UChINChI BO’LIM
BILISh JARAYoNLARI
V BOB
SEZGI
1. Sezgi to’qrisida umumiy tushuncha
Jashon psixologiyasi fanida to’plangan ma'lumotlarning ko’rsatishicha,
sezish oddiy psixik bilish jarayoni shisoblanib, moddiy qo’zqatuvchilarning
muayyan reseptorlarga bevosita ta'sir etishi orqali real olamdagi narsa va
shodisalarning ayrim xususiyatlarini va shuning bilan birga, inson organizmining
(uning a'zolarining) ichki sholatlarini aks ettirishdan iborat bilishning dastlabki
bosqichidir.
Sezgi biosfera va noosferada sharakatlanuvchi jamiki narsalarning, xosh
mikro, xosh makro tuzilishidan qat'iy nazar, sezgi organlariga ta'sir qilish
mashsulasining sodda obrazlar, timsollarning ayrim tarkibiy xususiyatlar tariqasida
aks etishidir. Inson atrof-mushitdagi moddalar shaklini, sharakatlar ko’rinishini,
ularning xossalarini o’ziga xos xususiyatlarini sezgi organlari yordamida, sezgilar
orqali biladi, xolos.
Sezgilar to’qrisidagi ilmiy ta'limotlarga binoan narsalar va ularning xossalari,
tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, sharakati birlamchi shisoblanib
sezgilarning o’zi esa tashqi va ichki qo’zqatuvchilarning sezgi a'zolariga ta'sir
etishining mashsulidir. Ma'lumotlarning ko’rsatishicha, sezgilar moddiy (ob'ektiv)
borliqning, voqeilikning shaqqoniy tasvirini in'ikos qiladi, binobarin moddiy olam
qanday ko’rinishga, shaklga, xususiyatga ega bo’lsa ular xuddi shundayligicha
shech o’zgarishsiz, aynan aks ettirish imkoniyatiga egadir.
Psixologiyada
sezgilarning
fiziologik
asosini
va
mexanizmlarini
qo’zqatuvchilarning o’ziga mutlaq mos (adekvat) bo’lgan analizatorlar ta'siri
natijasida yuzaga keluvchi asab (nerv) jarayoni, uning tizimi, tuzilishi tashkil
qiladi. Fiziologlar va psixologlarning ta'limotlariga ko’ra analizatorlar uch o’zaro
uzviy uyqunlikka ega bo’lgan tarkibiy qismlardan iboratdir. Sodda qilib talqin
qilinganda mazkur tarkiblar quyidagi ketma-ketlikdagi tuzilishdir:
1)
tashqi kuch-quvvatni (energiyani) asab (nerv) jarayoniga aylantirib
beruvchi periferiya qismdan, ya'ni reseptordan;
33
2)
analizatorlarning pereferiya qismini markaziy qism bilan boqlovchi
afferent (markazga intiluvchi asab tolasi), o’tkazuvchi asab yo’llaridan;
3)
periferiya qismlaridan keluvchi nerv impulslari (sharakatlari) qayta
ishlanuvchi analizatorlarning miya po’stidagi qismlaridan (uchastkalaridan)
iboratdir.
Boshqacha so’z bilan aytganda, periferik nervlarning uchlari (ko’z, quloq,
teri, burun kabilar), ta'sirotnii eltuvchi (afferent), javob qaytaruvchi (efferent) nerv
tolalari, analizatorlarning orqa va bosh miya markazlari analizatorni tashkil qiladi.
Jashon psixologiyasi fanining so’nggi yutuqlari shamda atamalariga binoan
sezgilar quyidagicha klassifikasiya qilinadi (ushbu tasniflanishning dastlabki
ko’rinishi ingliz olimi Ch. Sherringtonga taaluqlidir):
1)
tashqi mushiidagi narsa va shodisalarning xususiyatlarini aks
ettirishga moslashgan shamda reseptorlarga tananing sirtqi qismiga joylashgan
sezgilar, ya'ni eksterioreseptiv sezgilar (reseptorlar);
2)
ichki tana a'zolari sholatlarini in'ikos etuvchi shamda reseptorlari ichki
tana a'zolarida, to’qimalarida joylashgan sezgilar, ya'ni interoreseptiv sezgilar;
3)
tanamiz va gavdamizning sholati shamda sharakatlari shaqida
ma'lumot (axborot, xabar) beruvchi, muskullarda, boqlovchi paylarda,
mushaklarda joylashgan sezgilar, ya'ni proprioreseptiv sezgilar. Birinchi turkum
sezgilarni ko’rish, eshitish, shidlash, teri-tuyush, ta'm-maza, kabi turlar tashkil
qiladi. Ko’rish 380 dan 770 gacha millimikron diapazondagi elektromagnit
nurlardan iborat jarayondir. Eshitish esa tebranish chastotasi 16 dan to 20000
gacha bo’lgan tovush to’lqinlaridan iboratdir. Ko’rish sezgilari bosh miya po’stini
tepa burmasining qismidan joy egallagandir. Teri-tuyush, sharakat sezgilari miya
po’stini markaziy burmasining orqa qismidan o’rin olgandir.
Endi sezgilar klassifikasiyasi, moshiyati va uning negizlari yuzasidan
kengroq muloshaza bildiramiz. A. R. Luriyaning fikricha, interrereseptiv sezgilar
asl, tub ma'nodagi sezgilar emias, balki emosiyalar bilan sezgilar o’rtasidagi oraliq
sezgilar sifatida namoyon bo’ladi. Psixologiya fanida mazkur sezgilarning
sub'ektiv ravishda paydo bo’lishi yetarli darajada chuqur o’rganilmagan, xuddi shu
bois ular "noma'lum shislar" doirasiga kiritilgandir. Ular to’qrisidagi bilimlar bilan
tanishish, o’zgarib borishlarini tekshirish "kasalliklarning ichki manzarasi"ni
ifodalab berishda mushim rol o’ynashi mumkin. Ichki organlarning xastaligida
vujudga keluvchi mazkur sholatlar ichki kasalliklarni diagnostika qilishda aloshida
ashamiyat kasb etishi turgan gap (A. R. Luriya tadqiqotlaridan).
Bunday xususiyatli ixtiyorsiz sezgilar insonda juda erta uyqonadi, shuning
bilan birga ularning ifodalanishi o’ziga xos shakllarga egadir. Chunonchi, ular
"oldindan shis qilish" tariqasida paydo bo’lib, shatto inson ularni ta'riflab berish
imkoniyatiga qodir emas, ko’pincha ushbu kechinmalar tush ko’rishda qaysidir
kasallik shuruj qilayotganligidan darak beruvchanlik vazifasini o’tmaydi, xolos.
Ular insonning kayfiyatida, emosional reaksiyalari o’zgarishida ko’zga
tashlanadi, bolada esa shatti-sharakatning keskin o’zgarishiga sabab bo’ladi.
Chunki, bola o’z tana a'zolaridagi ichki sholatlarning o’zgarishini anglash,
sezish, shis qilish uquviga ega emas, xuddi shu tufayli undagi shatti-sharakatning
34
umumiy o’zgarishi belgilaridan buni sezish mumkin. Bu shodisalarning yorqin
misoli sifatida quyidagi voqelikni tashlil qilamiz: bola o’z ichki interoreseptiv
sezgilarini namoyoish qilish maqsadida "kasal" bo’lib qolgan qo’qirchoqini
parvarish qila boshlaydi. Interoreseptiv sezgilarning ob'ektiv ashamiyati juda
yuqori, chunki ular ichki jarayonlarni o’zaro o’rin almashtirish balansini ta'minlab
turishning asosi shisoblanadi. Boshqacha so’z bilan aytganda, ular organizmlardagi
jarayonlarni o’zaro o’rin almashib turishining gemostazi (borqarorligi) deb ataladi.
Ichdan paydo bo’ladigan signallar xatti-sharakatni vujudga keltiradi, stress,
zo’riqish, affekt sholatlarini yo’qotish (bartaraf qilish, pasaytirish), tuqilib
kelayotgan mayllarni esa qoniqtirishga yo’naltirishgan bo’ladi. Oqibat natijada,
ichki tana a'zolarining faoliyatini izdan chiqish sholati yuz berishi mumkin. Xuddi
shu sababdan tibbiyot psixologiyasida interoreseptiv sezgilar sham mushim rol
o’ynaydi. Somatik va visperal jarayonlar, rushiy sholatlar (psixosomatika)
o’rtasidagi munosabatlarni o’rganish imkonini yaratadi.
Interoseptiv sezgilarning fiziologik mexanizmlari interosepsiya bilan
birgalikda K. M. Bikov, V. N. Chernigovskiylar tomonidan atroflicha o’rganilgan.
Bu narsalarning barchasi shartli reflektor faoliyati mexanizmlaridan kelib chiqqan
sholda sharshlab berilgan.
Proprioreseptiv sezgilar tana dvigatel ipparatining va gavdaning fazodagi
sholati to’qrisida signallar bilan ta'minlab turadi. Ular inson sharakatining
regulyatorini va afferent asosini tashkil qiladilar.
Periferik reseptorlar muskullarda, paylarda va bo’qimlarda joylashgan bo’lib,
maxsus tanachalari shakliga egadirlar. Mazkur tanachalar Puchchini tanachalari
deb ataladi.
Tanachalarda
vujudga
keluvchi
qo’zqatuvchilar
muskullarining
taranglashuvi natijasida va bo’qimlar sholatining o’zgarishida, nerv tolalari (iplari)
yordamida orqa miyaning orqa ustunidagi (stolbasidagi) oq suyuqliklarga
yetkaziladi. qo’zqovchilar Burdax va
Goll yadrosining quyi bo’limlariga yetib keladi va undan po’st osti
tugunlaridan o’tib, bosh miya katta yarim sharining qoronqilashgan zonasida o’z
sharakatini yakunlaydi.
Proprioreseptorla sharakatining afferent asosi ekanligi A. A. Orbeli, P. K.
Anoxin (shayvonlarda), N. A. Bernshteyn (odamlarda) tomonidan o’rganilgan.
Psixologik ma'lumotlarga ko’ra, gavdaning fazodagi sholati sezgirligi statik
sezgilarda o’z ifodasini topadi. Unigng markazi ichki quloq kanallarida joylashgan
bo’lib o’zaro bir-biriga perpendikulyar bo’shliqda tutash sholatda yotadi. Masalan,
yuosh sholatining o’zgarishi quyidagi sxemaga binoan amalga oshadi:
a) o’zgarish endolimfa suyuqligiga boqliq qo’zqalish;
b) eshitish nervi;
v) vestibulyator nerv;
g) bosh miya po’stining chakka bo’lmasi;
d) miya apparatiga o’tadi.
Vestibulyator sezgirlik apparati qurish bilan bevosita aloqada bo’lib, fazoni
orientirlash jarayonida ishtirok etadi. Masalan, avtomabilning yo’ldan o’tishi
35
(qatnovi), qalin o’rmonni kesib o’tish payti va shakazo. Xuddi shunday sholat
uchishda sham yuzaga kelishi mumkin. Patologiya sholatida sham xuddi shunday
jarayonga duch kelinadi.
Ekstroreseptiv sezgilar moddalikdan (5 tadan) tashqari intermodal nospesifik
sezgi turkumlariga sham ajratiladi. Masalan, eshitish organi (a'zosi) orqali
sekundiga 10-15 tebranishni sezish mumkin, lekin quloq bilan emas, balki suyaklar
yordamida (miya qopqoqi, tirsak, tizza uchlari orqali) payqash - vibrasiya sezgirlik
deyiladi. Masalan, karlarning tovushlarning idrok qilishi, pianinoni ushlab turish,
pol yoki mebelning sharakati kabilar.
Odatda vibrasion sezgirlik intermodal sezgi deb sham nomlanadi.
Intermodalning boshqa bir ko’rinishi mana bunday sholatda namoyon bo’ladi:
a) shid, ta'm va maza sezgilarida;
b) o’ta kuchli tovushda, o’ta yorqin yoruqlikda;
v) tricheminal, ya'ni uch xil ta'sirning uyqunlashgan, integrativ sholatida
kabilar.
Sezgining nospesifik shakli - terining foto sezgirligi ranglarning nozik
jilolarini ajratish, qo’l uchlari bilan sezish orqali ro’yobga chiqadi.
Terining foto sezgirligi A. N. Leontev tomonidan kashf qilingan bo’lib, bu
narsa ko’pgina sholatlarga oqilona yondashish imkoniyatini vujudga keltiradi.
Ushbu kashfiyot qo’l uchiga yashil va qizil rangli yoruqlik yuborish orqali dunyo
yuzini ko’rgan. Rang signallarining oqriq qo’zqatuvchilar bilan munosabati qiyosiy
jishatdan olib borilganda, insonni faol mo’ljallash (orientirlash) jarayonida uning
qo’l uchi terisiga kelib tushadigan rang nurlarini farqlashga o’rgatish mumkin
ekan. Psixologiya fanida trening foto sezgirligi tabiati shali yetarli darajada
o’rganilgani yo’q. Shunga qaramasdan, talamitik tizim va po’st ostining
qo’zqalganida asab tizimi shamda teri ektodermlaridan kelib chiqqan, atrofga
yoyilgan (tarqalgan), rudimentlar yoruqlik sezish elementlari maxsus sharoitda
muaffaqiyatli sharakat qiladi. Ko’pincha "oltinchi tuyqu, shissiyot" sharofat bilan
inson tomonidan "masofa"ni sezish, ko’r odamlarda to’siqni shis qilish ushbu
jarayon uchun yorqin misol bo’la oladi. Eshtimol, yuz terisining issiq shavo
to’lqinlarini idrok qilish, to’siq oraliqida mavjud bo’lgan tovush to’lqinlarini
(tebranishlarini) o’zida aks ettirish terining foto sezgirligini ilmiy jishatdan
izoshlashga muayyan negiz (asos) bo’lib xizmat qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |