ALGORITMLARNING BERILISH USULLARIGA DOIR MISOLLAR Algoritmlar uch hil usulda qurilishi mumkin.
Algoritmni so‘zlar orqali qurish. Bunda algoritmning har bir buyruq-amali ijrochiga tushunarli bo‘lgan so‘zlar orqali ifodalanadi.
1-misol: AB kesmani teng ikkiga bo‘lish algoritmi.
1. Boshlansin.
2. Sirkulning bir uchi A nuqtaga qo‘yilsin.
3. Radiusi AB bo‘lgan aylana chizilsin.
4. Sirkulning uchini V nuqtaga qo’yilsin.
5. Radiusi BA bo‘lgan aylana chizilsin.
6. Aylanalarning kesishish nuqtalarini CD kesma bilan birlashtirilsin.
7. CD va AB kesmalarning kesishish nuqtasi M ni belgilansin.
8. M nuqtani izlangan nuqta deb hisoblansin.
9. Ishni tugatilsin.
B) Matematik formulalar usuli. Bu usulda algoritmning har bir amali matematik formulalar yordamida hosil qilinadi. Algoritm amallarini ifodalashda oddiy matematik yozuvlardan foydalanish mumkin. 2 - misol: ax2 + bx + c = 0 kvadrat tenglamaning yechimi topilsin.
Boshlansin.
Aniqlansin a, b, c.
Hisoblansin D := b2 + 4ac .
Agar D<0 bo'lsa chiqarilsin «Yechimi yo'q» ; 7 ga o'tilsin.
Hisoblansin
Chiqarilsin x1, x2.
Ishni tugatilsin.
S) Blok-sxemalar usuli. Bunda algoritmning har bir buyrug‘i maxsus geometric shakllar yordamida ifodalanadi. Blok-sxemalarni qurishda 1-jadvaldagi shakllardan foydalanish mumkin.