6. Reorientasiya psixologik muammo sifatida
Psixologiya fanida kasb tanlashga yo’llash (proforientasiya) atamasi qadim
zamondan qo’llanilib kelinadi. Lekin ijtimoiy shayotning keyingi davrlarida
boshqa bir atama fanimizga kirib keldi, u reorientasiya (qayta yo’llash) deb atalib,
insonni yangi bir moslashmaga (ko’nikmaga), kasbga yo’naltirishni bildirib keladi.
qayta kasbga yo’llash (reorientasiya) o’ta insonparvarlik (gumanistik) g’oyani
kasbini o’zgartiruvchi yoki ishsiz qolgan shaxs ruhiyatiga singdirishni anglatadi.
Ishlab chiqarishga avtomat qurilmalarning (elektron moslamalarning, robotlarning)
kirib kelishi ish o’rinlarining qisqarishiga olib keladi. Muassasa, tashkilot, korxona
rentabelligining pasayishi ham xodimlarga nisbatan eshtiyojning kamayishini
keltirib chiqaradi. Ma'lumki, bozor iqtisodiyoti raqobatga asoslanadi, shuning
uchun testlarga bardosh beruvchi, yuqori malakali, mashoratli, bilimdon, komil
insongina sinovlardan muvaffaqiyatli o’ta oladi, xolos. o’rtamiyona darajadagi
mutaxassislar esa ish o’rnini yo’qotib, vaqtincha ishsizlar ro’yxatiga kiradi.
Ishsizlik, ish o’rnini yo’qotish ayollarda o’kinchli (ayanchli) shis-tuyg’ular
qobig’iga o’ta murakkab kechadi, go’yoki tragediya, shalokat, judolik vujudga
kelganda ham ekstravertlik, ham introvertlik xususiyatlari uyg’unlashganday yuz
beradi. Erkaklar esa bunday vaziyatlarga matonat bilan, iloji boricha shissiyotlarga
berilmasdan, aql-zakovat maromlariga tortilganlik to’yg’usi ustuvorligida
namoyon bo’ladi. Erkaklarda achinish, xafaxonlik kechinmalari tarzida shukm
surishi, asta-sekin uning ta'sir kuchi pasayishi kuzatiladi. Bunda insonning ruhiy
kechinmalari keskin o’zgarishining asosiy omillari sifatida uning ish davri va yoshi
ijtimoiy muammo maydoniga chiqadi. Yoshning ulg’ayishi yangi mushit, o’zgacha
haroit, notanish jamoa va uning nufuzi kabi masalalar yechimiga salbiy
munosabatni keltirib chiqaradi. Mazkur ob'ektga uzoq davr mehnat faoliyatini
bag’ishlash ham frustrasiya holatini harakatlantiruvchi safida asosiy rol o’ynashi
mumkin. Xullas, har ikkala omil ham frustrasiyaning manbai vazifasini o’taydi
(bajaradi), noxush muvaqqat kechinmalar vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi
jarayonlarini uzluksiz ravishda bajarib turadi.
Hozirgi zamon mehnat birjalarida reorientasiya (qayta kasbga yo’llash)
ishlari olib borilishi markazlashtirilgan. maxsus xodimlar kompyuter xotirasiga
joylashtirilgan shahar, tuman bo’yicha ixtisoslar bo’yicha yoki ixtisoslararo
mutaxassislar ro’yxati (zaruriyati, eshtiyoji, talabi) bilan ish izlab kelgan mushtoj
shaxs tanishtiriladi. Aksariyat mehnat birjalarida psixologlar yetishmaganligi
tufayli tasodifiy xodim ish bilan ta'minlash, bo’sh o’rinlarni to’ldirish bilan
shug’ullaniladi, xolos. Aslida esa bu xizmat qator omillarni tekshirish, o’rganishni
taqozo etadi, ilmiy psixologik qonuniyatlar asosida ish yuritishni talab qiladi,
chunonchi:
1.
Shaxsning fazilatlari, xarakterologik xislatlari.
2.
Shissiy jabshalari va irodaviy sifatlari.
3.
Insonning kognitiv va regulyativ imkoniyatlari.
4.
Eshtiyoji, motivi, motivasiyasi, motivirovkasi.
5.
Kasbiy mayli, qiziqishi, layoqati.
6.
Professiogramma talablariga mosligi, kasbiy yarog’ligi.
7.
Iqtidori (iste'dodi), qobiliyati, saloshiyati.
8.
Kasbiy bilimlari, ko’nikmalari, malakalari, mashorati.
9.
Umumiy saviyasi, dunyoqarashi, maslagi (e'tiqodi).
10.
Salomatligi, jinsiy xususiyatlari, yoshi.
11.
Izlanuvchanligi, ijodiy imkoniyatlari, innovasiyaga nisbatan munosabati.
12.
Ijtimoiy yetukligi, tashkilotchilik qobiliyati.
13.
Ekstravertligi va introvertligi.
14.
Yuksak insoniy tuyg’ularga (axloqiy, aqliy, nafosat, praksik) egaligi.
15.
Fidoiylik, altruistik, vatanparvarlik fazilatlari ustuvorligi va boshqalar.
Yuqorida sanab o’tilgan mezonlar bo’yicha tekshirish ishlari bir necha
metodlar, metodikalar orqali ko’p seriyali tajribalar negizida amalga oshiriladi.
Buning uchun testlardan qobiliyatga, shaxsga, ijodiyotga, xotiraga
shaxslararo munosabatga (oid), maxsus ishlab chiqilgan materiallardan, maqsadli
vaziyatlardan, qiyinlashtirilgan topshiriqlardan, muammolardan, psixologik
treninglardan, psixodramalardan va boshqalardan foydalaniladi.
Olingan natijalar sifat va miqdor jishatdan tashlil qilingandan keyin
muayyan xulosalar chiqariladi. Xulosalar asosida reorientasiya sub'ekti roziligida
ishga mushtoj shaxs taklif qilingan kasbga yo’naltiriladi. Ish joyning masofasi,
uning ekologiyasi, sangigienasi, maoshi, istiqboli,
muammoli jishatlari yuzasidan mukammal fikr almashiniladi, toki hartnoma
qonuniy shujjat ekanligi (qiymatiga) zarar keltirmasin (ba'zan kelishuvdan voz
kechish holatlari ham yuz berib turadi). Psixologik kuzatishlarning ko’rsatishiga
qaraganda, reorientasiya (kasb tanlashga yo’llash) kabi bosqichlardan tashkil
topgan bo’lib, ular qisqa fursatda (muddatda) o’tishi bilan o’zaro muayyan
darajada tafovutlanadi. Jumladan, kasbiy maorif, kasbga yo’llash, kasbga saralash,
kasbiy moslashish tezkorlikda, mukammal, o’ziga xos xususiyatlari bilan
tavsiflanadi. Ayniqsa, kasbiy moslashish davri o’ziga xos tarzda kechadi, bir
bosqich ikkinchisi bilan silliq uzviy bog’lanib ketadi. Kasbning moddiy (iqtisodiy)
tomoni, ijtimoiy faollik (nufuzga egalik), ma'naviy ta'minlanganlik (ruhiy
ko’tarinkilik shissiyotining ustuvorligi) insonning qaytatdan ijtimoiy shayotdan o’z
o’rnini topish imkonini yaratadi, uning umrini uzaytiradi, ruhiy imkoniyatlari,
zaxiralari, potensiyasi, rezervi ishga tushishiga puxta negiz shozirlaydi.
Reorientasiya (qayta kasbga yo’llash) gumanistik psixologiya tamoyillarini
turmushga tatbiq etishga zarur hart-haroitlar yaratadi. Inson omilini qadrlashga,
butun imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga, ezgu niyat, orzu shavas, istak-xoshish
ushalishiga negiz vujudga keltiradi. Ko’p profilli kasb-shunar egalari safini
kengaytirishga xizmat qiladi, komillikka intilish tuyg’usini jonlantiradi, zarur
bilimlar, malakalar bilan qurollantirishga turtki beradi.
Reorientasiya inson imkoniyatini qaytatdan sinashning manbai shisoblanib,
o’zini o’zi kashf qilishi, o’zini o’zi boshqarishi, o’zini o’zi tashkillashtirish, o’zini
o’zi basholash, o’zini o’zi refleksiyalash, o’zini o’zi indentifikasiyalash kabi shaxs
fazilatlarini ro’yobga chiqarishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |