Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti


Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari va vositalari



Yüklə 123,08 Kb.
səhifə9/15
tarix01.01.2022
ölçüsü123,08 Kb.
#50311
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyot

1.3. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari va vositalari


Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin:

  • bevosita ta’sir qilish usullari;

  • bilvosita ta’sir qilish usullari;

  • tashqi iqtisodiy usullar.

Markazdan boshqarish tartibi ustun bo`lgan mamlakatlarda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta’sir qilish usullari ustun bo`lsa, bozor iqtisodiyoti esa birinchi navbatda iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga solish bilan bog`langan. Shu bilan birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning davlat sektori mavjud. Davlat sektorini boshqarish mulkchilikning davlat shakliga asoslanib, u asosan quyidagi uchta yo`l orqali shakllanadi:

1) ishlab chiqarish vositalari egalariga pul yoki qimmatli qog`ozlar bilan tovon to`lash orqali mulkni milliylashtirish;

2) davlat byudjeti mablag`lari hisobiga yangi korxonalar, ba’zi hollarda yaxlit tarmoqlarni barpo etish;

3) davlat tomonidan xususiy korporatsiyalarning aksiyalarini sotib olish va aralash davlat-xususiy korxonalarini tashkil etish.

Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma’muriy vositalardan foydalanadi. Ma’muriy vositalar davlat hokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni o`z ichiga oladi. Ayniqsa ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda iqtisodiyotga bilvosita ta’sir qilish tadbirlari kam samarali bo`lib, ma’muriy vositalardan foydalanishga ustunlik beriladi. Bu usullardan quyidagilarni alohida ko`rsatish mumkin:

a) iqtisodiyotning ayrim bo`g`inlari – transport, aloqa, atom va elektr energetikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarni bevosita boshqarish. Bunda davlat mulk sohibi va tadbirkor sifatida o`ziga qarashli korxona va tashkilotlar iqtisodiy hayotida faol qatnashadi;

b) narxlar va ish haqini «muzlatib» qo`yish siyosati. Bu iqtisodiyotga aralashishning antiinflyatsion tadbirlari hisoblanib, inflyatsiyani yumshatishga qaratiladi;

c) ish bilan bandlik xizmati (mehnat birjalari) faoliyatini tashkil qilish. Davlat bu faoliyatni tashkil qilish bilan ishsizlikni qisqartirish choralarini ko`radi. Ularni zarur kasblarga qayta tayyorlaydi, ish bilan ta’minlanmaganlarga nafaqa beradi, muhtojlarga yordam ko`rsatadi;

d) iqtisodiy sohani tartibga solishni ko`zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish (monopoliyaga qarshi qonunchilik, tadbirkorlik to`g`risidagi, bank sohalari, qimmatli qog`ozlar bozorining faoliyatini tartibga solishni ko`zda tutuvchi qonunlar).

Shu orqali bozor munosabatlarining rivojlanishi qonun yo`li bilan kafolatlanadi, turli mulk shakllarining daxlsizligi ta’minlanadi, monopoliyalarga yo`l berilmaydi va erkin raqobatga sharoit yaratiladi.

Iqtisodiyotning erkinlashuvi, bozor mexanizmini real holatda harakatlanishi ko`p jihatdan shu davlatda budjet-soliq siyosatining qay daraja ekanligiga bog`liq. Bu esa o`z navbatida budjet-soliq mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan davlat siyosatini dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Davlatning byudjet siyosatini asosiy belgisi byudjet mablag`laridan samarali foydalanish orqali mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish bo`lsa, soliq siyosatining asosiy belgisi bo`lib soliq yukining iste`molchilar bilan ishlab chiqaruvchilar o`rtasida optimal nisbatini belgilashdir[ CITATION Xod171 \l 1033 ].


Yüklə 123,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin