Ўзбекистон республикаси ҳУҚУҚни муҳофаза қилиш академияси 2-курс талабалари учун



Yüklə 212,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix23.05.2023
ölçüsü212,69 Kb.
#120204
1   2   3
yakuniy Shohruh

Portlovchi moddalar – biron-bir tashqi ta’sirlar ostida zudlik bilan o‘zi 
tarqaluvchi, kengayganida mexanik ishni amalga oshiruvchi kuchli qizdirilgan va 
kuchli bosimga ega bo‘lgan gazlarning kimyoviy o‘zgaruvchanligiga olib keladigan 
kimyoviy birikmalar yoki aralashmalarga aytiladi. 
Portlovchi moddalarning ta’sirchanligi deganda ularning tashqi ta’sir ostida 
portlovchi o‘zgarishga bo‘lgan oz yoki ko‘p miqdordagi qobiliyatiga aytiladi. U 
portlashda o‘zgarishi jarayonini qo‘zg‘atish uchun sarflanishi lozim bo‘lgan kichik 
miqdordagi kuch bilan tavsiflanadi.
Portlovchi moddaning portlash (yonish) tezligi – sinalayotgan zaryadning 
yonish tezligi bilan yonuvchi shnurni yonish aniq tezligi bilan solishtirish.
Portlovchi moddaning parchalanishi – portlovchi moddaning portlash 
davomida u bilan tegish nuqtasidagi barcha predmetlarni (metall, tog‘ jinslarini) 
maydalash qobiliyati.
Portlovchi moddaning zaryadlanishi (ishchanligi) – portlash sodir etilayotgan 
muhitdagi u yoki bu materialni buzish va uloqtirishi bilan tavsiflanadi. 
Portlovchi moddalar o’z xususiyati va ta’sir darajasiga qarab 3 ta asosiy 
guruhga bo‘linadi, bular:
-qo‘zg‘atuvchi ya’ni harakatga keltiruvchi portlovchi moddalar;
-brizantli ya’ni parchalovchi portlovchi moddalar;
-uloqtiruvchi, shu jumladan qo’lda ba boshqacha usulda otiladigan portlovchi 
moddalar. Endi har bir portlovchi moddaga alohida to’xtalib o’tamiz. 
Bulardan birinchisi harakatga keltiruvchi portlovchi moddalar guruhi bo’lib, 
tashqi ta’sirlarga nisbatan juda kuchli ta’sirchanlikka (ishqalanish, urilish olov 
ta’siriga) ega bo‘lib, uncha ko‘p bo‘lmagan harakatga keltiradigan portlovchi 
moddaning parchalovchi portlovchi modda bilan bevosita aloqasida oxirgisining 


yonishini yuzaga keltiradi. Ko‘rsatilgan xususiyatlariga ko‘ra jarayon sodir 
bo’ladigan portlovchi moddalar faqatgina kapsyul-detonatorlar va kapsyul-o‘t 
oldiruvchilarni harakatga keltirish aslaha vositalari uchun qo‘llaniladi. Sababi ular 
orqali muayyan harakat yuzaga keladi va asosiy harakat bajariladi. Bunday 
moddalarga qo’rg’oshin oksidi, simob fulminati va TRNS ni misol qilib 
keltirishimiz mumkin. 
Keyingisi bu brizantli portlovchi moddalar bo’lib, ular kuchliroq va turli 
tashqi ta’sirlarga nisbatan kam ta’sirchandir. Parchalaydigan portlovchi 
moddalarning yonishi kapsyul-detonator tarkibiga kiruvchi u yoki bu harakatga 
keltiradigan portlovchi moddaning biron zaryadini yoki parchalaydigan portlovchi 
moddaning biron zaryadini yondirish orqali qo‘zg‘atiladi. Unda amalga oshadigan 
parchalash uchun yonish quvvati o’z xususiyatiga qarab, uch turga bo’linadi, bular 
kam, o’rta va yuqori quvvatli brizantli portlovchi moddalardir. Kam quvvatli 
moddalarga ammiakli selitrani, o’rta quvvatliga trotil, plastit, dinamitni, yuqori 
quvvatli portlovchi moddaga esa geksogen, TEN va tetril moddalarini misol qilib 
keltirishimiz mumkin. 
Uloqtiruvchi portlovchi moddalar qo’lda yoki boshqacha usulda otiladi va u 
xususiyatiga qarab, ma’lum vaqt ichida yoki ma’lum joyga borib, yerga tekkandan 
so’ng portlaydi. Biz bularga poroxlarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Poroxlar 
tutunli va tutunsiz turlarga bo‘linadi:
Tutunli porox kaliy selitrasi ko‘mir va oltingugurtning mexanik aralashmasi 
bo’lib, uloqtirilgandan so’ng, kuchli portlash bilan birga atrofga tutun ham tarqaladi. 
Bu porox asosan, olov o‘tkazuvchi shnurlarni, muhandislik minalarining 
uloqtiruvchi zaryadlarini, reaktiv dvigatellarning porox zaryadlarini ishlab chiqishda 
qo‘llaniladi. 
Tutunsiz poroxlar nitrosellyuloza (piroksilin) asosida tayyorlanadi.
Piroksilinli porox tez bug‘lanuvchi eritmalar asosida, nitrogliserinli porox esa sekin 
bug‘lanuvchi eritmalar asosida tayyorlanadi.
Tutunsiz poroxlar reaktiv dvigatellarda, artilleriya va o‘q otar qurollarni 
zaryadlash uchun qo‘llaniladi. 


2 Замонавий техника воситаларини қўллашнинг ҳуқуқий асосларини 
шарҳланг. 
Chegaralar daxlsizligi, fuqarolarni osoyishtaligi, davlatning jamiyat oldidagi 
eng asosiy vazifasi hisoblanadi. Uni amalga oshirish uchun esa muayyan kuch 
tuzilmalariga tayanadi. Masalan, mamlakatimizda Ichki ishlar organlari, Milliy 
gvardiya, Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari, Davlat xavfsizlik xizmati ana 
shunday tuzilmalar hisoblanadi. Ular o’z faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun 
muayyan vakolatlarga ham ega. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining “Ichki 
ishlar organlari to’g’risida”gi hamda “Milliy gvardiya to’g’risida”gi qonunlari 
asosiy me’yoriy hujjat bo’lib, unda ushbu organ xodimlari va xizmatchilari 
tomonidan qanday maxsus texnika vositalari va o’qotar qurollari qo’llanilishi, uni 
shartlari, tartibi va qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar keltirilgan. Bundan tashqari 
quyidagi hujjatlarni ham huquqiy asos sifatida keltirishimiz mumkin: 
➢ O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 1998-yil 10-dekabrdagi 
“Ichki ishlar organlari navbatchilik qismlari faoliyatini takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi 250-son buyrug’i; 
➢ O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2004-yil 22-iyundagi 
“Terrorchilar qo’llayotgan yangi strategik va taktik harakatlarga qarshi kurashish 
hamda Ichki ishlar organlari xodimlarining xavfsizligini ta’minlash bo’yicha uslubiy 
chora-tadbirlarni tadbiq etish to’g’risida”gi 167-son buyrug’i; 
➢ O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017-yil 15-martdagi 
“hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus 
vositalardan va o’qotar qurolni qo’llash tartibi to’g’risida”gi 55-son buyrug’i. 
Ushbu qonunlar va buyruqlar maxsus vositalarini qo’llanilishi uchun sabablar, 
sharoitlar va tartibini belgilaydi, uni amalga oshiruvchi organlar faoliyatini tartibga 
solidi va istisno holatlarda maxsus vositalarni qo’llashni qat’iy taqiqlaydi. 


B bo’lim. 
Миллий гвардия аскари П.Ваисов янги қонун қабул қилинишидан 
норози бўлган ва жамоат тартибини бузган оломони қуршовга олиш учун 
махсус бўяш гранатасидан фойдаланган. 

Yüklə 212,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin