https://t.me/profayling_uz
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
E.G’OZIYEV
UMUMIY PSIXOLOGIYA
Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik
I -kitob
Toshkent - "Universitet" – 2002
Farg’ona Profayling Maktabining electron kutubxonasi
https://t.me/profayling_uz
https://t.me/profayling_uz
Mazkur darslik umumiy psixologiya faniga bag’ishlangan bo’lib,
psixologiyaga kirish, shaxs va uning individual-tipologik xususiyatlari to’g’risidagi
materiallarni o’zida mujassamlashtirgan. Darslikning o’tmishdoshlaridan farqi
shundaki, unda barcha psixologik
kategoriyalar, muammolar yangicha
metodologik yondashuv negiziga suyangan holda talqin qilinadi. Uning birinchi
qismida psixologiyaning predmeti,
tadqiqot metodlari, printsiplari, psixikaning
evolyutsion taraqqiyoti, faoliyat va ongning psixologik tahlili umumlashtirilgan.
Darslikning ikkinchi qismida shaxs to’g’risida tushuncha, uning tuzilmasi,
nazariyalari, asosiy metodlari,
shaxs eshtiyojlari, motivatsiyasi, qiziqishi,
emotsiyasi (hissiyoti), xarakteri, irodasi, qobiliyati, temperamenti,
bilish
jarayonlari hamda ularning jahon psixologiyasi fanida o’rganilishi masalalari o’z
ifodasini topgan.
Darslik psixolog mutaxassislarni nazariy va amaliy ma'lumotlar bilan
qurollantirish imkoniyatiga ega. Darslik psixolog mutaxassislarga, aspirantlarga va
oliy maktab o’qituvchilariga mo’ljallangan.
TAQRIZCHILAR: T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika
fanlari ilmiy tadqiqot instituti bo’lim boshlig’i, psixologiya fanlari nomzodi,
dotsent M.Sh.Rasulova
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zMU ijtimoiy psixologiya kafedrasi dotsenti
R.Yu.Toshimov
MAS’UL MUHARRIR: Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zMU ijtimoiy
psixologiya kafedrasi dotsenti M.M.Mamatov
O’zMU o’quv metodik Kengashining 2002 yil
Majlis qarori bilan nashrga
tavsiya etilgan. "Universitet" nashriyoti, 2002.
https://t.me/profayling_uz
MUQADDIMA
Yigirma birinchi asr fan va texnikaning yangi bir yuksalish pallasiga
kirganligi bilan, shuningdek, qarama-qarshi tizimlar barham topganligi bilan o’ziga
xos ahamiyat kasb etadi. XXI asr jahon sivilizatsiyaga oltin harflar bilan bitilgan
son-sanoqsiz zar varaqlarga ega bo’lishi bilan birga ekologiya muammolarining
yuzaga chiqarganligi tufayli boshqa asrlardan keskin ajralib turadi. Er kurrasida
farovonlik, mo’l-ko’lchilik, tinch, osoyishta hayot bo’lishi uchun qit'alararo,
millatlararo hamkorlik yo’lga qo’yilishi, ekologiyani musaffolashtirish uchun
strategik qurollar va texnologiyani
zararsizlantirish, ona zaminni va moviy
osmonni avaylash lozim. Yer farzandi degan nuqtai nazar bilan jahondagi millat va
elatlarni hamkorlikka undash orqali abadiylik qonuniyatini saqlab qolish mumkin,
xolos.
Ma'lumki, jamiyat va tabiat o’rtasidagi munosabatlarni tadqiqot etishga
mo’jallangan fanlardan bittasi psixologiya hisoblanadi. Psixologik bilimlarni
ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida tatbiq etish ko’lami kengayib borishi uning
mas'uliyati va nufuzi ortayotganligidan dalolat beradi. Xuddi shu bois psixolog
mutaxassislarga nisbatan ijtimoiy buyurtmaning ko’payishi
ularni hozirgi zamon
talabiga javob beradigan darajada tayyorlashni taqozo qilmoqda. Istiqlol harofati
tufayli ilmiy yondashuvlarga, oldingi metodologik muammolarga xolisona
munosabatda bo’lish imkoniyati vujudga keldi.
Mamlakatimiz
prezidenti
I.A.Karimov
asarlarida,
O’zbekiston
Respublikasining "Ta'lim to’g’risidagi qonun" da, "Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi"da, "Milliy g’oya va milliy istiqlol mafkurasi" hujjatida mutaxassislar
oldiga ulkan talablar va mas'ul vazifalar yuklamoqda.
Ana shu vazifalarni
amaliyotda o’z ifodasini toptirishda umumiy psixologiya fani muhim rol o’ynaydi.
Mutaxassislar tayyorlash jarayonida umumiy psixologiya fani kasbiy bilimlar,
ko’nikmalar va malakalarni shakllantirish borasida ustuvor o’rin egallaydi.
Shuning uchun psixolog ixtisosligiga ushbu fan uch yil mobaynida o’qitiladi.
Mazkur qo’llanma umumiy psixologiya dasturiga asoslangan holda
yaratilgan bo’lib, talabalar uchun zarur materiallar izchil ravishda, muayyan
tartibda joylashtirilgandir. Umumiy psixologiya o’quv qo’llanmasi 2 jilddan iborat
bo’lib, birinchi kitobda umumiy psixologiyaga kirish,
shaxs va uning individual-
tipologik xususiyatlariga bag’ishlangan materiallar jamlangan. Ikkinchi kitobda
bilish jarayonlari yuzasidan ma'lumotlar umumlashtiriladi. Nazariy va amaliy
materiallar nisbati maqsadga muvofiq taqsimlangan bo’lib, nazariya bilan amaliyot
birligi printsipiga to’la rioya qilingan.
Qo’llanma psixologiya mutaxassisligining bakalavriatura bosqichi uchun
mo’jallangan.