Tinglovchilarni faollashtirish, birlamchi bilimlarni aniqlash maqsadida savollar: Mavzu: MAVJUD AVTOMOBIL YO’LINING HOLATINI O’RGANISH Ishdan maqsad: Mavjud avtomobil yo’lining landshaft loyihasini o’rganish hamda AutoCad dasturi yordamida yo‘lning turli bo‘laklarida landshaft loyihalash rejasini bajarish.
Inson faoliyatining qadimiy va nafis sohalaridan biri bu arxitekturadir. Arxitekturaga ta’rif bermasdan avval "arxitektura"so‘zining kelib chiqishiga nazar tashlaylik. So‘z ildizi "tektura" qurilish san’ati ma’nosini berib, "arxi" qo‘shimchasi esa oliy, yuqori darajada degan ma’noni bildiradi. Demak "arxitektura" — qurilishning yuqori bosqichi, ya’ni oliy darajadagi qurilish demakdir Landshaft arxitekturasi-Park, bog‘lar, shahar maydonlari, piyoda yo‘llar, saylgohlar va umuman ko‘kalamzorlashtirish va tashqi obodonlashtirish san’atidan iborat. Tashqi ochiq muhitlar: shahar maydonlari, turli-tuman istirohat bog‘lari va parklar, xiyobonlar, bulvarlar, piyodalar ko‘chalari va unga oroyish berish san’ati namunalari landshaft arxitekturasining ob’ektlaridir. Bugungi kunda landshaft arxitekturasining ob’ektlariga nafaqat tashqi ochiq muhitlar, balki ichki yarim ochiq va yopiq muhitlar: binolarning ichki hovlilari, "qishki bog‘lar", vesti- byullar ham kiradi. Landshaft arxitekturasi, shuningdek mavjud tarixiy bog‘lar va ko‘kalamzorlarni qayta tiklash va ta’mirlash ishlari bilan ham shug‘ullanadi.
Havzaning ko‘p qismi ko‘tarilgan chetidan ko‘rinishi uchun me’moriy havza chegarasi uzun profil yuqoriga chiqqan joydan o‘tishi kerak. Tik ko‘tarilgan joylardan tashqari aholi punktlari, manzara chegarasi, ko‘zga tashlanadigan alomat (aksent) bilan birlashgan burilish joylari ham me’moriy havza chegarasi bo‘lishi mumkin.
Dominant-doim birikkan yo‘l elementlari bilan yo‘l yoqasidagi manzara elementlari birikmasidan tuziladi
Yo‘lning boshdan oyog‘igacha yoki ma’lum joylaridagina me’moriy asoslangan kompozitsiyalar tuzishning bitta yo‘li – yo‘lni alohida qismlarga bo‘lish bo‘ladi. Yo‘lning me’moriy yopiq makon hosil qiladigan bunday qismlari me’moriy havza deyiladi Avtomobil magistarllarining ajratuvchi tasmasida maysazor bilan birga butalarning ko`ndalang ekish tavsiya etiladi (1.1-rasm). Bunday ekish turi ajratuvchi tasma chegaralarini aniq ko`rinishida va haydovchilarni ko`zlarini qarshidan kelayotgan avtomobillarning yoritish chiroqlaridan qamashishini oldini olishni ta’minlaydi. Ko`chatlar orasidagi masofa 20–25 m, balandligi esa 1,0 – 1,2 m bo`lishi shart, butalar har yili kesib turiladi. Buta ko`chatlari 450 burchak ostida joylashtiriladi