*zbekiston respublikasi



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/47
tarix14.04.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#97782
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47
zbekiston respublikasi

UChINChI BO’LIM 
ShAXSNING IChKI REGULYASIYASI 
 
VI BOB 
IChKI REGULYASIYA TARKIBLARI TO’G’RISIDA UMUMIY 
TUShUNChA 
1. Eshtiyoj to’g’risidagi tushuncha 
1.1. Eshtiyojlar faollikning manbai sifatida 
Psixologik nuqtai nazardan borliq to’g’risida mulohaza yuritilganda, tirik 
mavjudodlarning (oddiy tuzilishga ega bo’lganidan tortib, to murakkabigacha) 
tevarak- atrof bilan shayotiy ahamiyatga ega bo’lgan, turli xususiyatli 
bog’lanishlarni ta'minlab turuvchi faoliyati (qaysi darajasi, shakli ekanligidan qat'i 
nazar) ularning barchasi uchun umumiy bo’lgan xususiyat shisoblanadi. Ularning 
faolligi tufayli murakkab tuzilishli faoliyat yuzaga kelib (onglikning mashsuli 
sifatida), turli-tuman moshiyatli, har xil ko’rinishdagi eshtiyojlar (ularning 
toifalarga aloqadorligi, kelib chiqishi jishatidan biologik, moddiy, ma'naviy va 
boshqalar)ni qondirish uchun xizmat qiladi. Xuddi shu boisdan faollik 
faoliyatining asosiy mexanizmlaridan birinchi bo’lib, tirik mavjudodlarning o’z 
imkoniyati darajasida tashqi olam ta'sirlariga javob qilish uquvchanligining tarkibi
sanaladi. 
Borliqdagi jonli mavjudodlarning o’ziga xos tarzda, muayyan yo’nalishda, 
ma'lum darajadagi kuch bilan xatti-harakatni amalga oshirishga undovchi 
eshtiyojlar ular uchun faollik manbai vazifasini bajaradi. Psixologik manbalarga 
asoslanib fikr yuritganimizda, eshtiyoj-jonli mavjudod (shayot kechirishining 
yaqqol hart-haroitlariga uning shularga tobe ekanligini ifoda etuvchi va mazkur 
hart-haroitlarga nisbatan faolligini namoyon qiluvchi holat tariqasida ifodalanadi. 
Insonning faolligi boshqa mavjudodlardan tub darajada ham moshiyat, ham 
shakl jishatdan tafovutga ega bo’lib, yuzaga kelgan eshtiyojlarning turli 
vaziyatlarda qondirilishida o’z ifodasini topadi. Jumladan, mavjudodlar va 
shayvonlar o’zlarining tanasi va uning a'zolari tuzilishiga, instinktlarning turli-
tumanligiga binoan, o’z o’ljasini tutib olishga nisbatan intilishni vujudga 
keltiruvchi tabiiy imkoniyati uni oldindan payqash sezgirligi orqali zudlik bilan 
faol harakat qiladi. Shayvonlar eshtiyojlarining qondirilishi jarayoni qanchalik 
maqsadga muvofiq ravishda kechgan bo’lsa, bu esa o’z navbatida, ularning 
qurshab olgan yashash mushitiga yengillik bilan moslashuvini ta'minlaydi. 
Masalan, asalari xatti-harakatining tug’ma, irsiy dasturi uning gulshira (nektar) 
yig’ish eshtiyojlari bilan cheklanib qolmasdan, balki bu eshtiyojlarni qondirish 
ob'ektlari (gullarning navlari, ularning uzoq va yaqinligi, qaysi tomonda 
joylashganligi, mo’l-ko’lligi kabilar ham) aks etadi. Shu boisdan mavjudodlarning


eshtiyojlarida ularning faolligi omili sifatida tabiiy alomatlar, instinktlar, hartsiz 
reflekslar va hokazolar bevosita qatnashadi. 
Lekin insonlarning faolligi va ularning faolligi manbai shisoblanmish 
insoniy eshtiyojlar tubdan boshqacha manzaraga ega bo’lib, biologik 
hartlanganlikdan tashqari, moddiy va ma'naviy ko’rinishlardan iboratdir. 
Odamning eshtiyoji unga ta'lim va tarbiya berish jarayonida shakllanadi, ya'ni 
insoniyat tomonidan yaratilgan ijtimoiy tajriba, ko’nikma malaka, odat, 
ma'naviyat, qadriyatlar bilan yaqindan tanishish, ularni o’zlashtirish orqali amalga 
oshiriladi. Tabiat tomonidan vujudga keltirilgan jism, narsa, buyum inson uchun 
biologik eshtiyojni qondiruvchi o’lja ma'nosini va ahamiyatini yo’qotadi. Odam 
boshqa mavjudodlardan farqli o’laroq, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davrining 
xususiy eshtiyojlariga xizmat qiluvchi muayyan buyumni zaruriyat talabiga binoan 
tubdan qayta o’zgartirishga, takomillashtirishga qodir ongli zotdir. Xuddi shu 
boisdan odamning o’z eshtiyojlarini qondirish jarayoni ijtimoiy tarixiy taraqqiyot 
darajasi bilan o’lchanadigan faoliyat shakli va turini egallashning faol, muayyan 
maqsadga yo’naltirilganligi, ma'lum rejaga asoslangan ijodiy ko’rinishi sifatida 
aloshida ahamiyat kasb etadi. 
"Insoniyatga xos bo’lgan eshtiyojlarning mazmuni, shakli va qondirilishi" 
usuli ijtimoiy tarixiy taraqqiyot davrida rivojlanib, o’zgarib va takomillashib 
boradi. Hozirgi zamon kishisining eshtiyojlari va ularning qondirilishi 
ajdodlarnikidan ham, avlodlarnikidan ham tubdan farqlanadi, lekin etnopsixologik 
xususiyatlar ta'siri o’z ahamiyatini yetarli darajada yo’qotmaydi. Shaxsning 
eshtiyojlarini to’la-to’kis qondirish uni komil inson sifatida kamol toptirishning 
eng muhim hartlaridan biri shisoblansa-da, lekin bu uning ustuvor ekanligini 
bildirmaydi, chunki boshqa ta'sirchan omillar ham mavjuddir. Kamolotga 
erishishning muhim hart-haroiti shisoblanmish mehnat insonning eshtiyojiga 
aylanmasa, u o’z eshtiyojlarining yengil, oson yo’llar bilan qondirishga harakat 
qilsa, inqirozga uchraydi. Yengil yo’l bilan o’z eshtiyojlarini qondirish ijtimoiy 
qonun va qoidalarga zid xulq-atvor manbaiga aylanishiga, jinoiy xatti-harakat kelib 
chiqishiga, tekinxo’rlik illatining namoyon bo’lishiga zamin shozirlaydi. 
Shuquqiy, demokratik jamiyat kishisi shaxsini shakllantirishga nisbatan 
qo’yilayotgan eng muhim talablardan biri-unda mehnat qilish eshtiyojini, 
mehnatdan faxrlanish tuyg’usini va undan lazzatlanish shissini tarkib toptirishdan 
iboratdir. Mehnatga nisbatan eshtiyojning vujudga kelishi sanoatda va qishloq 
sho’jaligida ishlab chiqarishni rivojlantirish, ishlab chiqarish jarayonlarini 
avtomatlashtirish, mehnat qilish haroitlarini yaxshilash, mehnat faoliyati 
umumdorligini oshirish,ish vaqtidan oqilona foydalanish imkoniyatini yaratadi va 
faqat mehnatdagina o’z imkoniyatini namoyon etuvchi, bunyodkor, vatanparvar, 
fidoiy shaxslarni shakllantiradi. Kishilarning iqtisodiy eshtiyojlarini qondiruvchi, 
ba'zan og’ir va zerikarli tuyulgan mehnat turi vatanparvar, komil insonlikka 
intiluvchi shaxs uchun quvonch, qoniqish, shatto roshat-farog’at shis-
tuyg’ularining manbaiga aylanishi mumkin. 
Yuksak malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan "Ta'lim to’g’risida" 
gi qonunda va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" da o’quvchilar va talabalarning 
mehnat tarbiyasi va kasbga yo’naltirilishiga aloshida ahamiyat berilgandir. 


Respublika fuqarolarida ma'naviy eshtiyojlarni vujudga keltirish va shakllantirish 
istiqlol harofati bilan muhim ahamiyat kasb etib, ijtimoiy tarbiyaning muhim 
bo’g’iniga aylandi.
Shuquqiy, demokratik jamiyatning asosiy vazifalaridan biri- insoniy 
eshtiyojlarni tarkib toptirish, ularni barkamol shaxs kamolotiga yo’naltirish, 
ma'naviyatni egallash bilan uzviy bog’lab amalga oshirishdan iboratdir. 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin