https://t.me/profayling_uz
oshiradi, katta yarim harlarning qobig’i esa hayotda orttirilgan,
psixika yordami
bilan boshqariladigan xulq-atvor shakllarining organi sanalanadi.Miya katta yarim
harlari faoliyatining umumiy qonunlari I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan.
Hozirgi zamon fiziologiyasi ma'lumotiga qaraganda, miyada hosil
bo’ladigan to’lqinlar turli chastotadagi elektromagnit tebranishlariga o’xshab
ketadi. Miyada elektroentsefalogramma ko’rinishdagi kuchaytirgich yordamida
yozib olish mumkin bo’lgan elektr toklari paydo bo’lishining kashf etilishi muhim
ahamiyatga ega. Chunki, kosmonavt miyasining biotoklari yozuvi uning markaziy
nerv sistemasida yuz beradigan o’zgarishlar ko’satkichi bo’lib xizmat qiladi.
Odamning psixik hayotida katta yarim harlar qobig’i sirtining peshona qismlari
alohida rol o’ynaydi. Psixik funktsiyalar muayyan tarzda chap va o’ng yarim harlar
o’rtasida taqsimlanishi chuqur o’rganilgan. Ma'lumki, psixikaning mazmuni tirik
mavjudod o’zaro munosabatda bo’ladigan tashqi olam bilan belgilanadi.
Shuning
uchun tashqi olam inson miyasi uchun shunchaki oddiy biologik muhit emas, balki
odamlar tomonidan ularning ijtimoiy tarixiy taraqqiyot davomida yaratilgan
hodisalar olami hamdir. Psixik va nerv-fiziologik jarayonlarning o’zaro
munosabati masalasi murakkab muammolardan hisoblanadi. Psixikaning o’ziga
xos xususiyatlari nerv-fiziologik xususiyatlaridan qanday muhim belgilari bilan
farqlanishini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Agarda mazkur o’ziga xoslik
mavjud bo’lmaganida edi, u holda psixologiya mustaqil bilim sohasi sifatida tadqiq
etilishi ham mumkin emasdi. Psixik jarayonlar o’zida ichki, fiziologik
jarayonlarning emas, balki tashqi ob'ektlarning tavsifini mujassamlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: