ishlar shunday tashkil qilinganda yoshlar jamiyat hayotiga faolroq jalb qilinadi, bu esa o’quvchi shaxsining tarkib topishiga yordam beradi.
SHAXSNI JAMOADA VA JAMOA ORQALI TARBIYALASH
PRINSIPI

Ilg’or o’qituvchilar tajribasining ko’rsatishicha, o’quvchilar ahil jamoa bo’lib uyushgandagina tarbiya ishlarini amalga oshirish ancha yengil bo’ladi va muvaffaqiyati ta’minlanadi. Yaxshi uyushgan, sog’lom jamoada o’quvchilarning fikri juda katta tarbiyaviy kuchga ega bo’ladi va tarbiya jarayonida o’qituvchilarning tayanchiga aylanadi.
O’z manfaatini jamiyat manfaatlari bilan qo’sha bilish, bir-biriga o’zaro yordam berish kabi qimmatli fazilatlar avvalo jamoada shakllanadi. O’quvchilar jamoasida har bir shaxsning kamolga yetishi, hamda sinfda va umuman maktabda do’stlik rishtalarini mustahkamlash uchun qulay sharoit yaratmoq darkor. SHuni ham aytish kerakki, ba’zan tarbiya jarayonida jamoa bilan shaxs o’rtasidagi qarama-qarshiliklarni bartaraf qilishga ham to’g’ri keladi.
O’quvchilarda jamoa manfaatini ko’zlash, jamoatchilik hissi, avvalo birgalikda o’qish va mehnat qilish jarayonida mustahkamlanadi.
O’qituvchi va tarbiyachi o’zining tarbiyaviy ishlarida hamma vaqt o’quvchilar jamoasiga va ular orasidagi faol o’quvchilarga tayanmog’i, o’quvchilarni turli ishlarni birgalikda bajarishga odatlantirib, ularga jamoachilik ruhini singdirib borishi lozim.
TARBIYADA BOLA SHAXSINI HURMAT QILISH VA UNGA TALABCHANLIK PRINSIPI
Tarbiyachi awaliga bolalardan biror narsani talab qilib, so’ngra o’zining bu talabini unutib qo’ysa yoki keyingi ishlarida o’zi bu talabga xilof ish tutsa, bu hoi tarbiyaga yomon ta’sir etadi. Biz bunday tarbiyachini o’z so’zida qat’iy turmaydigan kishi, deb ataymiz. U bolalarga topshiriq berib: «Bilib qo’yinglar, topshirilgan vazifani albatta tekshirib, tegishli bahoni qo’yaman», deb ogohlantiradi. Lekin bolalarning topshiriqni bajargan yoki bajarmaganlarini aslo tekshirmaydi. Bolalar tartibni salgina buzsalar, u ko’p do’q-po’pisa qilib, ularga qarshi turli choralar ko’rajagini aytadi-yu, ammo amalda hech qanday chora ko’rmaydi. U, biror qiziq tadbir o’tkazishni bolalarga va’da qiladi-yu, sal orada va’dasini esdan chiqarib qo’yadi, bolalarda bunday tarbiyachiga izzat va hurmat paydo bo’lmaydi. Har bir pedagogning so’zi bilan ishi bir xil bo’lishi kerak. U o’z ishida va so’zida izchil bo’lmog’i lozim. Har bir tarbiyachi uchun bu narsa qonun sifatida tan olinishi shart.
Bolalarga birdaniga juda ko’p talab-qoidalarni taqdim qilish mumkin emas; bolalarni xulq va yurish-turish ko’nikmalariga o’rgatgan vaqtda ham xuddi o’quv predmetlari mazmuniga kiradigan ko’nikmalarni o’rgatishdagi tadrijiylik va tizimlilikka rioya qilish kerak. SHunday qilinsa, bolalar xulqiy ko’nikmalarni puxta, mustahkam o’zlashtiradilar.
Boshlang’ich ta’lim mohir pedagoglari ish tajribalarining ko’rsa-tishicha, qaerda o’quvchilarga yuksak talabchanlik, hurmat, muhabbat, ishonch kuchli bo’lsa, o’shaerda tarbiyaning ta’siri samarali bo’ladi.
Bolaga mehribonlik, hurmat va muhabbat bilan qarash uning kuchiga kuch qo’shadi, o’ziga bo’lgan ishonchni yanada orttiradi, bu, ayni chog’da, o’quvchilarda o’z o’qituvchisiga nisbatan hurmat, ishonch va mehribonlik uyg’otadi. Zotan, bolalar g’amxo’r, mehribon va talabchan o’qituvchini sevadilar, hurmat qiladilar va unga to’la ishonadilar. Mana shunday o’qituvchining bolalarga tarbiyaviy ta’siri kuchli bo’ladi, uning obro’yi ortadi. Agarda o’qituvchi o’z o’quvchilarining kuchiga va imko-niyatiga ishonch bilan qarasa, ular bu ishonchni oqlashga intiladilar.
O’qituvchi va tarbiyachilarning o’quvchiga nisbatan haddan tashqari talabchan va qattiqqo’l bo’lishi ham, va aksincha, bolalarga bo’sh muomala qilishi ham yaramaydi.
O’qituvchi va tarbiyachilar o’quvchilarga nisbatan talabchan bo’lishlari va qo’ygan talablarining o’quvchilar tomonidan so’zsiz bajarilishiga erishmoqlari lozim. Bu esa bolalarni kattalar tomonidan qo’yilgan oqilona talablarni o’z vaqtida bajarishga odatlantiradi. SHu bilan birga, bolalar o’zlariga nisbatan ham talabchan bo’ladilar.
Tarbiya jarayonida bolalarga nisbatan o’qituvchilar, ota-onalar, bolalar va yoshlar tashkilotlari hamda barcha jamoatchilik tomonidan bir xilda talab bo’lishini, ya’ni talabda birlik bo’lishini ta’min etish g’oyat muhimdir.
Maktab ma’muriyati, sinf rahbarlari, o’qituvchilar bilan ota-onalar o’quvchilarga bir xilda talab qo’yishni ta’min etishlari kerak. Ota-onalar ham, o’z navbatida, bolalarni tarbiyalashni maktab bilan mustahkam aloqada olib borishlari hamda bolalarga nisbatan maktab bilan birga bir xil talab qo’yishlari lozim. Oila a’zolari: ota-ona, aka-uka, opa-singil va boshqalar o’rtasida ham bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishda birlik bo’lishi zarurdir. Bolaning sinfdan-sinfga o’tishi, yoshining ulg’ayishi, saviyasining ortishi, dunyoqarash doirasining kengayib borishi bilan talablarning mazmuni va shakli ham o’zgarib, ortib boradi.
Xullas, o’quvchilarga nisbatan talabchan bo’lish, ularga samimiy muhabbat va hurmat bilan qarash qoidasini oqilona hamda mohirlik bilan to’g’ri qo’llanishi, o’quvchilarnig kuchiga, imkoniyatlariga ishonch bilan qarashga - tarbiyaning muvaffaqiyatli borishiga yordam beradi.
TARBIYАDA O’QUVCHILARNING YОSHI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI HISOBGA OLISH PRINSIPI
Bolalar maktabda rivojlanishning turli davrlarini bolalik, o’smirlik, o’spirinlik pallalarini bosib o’tadilar. SHu davrlar ichida ular hayot, inson va tabiat, umuman atrofimizni o’rab olgan dunyo haqida aniq bilimlarga ega bo’ladilar. Ularnig axloqi ham o’zgarib boradi. SHu yillar ichida bolaning axloqiy tuyg’ulari rivojlanadi, ongi bilan xulqi o’rtasida uyg’unlik vujudga keladi, xarakteri tarkib topadi, o’z xulqi va xatti-harakatlarini ehtiyojga va sharoitga muvofiqlashtirishga intilish odatlari tarbiyalanadi.
Bolalarning yoshi rivojlanish darajasiga ko’ra ularga beriladigan tarbiyaning mazmuni, pedagogik rahbarlikning xarakteri ham o’zgarib boradi. Masalan, boshlang’ich sinf o’quvchilari maktabdagi o’z asosiy vazifalarini: o’zini maktabda, uyda, ko’chada qanday tutish qoidalarini bilib oladilar. Bunday odatlar ularga namuna ko’rsatish, tushuntirish yo’li bilan singdiriladi.
Bolalarning yoshi ulg’aygan sari ularga talab ham orta boradi. SHu tufayli o’rta va katta yoshdagi bolalarni tarbiyalashda ularning mustaqilligiga suyanib ish ko’rish yaxshi natija beradi. Tarbiyada bolalarning kuchi va imkoniyatlarini tola ishga solish yaxshi, lekin ularning kuchiga ortiqcha baho berib yuborish ham yaramaydi.
Tarbiya berishda o’quvchilarning yosh xususiyatlaridan tashqari, har qaysi bolaning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish ham katta ahamiyatga ega. Bolalarning yoshi, bo’yi bir xil bo’lsa-da, ularnig mijozi, fazilatlari, qobiliyat va mayllari, qiziqishlari har xil bo’ladi. Bu farqlar bolalarning xulqida, o’qish va mehnatida aks etadi.
Bir o’quvchiga nisbatan muvofiq bo’lgan tarbiya uslubini boshqa bir o’quvchiga nisbatan qo’llaganda u kutilgan natijani bermasligi mumkin. Sinfdagi o’quvchilarning ba’zilariga oddiy tanbehning o’ziyoq samarali ta’sir ko’rsatadi, ammo boshqa o’quvchilarga tanbeh berishning o’zi kifoya qilmaydi. Ba’zi bir o’quvchi ayrim axloqiy fazilatlarni tezda uqib oladi va unga amal qiladi, ikkinchisi esa unga amal qilmaydi, ayrim bolalar esa bu xil sifatlarni o’zlariga juda sekinlik bilan singdiradilar.
Ayrim o’quvchilar o’zlarining faolliklari, saranjom-sarishtaligi, intizomliligi, fahm-farosati bilan o’qituvchi va bolalar jamoasining ishonchi va hurmatiga sazovor bo’ladilar, boshqalari esa intizomsizligi, pala-partishligi, betgachoparligi, bema’ni qiliqlari bilan tezda «tanilib» qoladilar. Demak, har bir o’quvchining qobiliyati, qiziqishi, his-tuyg’ulari, kuchli va zaif jihatlarini aniqlab, tarbiyaviy ishlarda ularni hisobga olish tarbiyani to’g’ri yoiga qo’yish imkoniyatini beradi.
TARBIYAVIY ISHLARNING IZCHILLIGI, TIZIMLILIGI HAMDA BIRLIGI PRINSIPI
Avvalo, ta’lim va tarbiya bir maqsadni - barkatnol inson shaxsini tarbiyalashni nazarda tutadi. Ya’ni ta’lim ishi tarbiya bilan birga qo’shilib ketadi va bir-birini to’ldirib, mukammallashtirib boradi. Dars jarayonida olib borilgan tarbiyaviy ishlar sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bilan qo’shiladi.
Bolalar bilan olib boriladigan har bir tarbiyaviy ish butun tarbiya ishlarining ajralmas bir qismi sifatida amalga oshirilgan taqdirdagina ta’siri kuchli boiadi.
Tarbiya ishidagi izchillik va tizimlilik shundan iboratki, har bir tarbiya ishi maktabning umumiy tarbiyaviy rejasiga asosan ma’lum izchillikda amalga oshiriladi, oldingi ishlarning mantiqiy davomi sifatida tarbiya sohasida qilinayotgan ishlarni rivojlantiradi, mustahkamlaydi va yanada yuqori darajaga ko’taradi.
Tarbiya berishda tizimlilik qoidasi tarbiyani amalga oshiradigan barcha bo’g’inlarning - oila va maktab, bolalar va yoshlar tashkiloti, jamoatchilik, mahalla faollari, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari va ishlab chiqarish jamoalarining, keng jamoatchilikning hamjihatlik va bamaslahat ish ko’rishini nazarda tutadi.
Tarbiya ishidagi bu hamjihatlik va hamkorlikni ta’min etishda maktab asosiy rol o’ynaydi. Maktab yuqorida aytilgan muassasalar bilan mustahkam aloqada bo’lib, tarbiya sohasida bahamjihatlikda ishlashga erishadi.
Tarbiya jarayonida tizimlilik va izchillikni ta’min etadigan muhim shartlardan biri tarbiya sohasidagi bilim, ko’nikma va malakalarni egallash va mustahkamlashda uyg’unlikka rioya etishdir. Tarbiyaviy ishlarning hammasida bolalarda mavjud bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka va odatlarga hamda ularning turmush tajribalariga suyanish lozim.
Har bir odam o’z hayot yo’lida qancha muvaffaqiyatlarga erishgan yoki imkoniyatlarni qo’ldan boy bergan bo’lsa, buning hammasiga, avvalo, uning fe’l-atvori, olgan tarbiyasi sababdir.
O'quv qayda bo'lsa - ulug'lik shunda,
Bilim qayda bo'lsa -buyuklik shunda.
Yusuf Xos Hojib


Yüklə 60,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin