Eslatma: ro’yhatning ixtiyoriy elementini o’chirish, ixtiyoriy joyiga element qo’shish mumkin.
Bogʼlangan roʼyxat elementlari mantiqiy tasvirlanishda yozuv kabi ifodalanadi. Dasturda class orqali ifodalash mumkin:
class Node{ public://klass ma’lumotlariga tashqaridan bo‘ladigan murojaatga ruxsat berish int info; // informatsion maydon Node* next;// ko‘rsatkichli maydon }; int main(){ Node *lst = NULL;// ro‘yhat boshi ko‘rsatkichi }
Bir bog’lamli ro’yhatlar
Def.1. Agar ro’yhat elementlari (tuguni) faqatgina bitta ko’rsatkichlar maydoniga ega bo’lsa, u holda bunday tuzilmaga bir bog’lamli yoki bir tomonlama yo’naltirilgan ro’yhat deyiladi. Eslatma Ro’yhat elementlari garchi ketma-ket tuzilmani tashkil etsada, ular xotirada tartibsiz joylashgan bo’lishi mumkin. Eslatma Ro’yhat elementlariga murojaat faqat ro’yhat boshidan amalga oshiriladi. Teskari aloqa yo’q.
Ikki bog’lamli ro’yhat
Umuman olganda, ikki bog’lamli ro’yhat bu elementlari soni bir xil, faqatgina o’zaro teskari ketma-ketlikda yozilgan ikkita bir bog’lamli ro’yhatdir.