Ушбу вазият бўйича ўз фикрингиз ва ҳаракатларингизни
тушунтириб беринг.
Ushbu holatda sodir bo’lgan vaziyatda Milliy gvardiya xodimi faqat o’zi
fuqarolarning uyushgan guruhiga qarshi chiqishi mutlaqo noto’g’ri hisoblanadi. Bu
uning hayoti yoki sog’ligiga jiddiy xavf soladi. Shuning uchun bunday holatda
olomonga qarshi guruh bo’lib harakatlanish lozim. Lekin yuqoridagi holatda faqat
bir nafar Milliy gvardiya xodimi tilga olingan. Bu holatda esa qurshovga olish yoki
jonli to’siq o’rnatishi mumkin emas. faqat olomonni bunday harakat sodir etishdan
tiyilishiga undashi mumkin. Ushbu holatda esa maxsus bo’yoqlardan foydalanishi
esa mutlaqo noto’g’ri:
❖ maxsus bo‘yovchi va markirovka qiluvchi vositalar jinoyatga yoki ma’muriy
huquqbuzarlikka chek qo‘yishda;
❖ ichki ishlar organi xodimiga qarshilik ko‘rsatilishiga chek qo‘yishda;
❖ jinoyatni sodir etish chog‘ida yoki uni sodir etganidan keyin darhol ko‘rib
qolingan, yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda foydalaniladi. Bunda ushbu
harsakatlarni sodir etayotgan shaxslar olomon ichidan aniqlanib, ularga bo’yoq
sepiladi va keyinchalik ularni shu bo’yoqdan oson topish mumkin, chunki bu shartli
belgi sifatida foydalaniladi va u uzoq vaqtgacha badanda yoki kiyimda saqlanib
qoladi.
Namoyishlarda ishtirok etayotgan barcha shaxslarni birdaniga qurshovga
olish mumkin emas, chunki bu fuqarolarning hamda maxsus kuchlarning sog’lig’i
yoki hayotiga xavf solishi mumkin. Shuning uchun avval namoyishni to’xtatib,
olomonni tarqatib, keyin bunda ishtirok etgan shaxs yoki shaxslar guruhi bilan ish
olib borish kerak. Bunda esa nafaqat bir xodim, balki bir necha kuch tuzilmalarining
xodimlari va xizmatchilari birgalikda harakat qilishlari zolim bo’ladi. Shundagina
samarali va xavfsizlik nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq bo’ladi.