Zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti


-rasm. Asosiy yo`lga chiqish joyida qatorli ekish



Yüklə 21,76 Kb.
səhifə4/4
tarix25.12.2023
ölçüsü21,76 Kb.
#193957
1   2   3   4
1-амалий

1.1-rasm. Asosiy yo`lga chiqish joyida qatorli ekish.
1.2-rasm. Avtomobil yo‘llarini aralash usul bilan manzarali ko‘kalamzorlashtirishga misol:
1 –himoya tasmasi; 2 – daraxtlarni tartibli ekish; 3 – landshaft-guruhli ekish.
4 – расм. Автомобил йўлларини манзарали кўкаламзорлаштиришга мисоллар (тартибли усул)
а- баргли дарахтлар; б – аралаш дарахтлар.
5 – rasm. Daraxt va butalarni monoton ekish ortida landshaft-guruxli joylashtirish:
1 – ҳимоя полосаси; 2 – манзарали акцент; 3 – бошқарувли манзарали экинлар.
1.4-rasm. Daraxtlarni qatnov qismi cheti va yo‘l poyi qirg’og’iga nisbatan joylashuvi:
a – nolinchi belgida; b – ko‘tarmada; v – o‘ymada.
1.6 – rasm. Guruhli ekishga misollar:
a, b, v – har xil turdagi oldi butali guruh; g – daraxtlardan iborat bo‘lgan bir turdagi mustaqil guruh; d – shunga o‘xshash guruh; e, j – to‘rt daraxtdan iborat bo‘lgan guruh (mustaqil guruhga o‘xshash); z – butali guruh.
2-расм. Тўғридан қараганда эгри чизиқлардаги йўналтирувчи дарахтлар:
3-расм. Тўсиқ дарахтларнинг йўлга бирикишига мисоллар:
а – йўлдан тушиш жойига қарама-қарши;
б – ўтиш-тезлик полосасининг охирида;
в- кўтарилган эгри чизиқ орқасида.
Landshaft loyihasi-ko’kalamlashtirish loyihasi tuzilganda avtomobillarning hisoblangan harakatini e’tiborga olish kerak. Tezlik qancha katta bo`lsa alohida yoki to`p qilib daraxt ekishning o`rniga katta daraxtzorlar qilish to`g‘ri bo`ladi, shunda daraxtlar ko`z oldidan lipillab o`tmaydi, yo`l chetini saqlash yengil bo`ladi. Uzun, bir xil ekinning o`rniga daraxtlarni guruh qilib ekish to`g‘ri bo`ladi. Kichik daraxtlar guruhiga qo`shimcha daraxtlar ekilishi, qalin butalarni esa siyraklashtirib, yo`ldan manzara yoki imoratlar ko`rinadigan qilish mumkin, noxush ko`rinishni berkitish uchun daraxt ekish, bezatish ishlarini bajarsa bo`ladi.
Yo`ldan ko`rinadigan manzara o`rmon joylarining bir xilligini buzadigan dominantga aylanadi. Loyihadagi bunday ishlar asoslangan bo`lishi kerak. Shu munosabat bilan muhandislik psixologiyasidagi ma’lum bir qoidani e’tiborga olish kerak, ya’ni yangi signalni idrok qilish vaqti (cheklanmagan sharoitdagi reaksiya vaqti) 3 sekund bo`ladi, 4 sekund qaraganidan so`ng qarovchida betoqatlik alomatlari paydo bo`ladi. O`rtacha idrok qilish vaqtini 3,5 sekund deb olaylik, ekinzorlar, binolar uzilgan joydagi oraliqni ko`rish 3,5 sekunddan oshmaydi deb hisoblaymiz. Shunda uzilgan joylarning chegaraviy (hisoblanadigan) uzunligi (metrda) son jihatidan (kilometrdagi) lr = υr harakat tezligiga teng bo`ladi.
Mavjud avtomobil yo‘llarida arxitektura havzalarni ajratadigan va elementlar umumiyligi bilan ajratib turadigan quyidagi birliklar bo‘ladi:
- me’moriy havzalar ko‘pincha yuqoriga tik ko‘tarilgan joylarda qabariq egrilik, yo‘l va manzaradagi boshqa elementlar bilan qo‘shib ajratiladi. Cho‘l manzarasidagi havzalarni asosan oldindagi tik ko‘tarilgan qabariq egrilar ajratadi. Quyidagi ajratish usullari ham ko‘p ishlatiladi: o‘rmon joyda –manzaradagi boshqa elementlar bilan uyg‘unlashgan bino va aholi punktlari yoki daraxtlar to‘p o‘sgan alohida joylar, o‘rmonlar, yo‘l kesishgan joylar, yo‘l o‘tkazgichlar, yo‘l tutashgan joylar; dasht joylarda – alohida o‘rmonlar, daraxtlar to‘p o‘sgan joylar, yo‘lni kesib o‘tadigan dalani himoya qiladigan tasmalar, dasht fonida keskin ajralib turadigan boshqa elementlar;
- ba’zan me’moriy havzalar bir-biridan yo‘ldagi yoki manzaradagi alohida elementlar bilan ajratiladi. Ko‘pincha bir nechta element bir-biri bilan qo‘shib ishlatiladi, odatda bu elementlarning bittasi plan yoki profildagi egri chiziq, alohida chuqur joy, ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich bo‘lishi mumkin.
Me’moriy havzalarni ajratib turadigan birikmalarning bir qismi sifatida albatta yo‘ldagi elementlar ishlatiladi; dominantlar ko‘pincha me’moriy havzaning kompozitsion markazi vazifasini bajaradi yoki uni ajratib ko‘rsatadi; umumiy dominantlarning 3 foizigina me’moriy havzalar chegarasida bo‘ladi;
- yirik aholi punktlari, katta ko‘prikli o‘tish joylari alohida me’moriy havza bo‘ladi;
- aholi punktlari, ko‘priklar dominant va yo‘l kompozitsiyasi markazi bo‘ladi;
- dominantlar doim birikkan yo‘l elementlari bilan yo‘l yoqasidagi manzara elementlari birikmasidan tuziladi;
Umumiy ansamblning bir qismi bo‘ladigan har bitta me’moriy manzara boshqasidan farq qilsa, haydovchi yoki yo‘lovchi bu farqqa e’tibor qilsa, tushunsa va me’moriy bezatish uzoq davom etgani uchun charchatmasa esda qoladi. Turli omillarning ta’sirini hisobga oladigan bo‘lsak, bitta me’moriy havza ichida 3-5 daqiqa harakat bo‘lishi mumkin. Me’moriy havzalarning optimal uzunligi quyidagicha bo‘lishi tavsiya qilinadi:

Yo‘l toifasi

I

II va III

IV va V

Me’moriy havzaning uzunligi, km

10 – 16

8 – 10

6 – 8

1.5-rasm. Avtomobil yo`llarida chorraxalarni landshaft oyihalash rejasi
Topshiriq: Berilgan namunalarga asosan yo‘l toifasi bo‘yicha avtomobil yo‘lining turli bo‘laklarini landshaft loyiha rejasini AutoCad dasturi yordamida chizish.
Yüklə 21,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin