maqsadini qaror toptirishga, bilim va ko’nikmalarni egallashga yo’naltiriladi.
Odatda bunday turdosh va jinsdosh motivlar nazariy ma'lumotlarning
ko’rsatishicha, tashqi va ichki nomlar bilan atalib, muayyan toifani yuzaga
keltiradi.
Tashqi motivlar jazolash va taqdirlash, xavf-xatar va talab qilish,
guruhiy
tazyiq, ezgu niyat, orzu-istak kabi qo’zg’atuvchilar ta'sirida vujudga keladi.
Bularning barchasi bevosita o’quv maqsadga nisbatan tashqi omillar, sabablar
bo’lib shisoblanadi. Mazkur holatda bilimlar va malakalar o’ta muhimroq boshqa,
shukmron (etakchi) maqsadlarni amalga oshirishni ta'minlash vazifasini bajaradi
(yoqimsiz holat va kechinmalar yoki noxush, noqulay vaziyatdan qochish, ijtimoiy
yoki shaxsiy muvaffaqiyatga erishish; muvaqqat erishuv muddaosi mavjudligi va
hokazo). Bu turdagi yoki jinsdagi tashqi motivlar ta'sirida ta'lim jarayonida bilim
va ko’nikmalarni egallash (o’zlashtirish)da qiyinchiliklar
kelib chiqadi va ular
asosiy maqsadni amalga oshirishga to’sqinlik qiladi. Masalan, kichik maktab
yoshidagi o’quvchilarning asosiy maqsadi o’qish emas, balki ko’proq o’yin
faoliyatiga moyillikdir.
Mazkur vaziyatda o’qituvchining o’qishga ularni jalb qilish niyati
o’quvchilarning o’yin maqsadining ushalishiga shalaqit berishi mumkin, lekin
izosh talab dalillar yetishmaydi.
Motivlarning navbatdagi toifasiga, ya'ni ichki motivlar turkumiga individual
xususiyatli motivlar kiradiki, ular o’quvchi shaxsida o’qishga nisbatan individual
maqsadni ro’yobga chiqaruvchi qo’zg’alish negizida paydo bo’ladi. Chunonchi,
bilishga nisbatan qiziqishning vujudga kelishi shaxsning ma'naviy (madaniy)
darajasini oshirish uchun undagi intilishlarning yetilishidir. Bunga o’xshash
motivlarning ta'sirida o’quv
jarayonida nizoli, ziddiyatli holatlar (vaziyatlar)
yuzaga kelmaydi. Albatta bunday toifaga taalluqli motivlar paydo bo’lishiga
qaramay, ba'zan qiyinchiliklar vujudga kelishi eshtimol, chunki bilimlarni
o’zlashtirish uchun irodaviy zo’r berishga to’g’ri keladi. Bunday xossalarga ega
bo’lgan irodaviy zo’r berishlar tashqi shalaqit beruvchi qo’zg’atuvchilar
(qo’zg’ovchilar) kuchi va imkoniyatini kamaytirishga qaratilgan bo’ladi.
Pedagogik psixologiya nuqtai nazardan ushbu jarayonga yondashilganda to’laqonli
vaziyatgina optimal (oqilona) deyiladi.
Ta'lim jarayonida bunday vaziyatlarni yaratish o’qituvchining muhim
vazifasi shisoblanib, uning faoliyati ichki anglanilgan motivlar o’quvchilar xulq-
atvorini shunchaki boshqarish bilan cheklanmasdan, balki ular shaxsini
shakllantirishga, ularda maqsad qo’ya olish, qiziqish uyg’otish va ideallarni tarkib
toptirishga qaratilgan bo’ladi.
Aniq
narsalar, hodisalar va xatti-harakatlar insonning faolligi muayyan
manbalar bilan uzviy bog’lanishga ega bo’lsa, uyg’unlashib borsa faoliyat
motivlari darajasiga o’sib o’tadi. Psixologiyada manbalar o’z moshiyatiga ko’ra
turkumlarga ajratib talqin qilinadi.
A) Inson eshtiyojlari bilan belgilanuvchi ichki manbalar. Organizmning
tabiiy eshtiyojlarini namoyon qiluvchi tug’ma xususiyatli va jamoada
shakllanuvchi ijtimoiy eshtiyojlarni vujudga keltiruvchi orttirma xususiyatga ega
bo’lishi mumkin.
Tug’ma eshtiyojlar orasida o’qishga nisbatan ma'no kasb etuvchi aloshida
ahamiyatga ega bo’lgan faollikka nisbatan eshtiyoj va axborot, ma'lumot, xabarlar
olishga eshtiyoj muhim rol o’ynaydi.
Motivga genetik yondashilganda shu narsani aloshida ta'kidlab o’tish
lozimki, bola tug’ilgandan e'tiboran bevosita faollik ko’rsatishga moyillik shukm
suradi: u kuladi (noverbal muomala shakli), qimirlaydi (fazoda o’rin almashish),
qo’l va oyoqlarini harakatlantiradi (moslashish), o’ynaydi (mushit-bola
munosabati), gaplashadi (shaxslararo munosabatga kirishish),
savollar beradi
(dialogik muloqot va boshqalar). Bunga o’xshash xatti-harakatlarning o’zi ularni
qoniqtiradi, voqelikni insonning axborotlarga nisbatan eshtiyojini tajribalarda
ko’rsatish mumkin: agar tekshiriluvchini ma'lum vaqtga tashqi olamdan ajratib
qo’yilsa, natijada uning irodasida, shissiyotida, intellektida buzilish sodir bo’lishi,
zerikishi, irodaviy akt tizimi yo’qolishi, fikr yuritish jarayoni parchalanishi,
illyuzion, gallyusional holatlar uchrashi mumkin.
Ijtimoiy turmush haroitida faollik va informasion taqchillik odamlarni salbiy
shis-tuyg’u va kechinmalarga olib keladi, faoliyat tuzilishi va uning dinamikasiga
putur yetkaziladi. Ijtimoiy turmushda shakllanuvchi eshtiyojlar orasida o’quv
faoliyatida muhim rol o’ynovchi va uni kuchaytiruvchi ijobiy xususiyatli sosial va
gnostik eshtiyojlar aloshida ahamiyat kasb etadi, shaxsni kamol toptirish
jarayonida shukmron voqelikni egallaydi.
Ularning turkumiga bilimlarga nisbatan eshtiyoj, jamiyatga foyda keltirishga
intilish, umumbahariy yutuqlarga erishishga intilish kabilar kiritiladi. B)
Inson
shayoti va faoliyatining ijtimoiy haroitlarida aniqlanuvchi tashqi manbalar. Bunday
manbalarni
talabchanlik, orzu (kutish) va imkoniyatlar tashkil qiladi. Jumladan,
talabchanlik insonga faoliyat va xulq-atvorning muayyan turini hamda shakli
(ko’rinishi)ni taqozo etadi. Mazkur holatni quyidagi mulohazalar yordamida
izoshlash mumkin: ota-ona boladan ovqatni qoshiqda yeyishni, stulda to’g’ri
o’tirishni, "rashmat" deyishni talab qilsa, maktab o’quvchidan ma'lum belgilangan
vaqtda darsga yetib kelishni, o’qituvchilarga quloq solishni, berilgan vazifalarni
bajarishni qat'iy belgilaydi.
Jamiyat esa xulq, fe'l-atvor orqali ma'lum axloqiy
normalar va qoidalarga rioya qilishni, shaxslararo muomalaga kirishish shakllari
(vositalari)ni egallashni hamda aniq vazifalarni bajarishga amal qilishlarini o’z
fuqarolariga o’rgatadi.
Psixologiya fanining atamalari moshiyatida orzu yoki kutish jamiyatning
shaxsga nisbatan munosabatining ifodalanish mexanizmi yotadi. Etnopsixologik
stereotiplarda uyg’unlashgan xulq-atvor belgilari va faoliyatning shakllari o’ziga
xoslikka ega. Odatda odamlar bir yoshli bola tik yurishi kerak, deb shisoblaydilar
va ular bu tushfani boladan kutganligi tufayli unga aloshida munosabatda
bo’ladilar. Psixologiyada kutish tushunchasi talabdan farqli o’laroq, faoliyat
yuzaga kelishi uchun umumiy mushit yaratadi.
Imkoniyatlar to’g’risida fikr yuritilganda ma'lum faoliyatning kishilar
irodasi
bilan bog’liq (iroda akti, sifati, prinsipi) ob'ektiv hart-haroitlarni o’zida aks ettiradi.
Agarda odamlarning shaxsiy kutubxonasi boy bo’lsa, ularning o’qish imkoniyati
yuqori darajaga ko’tariladi.
Kishilarning xulq-atvori psixologik nuqtai nazardan tashlil qilinganda,
ko’pincha ularning ob'ektiv imkoniyatlaridan chiqib, unga yondashiniladi.
Agarda bola qo’liga tasodifan biologiya kitobi tushib qolsa, uning shu
predmetga nisbatan qiziqishi ortishi kuzatiladi.
V) Shaxsiy manbalar - odamlar qiziqishlari, intilishlari, ustanovkalari va
dunyoqarashlari jamiyat bilan munosabatini aks ettirishdan iboratdir. Inson
faolligining manbai - qadriyat orqali ifodalanib, shaxs statusi (roli)da egallana
boriladi.
Dostları ilə paylaş: